Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S
Marketingni rejalashtirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Marketing
- Bu sahifa navigatsiya:
- Multimedia - texnologiyalar
- Narx hosil bo‘lishi usullari
Marketingni rejalashtirish - marketing rejasini tuzish, tovarlarni sotish
hajmining o‘sishi va firma foydasini maksimallashtirishga qaratilgan marketing strategiyasi tanlash bilan bog‘liq jarayon. Marketingning tashkiliy tuzilmalari - menejmentning asosiy tamoyillari - markazlashtirish, detsentralizatsiya va moslashuvchanlikni modifikatsiya qilishga asoslangan marketing xizmati asosiy bo‘linmalarining o‘zaro harakatlari sxemasi turlari. Funksional, mahsulot, bozor va matritsa tuzilmalari va ularning modifikatsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Mikromuhit - firma marketing muhitining tarkibiy qismi, bevosita firmaning o‘ziga va uning mijozlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlariga munosabatlariga taalluqli kuchlar, ya’ni ta’minotchilar, marketing vositachilari, mijozlar, raqobatchilar bilan ifodalanadi. Motivatsiya - 1) ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha qaror qabul qilishda individuumlar harakatini faollashtirish maqsadida ularning motivlarini kuchaytirish jarayoni; 2) xaridorning xarid qilish qarorini qabul qilish jarayonida uning faolliga ta’sir ko‘rsatuvchi majburlovchi harakatlar. Multimedia - texnologiyalar - 1) reklama faoliyatini rejalashtirish, tashkil tatbiq boshqarish jarayonida foydalaniluvchi zamonaviy audio-, tele-, vizual va virtual kommunikatsiya vositalari majmui; 2) marketingni boshqarish tizimini tashkil etish tizimiga kiritiluvchi tovar va xizmatlarni harakatlantirish usul va vositalari. 295 Narx - 1) qiymatning pul ko‘rinishida aks ettirilishi, iste’molchilar tovarga ega bo‘lish uchun to‘lashlari lozim bo‘lgan pul miqdori. Firma belgilagan narx qabul qilinuvchi taklifning qiymatiga mos kelishi lozim; 2) marketing-majmuasi, marketing-miksning samarali vositasi. Narx hosil bo‘lishi usullari - mahsulot va xizmatlar narxini shakllantirishda qo‘llanuvchi usullar. Xarajatlarga asoslangan, xaridorlar liniyasiga asoslangan va raqobatchilar narxiga asoslangan turlari mavjud. Narx siyosati - narxni va narx hosil bo‘lishini boshqarish tadbir va strategiyalari, tovar yoki xizmatlarga ishlab chiqarish xarajatlari va bozor kon’yunkturasiga mos keluvchi, xaridorni qondiruvchi va rejalashtirilgan foydani keltiruvchi narx belgilash san’ati. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling