Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet156/163
Sana23.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1717572
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   163
Bog'liq
Marketing

Marketing xarajatlari - tovar va xizmatlarni shakllantirish va takror ishlab 
chiqarish bo‘yicha marketing chora-tadbirlari va marketing faoliyatini amalga 
oshirish uchun zarur bo‘lgan sarf va chiqimlar yig‘indisi. Marketing xarajatlarining 
asosiy tarkibiy qismlari: boshqaruv xarajatlari, marketing bo‘limi xodimlari maoshi, 
amortizatsion ajratmalar, marketing bo‘limining normal faoliyat ko‘rsatishi uchun 
zarur bo‘lgan material va resurslar, tovar siyosati, narx siyosati, kommunikativ 
siyosat, savdo va distributiv siyosat uchun sarflanuvchi xarajatlar. 
Marketing chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing 
chora-tadbirlarini amalga oshirish samarasining (natijasi) buning uchun sarflangan 
barcha xarajatlar miqdoriga nisbati; 2) marketing majmuasining (marketing-miks) 
samaradorlik ko‘rsatkichi. Natural va qiymat shaklida o‘lchanadi. 
Marketingda tarmoq yondashuvi - marketing tizimi sub’ektlarining nafaqat 
ikki tomonlama (xaridor va sotuvchi) emas, balki ko‘ptomonlama o‘zaro aloqalari 
jarayonini aks ettirish konsepsiyasi. Tarmoq yondashuvi na sotuvchilar va na 
xaridorlar o‘zlariga hamkorni tanlash va ularni almashtirishda erkin emas, chunki 


294 
resurslar o‘zgarganda ularning bir-biriga qaramligi yuzaga keladi, ya’ni aloqalar 
almashuvi buziladi degan fikrni olga suradi. Marketing tarmog‘i a’zolari o‘rtasida 
resurslar ayirboshlash «qaramlik» va «xokimlik» manbai hisoblanadi. Marketing 
tarmog‘i uchta o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismdan iborat: ishtirokchilar (firmalar), 
resurslar va faoliyat turlari. Tarmoq yondashuvi resurslarning turli xilligi va ularni 
ierarxik nazorat qilishni talab qiladi. 
Marketing-miks (marketing majmuasi) - 1) marketing tuzilishi; marketing 
tizimining tarkibiy qismlari, elementlari; marketing tarkib topuvchi jarayonlar; 2) 
marketing xarajatlari tuzilishi; 3) marketing retsepti; tovar yoki xizmatlarni ishlab 
chiqaruvchidan iste’molchiga etkazib berish chora-tadbirlarining majmuaviy dasturi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling