288
imkonini beruvchi raqobatchilar ulushini taqsimlash. Aniq tovar bozorlarida
raqobatchilarning o‘rnini tahlil qilish natijasida aniqlanadi.
Brending - marketing kommunikatsiyalari tizimining firma stili va uning
elementlarini
ishlab chiqish, firmani raqobatchilardan ajratib turuvchi o‘ziga xos
imijini yaratish sohasi
Gorizontal diversifikatsiya - firma assortimentini ayni paytda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, biroq
mijozlarning qiziqishini
uyg‘otishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar bilan to‘ldirish.
Demping - tovarni o‘rtacha bozor narxidan arzon, ba’zida hatto o‘z
tannarxidan arzon narxda sotish. Ko‘pchilik g‘arb mamlakatlarida milliy ishlab
chiqaruvchilar foydasini himoya qiluvchi va aksari hollarda
boshqa mamlakatlardan
raqobatning kuchli emasligi sababli arzon narxda tovar olib kirishni ta’qiqlovchi
antidemping qonunlar amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: