Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S
Partizan hujumi - bu raqobatchni tushkunlikka tushurish maqsadida, har
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Marketing
Partizan hujumi - bu raqobatchni tushkunlikka tushurish maqsadida, har zamonda uncha katta bo‘lmagan hujumlarni uyushtirib, unda o‘ziga nisbatan ishonchsizlik tuyg‘usini rivojlantirishdir (narxlarni har zamonda pasaytirish va mahsulotni jaddal sur’atlar bilan siljitish, oqibatda esa raqobatchini o‘zi uchun zararli bo‘lgan qarshi harakatlarni qilishga majbur etish va x.k.). Bunday strategiyani ko‘pincha uncha katta bo‘lmagan cheklangan resurslarga ega firmalar, ancha yirik bo‘lgan raqobatchilarga nisbatan qo‘llaydilar. Biroq tez-tez amalaga oshiriladigan partizan hujumlari- bu katta harajatlarga olib keladigan tadbirlar, uning ustiga 246 raqobatchilar ustidan g‘alaba qozonish uchun, unga boshqa turdagi hujum harakatlari bilan qo‘llab-quvvatlab turish kerak. “Lider orqasidan boruvchi” - bu bozorda ulushi uncha katta bo‘lmagan raqobatchidir. Ushbu xulq-atvor ko‘proq oligapoliya holatidagi o‘rinlarga ega bo‘lib, unda differensiatsiya imkoniyatlari kam, har bir raqobatchi barcha firmalarga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan kurashdan qochadi. Mutaxassis strategiyasida mutaxassis butun bozor bilan emas, balki bir yoki bir necha sengment bilan qizikadi. Uning maqsadi katta daryoda kichik baliq bo‘lish emas, balki kichik daryoda yirik baliq bo‘lishdan iborat. Bu raqobatchilik strategiyasi asosiy strategiyalardan biri bo‘lgan konsentratsiya strategiyasiga mos keladi. Mutaxassis e’tibor berayotgan chuqurcha rentabellik bo‘lishi uchun u beshta shartni qondirishi lozim: 1. Etarli potensial foydaga ega bo‘lishi kerak. 2. Potensial o‘sishga ega bo‘lishi. 3. Raqobatchilar uchun kam jalb etuvchi bo‘lishi kerak. 4. Firmaning maxsus imkoniyatlariga mos kelishi kerak 5. Kirishni barqaror to‘siqlariga ega bo‘lishi kerak. Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. Raqobat deganda nimani tushunasiz? 2. Raqobatbardoshlikning mohiyatini tushuntirib bering? 3. Raqobatning qanday turlari mavjud va ularning mazmunini izohlang? 4. Qanday raqobat strategiyalari mavjud? 5. Kengaytirilgan raqobat konsepsiyasini izohlang? 6. Tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar nimalardan iborat? 7. Mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar nimalardan iborat? 8. Raqobatning rivojlanishiga ta’sir omillarni tahlil qiling? 9. Raqobatli ustunlik tushunchasiga izoh bering? 10. O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat” to‘g‘risidagi qonunini muhokama qiling? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling