Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet152/163
Sana23.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1717572
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   163
Bog'liq
Marketing

Marketing jarayoni - yangi ehtiyoj va g‘oyalarni izlab topish, tanlash va 
ularni tovar yoki xizmatga aylantirish, bu tovarlarni izlab chiqish va bozorlarda yoki 
savdo taqsimot tarmoqlariga sotish bilan bog‘liq harakatlar va bosqichlarning tartibga 
solingan majmui. 
Marketing kommunikatsiyalari tizimi - 1) marketing tizimining tashqi muhit 
bilan o‘zaro aloqalari jarayonida sub’ektlar (jo‘natuvchi va qabul qiluvchi), vositalar, 
kanallar, to‘g‘ri (xabar) va teskari (qabul qiluvchining tahriri) aloqalar majmui; 2) 
insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa shakl va vositalari majmui. 
Marketing konsepsiyasi - 1) bozor munosabati sharoitlarida faoliyat 
ko‘rsatayotgan firma, tashkilot yoki shaxsning ish yuritish, tadbirkorlikni tashkil etish 
falsafasi; 2) korxonaning yakuniy maqsadi - daromad olish va iste’molchilar 
ehtiyojini qondirish uchun foydalaniluvchi marketing faoliyatining asosiy vositalari, 
qoida va g‘oyalari tizimi. Atrofdagi aniq holatga, bozor munosabatlari rivojlanish 
darajasiga qarab an’anaviy, ishlab chiqarish, savdo, tovar, ijtimoiy va o‘zaro aloqaviy 
konsepsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Marketing qarori - 1) iste’molchilarning tovar va xizmatlarga talabini 
barqaror shakllantirish, rivojlantirish va qondirish uchun zarur bo‘lgan marketing 
tadbiri yoki tadbirlari majmui variantlar ichidagi tanlash, javob; 2) firma, tovar va 
xizmatlarning raqobatchilik ustunligini saqlab qolish yoki yaxshilash uchun 
marketing tizimi sub’ekt va ob’ektlariga maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatish. 
Marketing qarori qabul qilishning samaradorligi - 1) marketing vazifasini 
bajarishning ko‘rib chiqilayotgan (kutilayotgan) ko‘plab variantlari orasidan tanlab 


291 
olishda iqtisodiy tavakkalchilik narxining natijasi, foydalilik ko‘rsatkichi; 2) 
marketing vazifasini bajarishning tanlab olingan variantining iqtisodiy samara 
keltirish qobiliyati. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling