Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet149/163
Sana23.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1717572
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   163
Bog'liq
Marketing

Bozorni segmentlash - bozorni har biri uchun alohida tovarlar yoki marketing 
kompleksi talab qilinishi mumkin bo‘lgan xaridorlarning aniq guruhlariga bo‘lish, 
taqsimlash. 
Bozorni tadqiq etish - 1) muntazam ravishda ishlab chiqarish bozorlarini 
(ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun), ularning mavjud va potensial 
iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni 
ta’minlash qobiliyatini tadqiq etish. Tadqiqotlar sotuv bozori, ishchi kuchi bozori, 
kapital bozori, hamda xom-ashyo va materiallar bozorini qamrab oladi; 2) bozori 
sig‘imi, salohiyati, raqobatchilik muhiti va narx tavsifnomalari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni olish uchun bitta yoki bir nechta bozorlarning sifat va miqdoriy tahlili. 
Bozorning raqobatchilik haritasi - 1) raqobatchilarini bozorda egallab 
to‘rgan o‘rniga ko‘ra tasniflash; 2) bozorda raqobatchining o‘rnini nazorat qilish 


288 
imkonini beruvchi raqobatchilar ulushini taqsimlash. Aniq tovar bozorlarida 
raqobatchilarning o‘rnini tahlil qilish natijasida aniqlanadi. 
Brending - marketing kommunikatsiyalari tizimining firma stili va uning 
elementlarini ishlab chiqish, firmani raqobatchilardan ajratib turuvchi o‘ziga xos 
imijini yaratish sohasi 
Gorizontal diversifikatsiya - firma assortimentini ayni paytda ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, biroq mijozlarning qiziqishini 
uyg‘otishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar bilan to‘ldirish. 
Demping - tovarni o‘rtacha bozor narxidan arzon, ba’zida hatto o‘z 
tannarxidan arzon narxda sotish. Ko‘pchilik g‘arb mamlakatlarida milliy ishlab 
chiqaruvchilar foydasini himoya qiluvchi va aksari hollarda boshqa mamlakatlardan 
raqobatning kuchli emasligi sababli arzon narxda tovar olib kirishni ta’qiqlovchi 
antidemping qonunlar amal qiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling