Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet158/163
Sana23.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1717572
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163
Bog'liq
Marketing

O‘rov (upakovka) - 1) tovar solinuvchi, joylashtiriluvchi idish, material. 
Tovar ishlab chiqarilgandan so‘ng uning xususiyatlarini saqlash hamda yukni 
tashishda qulaylik yaratish uchun mo‘ljallanadi; 2) muhim reklama manbai. 
Press-reliz - gazeta va jurnallar, tele va radio redaksiyalari ularni 
qiziqtirayotgan ma’lumotlarni olishi mumkin bo‘lgan byullenten, pablik rileyshnz 
vositasi. 
Prognozlash (prognoz qilish) usuli - o‘rganilayotgan ob’ektning utmishdagi 
va hozirgi ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan ilmiy asoslangan oldindan ko‘ra 
bilish. Turli xil tarkibiy qismlarni prognozlashga asoslangan qisqa muddatli (1,5) 
yilgacha, o‘rta muddatli (5 yil) va uzoq muddatli (10-15 yil) prognozlar mavjud. 
Taqdim etish shakliga ko‘ra, miqdoriy va sifat prognozlariga, tadqiqot ob’ektlarini 
qamrab olish bo‘yicha umumiy va qisman prognozlashga taqsimlanadi. 
Raqobat - 1) alohida shaxslar o‘rtasida har biri o‘zi uchun shaxsan erishini 
maqsad qilgan bitta yo‘nalishdagi, xususan tadbirkorlar o‘rtasida kattaroq foyda 
olish, savdo bozori, xomashyo manbalari uchun kurash; 2) moddiy va ma’naviy 
ne’matlar yaratish, sotish va iste’mol qilish jarayonida bozor tizimi sub’ektlarining 
kommunikatsiyasi, kurashi, o‘zaro aloqalari iqtisodiy jarayoni; 3) bozor 
munosabatlarining tartibga soluvchisi. 


296 
Reklama -1) g‘oya, tovar va xizmatlarni ma’lum homiy nomidan taqdim tatbiq 
taklif qilishning shaxsiy bo‘lmagan pulli shakli; 2) tovar va xizmatlar sifatini 
xaridorlarning talab va ehtiyojlari tiliga o‘girishga intiluvchi kommunikatsiya shakli. 
Reklama auditoriyasi - muayyan axborot manbalari orqali e’lon qilingan 
reklama xabarlarini eshitishi, ko‘rishi va o‘qishi mumkin bo‘lgan barcha shaxslar. 
Reklama samaradorligi - reklama vositalarining ishlab chiqaruvchi yoki 
vositachilari manfaatlari yo‘lida iste’molchilarga ta’sir ko‘rsatish darajasi. Reklama 
murojaatidan oldin va keyin aniqlanadi. Reklamaning savdo natijalariga ko‘rsatuvchi 
ta’sirini aniqlash (iqtisodiy samaradorlik) reklama xarajatlarini avvalgi faoliyat 
natijalari bo‘yicha tovar sotish hajmiga nisbati yordamida aniqlanadi. Bu usulning 
aniqligi yuqori emas, chunki savdo natijalariga reklamadan tashqari boshqa ko‘plab 
omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling