293
ta’minlash maqsadida amalga oshiriluvchi marketing funksiyalari (marketing
tadqiqotlari, savdo, narxning hosil bo‘lishi,
tovarni etkazib berish, marketing
razvedkasi, benchmarketing va h.k.) bilan bog‘liq
faoliyat; 3) bozor iqtisodiyotida
takror ishlab chiqarish zanjirining barcha bo‘g‘inlarida
marketing vositalari va
falsafasini qo‘llash jarayonini qamrab oluvchi hamda tovar yoki xizmat talabni
qondirish va
foyda keltirish uchun nimani, qaerda, qancha va qanday qilib ishlab
chiqarish lozim degan savollarga javob berishga imkon beruvchi har kandan faoliyat.
Marketing faoliyatining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing faoliyatining
oraliq va yakuniy maqsadlarini amalga oshirishga javob beruvchi nisbatan ko‘p turli
(marketing jarayonining barcha bosqichlari bo‘yicha) natija; 2)
marketing faoliyatini
amalga oshirish samarasining (natijasi) bu jarayonda sarflanuvchi barcha xarajatlarga
nisbati; 3) marketing faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar qaytimi,
natural yoki qiymat
(narx) shaklida aks ettirilgan natija va samaraning marketing faoliyatini tashkil tatbiq
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha (moddiy-texnik mehnat va hokazo)
resurslarga nisbati yordamida baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: