REJA
Kirish………………………………………………………………………...….....3
1. Jahon xo’jaligining mohiyati va bosqichlari ……………………….....…...…......6
2. Xalqaro mehnat taqsimoti – dunyo xo’jaligining moddiy asosi ..........…...….….25
3. Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va kooperatsiya………………...……...38
4. O’zbekistonning jahon xo’jaligi rivojidagi
ahamiyati…….………………………………………………………….….…......43
Xulosa……………………………………………………………….……........…50
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….54
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Jahon xo'jaligining shakllanish jarayoni amalda kishilik jamiyatining jami tarixini o'z ichiga oladi. Chunki u ishlab chiqarish kuchlarining necha ming yillar davomidagi evolutsiyasining natijasidir. Jahon xo'jaligining shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarini o'ziga xos xususiyatlar bilan ifodalanuvchi ayrim bosqichlarga taqsimlash mumkin. Birinchi va eng uzoq davrni o'z ichiga olgan jahon xo'jaligi belgilari va regional xususiyatlari shakllana boshlagan bosqich buyuk geografik kashfiyotlar davrigacha davom etgan. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida xalqaro savdo Yevropa va Osiyodan keyin Yer sharining boshqa regionlarini ham qamrab oladi. Regionlar o'rtasida mahsulotlarni ayirboshlash jahon bozorini vujudga keltiradi. Ushbu bozor transport rivojlanishi munosabati bilan yana ham kengaydi, chunki dengiz transporti barcha materiklarni
birlashtirishga imkon berdi. Jahon xo'jaligi XX asr arafasida to'la-to'kis shakllanib
bo'ldi hamda mazkur asrning birinchi yarmida uning rivojlanishi ayrim hududlarni
qamrab olish hisobiga amalga oshdi.
Jahon xo'jaligi iqtisodiy kategoriyadir, chunki uning to'g'risidagi tushuncha
ijtimoiy mehnat taqsimoti tushunchasi, xo'jalik aloqalarining baynalminallashuvi
hamda xalqaro iqtisodiy integratsiyalanishuvi bilan aloqadordir.
Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi rivojining muhim tamoyili milliy xo‘jaliklarning baynalminallashuvi, shu asosda jahon xo‘jaligi va, avvalo, jahon bozorining shakllanishi va rivojlanishidan iborat. Har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi, uning milliy xo‘jaligi ko‘p darajada nafaqat bu mamlakatning ichki imkoniyatlari bilan, balki uning xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimotida qatnashish darajasi va miqyosi, butun insoniyat resurslari bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |