Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet160/163
Sana23.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1717572
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163
Bog'liq
Marketing

Tovar variatsiyasi - ishlab chiqarilayotgan va bozorda mavjud bo‘lgan tovarni 
uning ayrim 
xususiyatlari 
yoki ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish yo‘li bilan 
modifikatsiyalash. Tovarning tabiiy (materiali, sifati), estetik (dizayni, rangi, shakli), 
simvolik (tovar markasining nomi) xususiyatlari va firmaning bo‘linmalari faoliyati 
bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlari o‘zgartirilishi mumkin. Tovar sifatini yaxshilash
uning foydaliligini oshirish, shakli va stilini yaxshilash strategiyasi tovar 
modifikatsiyasining muhim strategiyasi bo‘lishi mumkin. 
Tovar innovatsiyasi - 1) mahsulotni takomillashtirishning original, sifati 
yaxshilangan va modifikatsiyalangan mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan 


298 
uzluksiz jarayoni. Tovarning hayotiylik davri uzunligini va korxonaning 
rentabelligini ta’minlovchi choora-tadbirlar ichida alohida o‘ringa ega. O‘z ichiga 
mahsulotni differensiyalash va diversifikatsiyalashni kiritadi; 2) bozorga yangi 
mahsulotni yoki mahsulotlar guruhini olib kirish. 
Tovar siyosati - tadbirkorlik maqsadlarini belgilash va ularga erishishga 
yo‘naltirilgan tadbir va strategiyalar majmui, yangi tovar yoki tovarlar guruhini 
bozorga 
olib 
kirish 
(innovatsiya), 
bozorda 
mavjud 
bo‘lgan tovarlarni 
zamonaviylashtirish (variatsiya) yoki ishlab chiqarish dasturidan tovar ishlab 
chiqarishni chiqarib tashlash (eliminatsiya), shuningdek, assortiment siyosatidan 
iborat. 
Tovar strategiyalari - 1) tovar siyosatining korxonaga tovar hayotiylik 
davrining istalgan bosqichida foyda olish va savdo hajmining barqaror bo‘lishini 
ta’minlashi mumkin bo‘lgan asosiy prinsipial yo‘nalishlari. Tovar strategiyasining 
asosiy turlari: tovar yoki xizmatlar innovatsiyasi, variatsiyasi, eliminatsiyasi; 2) tovar 
nomenklaturasini optimallashtirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda firmaning 
samarali faoliyat ko‘rsatishi va raqobatbardoshligini ta’minlash uchun sharoitlar 
yaratuvchi tovarlar assortimentini aniqlash. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling