Reja kirish Jahon xo’jaligining mohiyati va bosqichlari xalqaro mehnat taqsimoti – dunyo xo’jaligining moddiy asosi Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va kooperatsiya O’zbekistonning jahon xo’jaligi rivojidagi ahamiyati Xulosa
Download 0.69 Mb.
|
CMM-55 Toshpo\'latov Abdulaziz
Ikkinchidan, mashinasozlik majmuasi o’ziga xos miqdor va sifat xususiyatlariga ega. Bu minglab nomdagi (60-yillarda 500-600 ming mashina va
jihozlar, 90-yillarda 1 mln.dan ortiq mashina va jihozlar), turli hajmdagi (yakka, mayda va yirik seriyali, potok, ommaviy ishlab chiqarish) mahsulotlar ishlab chiqarishni o’z tarkibiga oldi. Konstruktiv jihatdan murakkab bo’lganligi uchun o’nlab va yuzlab mamlakatlarda minglab korxonalar kooperatsiyasini taqozo qiladi. Uchinchidan, mashinasozlik sanoatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar murakkab texnologik xususiyatlarga egadir. Milliy bozor bu mahsulotlarni ishlab chiqarishga torlik qiladi. Ayni vaqtda, «xalqaro ixtisoslashgan tarmoq» va «xalqaro ixtisoslashgan mahsulot» tushunchalarini farqlash lozim. Xalqaro ixtisoslashgan tarmoq mamlakatlarning xalqaro ixtisoslashuvidagi xarakterini ifodalaydi, uning belgisi eksport xissasining boshqa tarmoqlardagiga nisbatan yuqoriligi va ichki tarmoqlar ixtisoslashuvi hamda kooperatsiyaning rivojlanganligidir. Xalqaro ixtisoslashgan mahsulot ICHXIK va ishlab chiqarish dasturlarining taqsimlanishi to’g’risidagi ikki va ko’p tomonlama shartnomalar asosidagi tovarlardir (mahsulotlardir). Xalqaro ixtisoslashgan tarmoq darajasi ko’rsatkichlariga nisbatan eksport ixtisoslashuviga ixtisoslashgan tarmoq koeefitsienti va tarmoq ishlab chiqarishning eksport kvotasi kiradi. Tarmoqning eksport ixtisoslashuvi quyidagi formula bilan aniqlanadi: Bu yerda, Et - mamlakat eksportida tovarning xissasi (tarmoq tovarlarning umumlashmasi); Ej - jahon eksportida tovarning xissasi. Tarmoq eksport ixtisoslashuvi koeffitsienti orqali taxminan mamlakatning xalqaro tarmoqlar ixtisoslashuvi darajasini (holatini) aniqlash mumkin. Milliy eksport tarkibida aniq tovar va tovar guruhi xissasi yuqori bo’ladi, yoki aksincha jarayon bo’lishi mumkin. Eksport kvota esa milliy sanoatning qanchalik tashqi bozorga yo’naltirilganligini yoki tashqi bozordan ajralib qolganligini ko’rsatadi. Ishlab chiqarishda eksport kvota xissasining o’sishi mamlakatning sanoatida xalqaro aloqalarning intensivlashuvi xorijiy iste’molchiga qaratilgani va xalqaro ixtisoslashgan mahsulotning raqobatbardoshligini yaxshilanganligidan dalolat beradi. Xalqaro ixtisoslashgan tarmoq eksport mahsulotlarida ishlov beruvchi tarmoq mahsulotlari xissasining yuqori bo’lishi ijobiy baholanadi. Eksport mahsulotlarida qazib beruvchi sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari xissasining yuqori bo’lishi esa mamlakatning XMT dagi roli passiv ekanligini ifodalaydi. Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasining (XICHK) obyektiv asosi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi darajasi va ayni vaqtda uning tarmoqlarga, ishlab chiqarish korxonalarga bo’linishidir. Tarixan qisqa muddatda ishlab chiqarishning birinchi bo’g’ini – korxona jiddiy o’zgardiki, bu ijtimoiy (xalqaro) mehnat taqsimotida o’z ifodasini topdi. Korxona tarkibida texnologik jarayonlar bosqichlari butlovchi qismlarni ishlab chiqarishning alohidalashuvi va uni qisman boshqa korxonalarga berish bilan sanoat mehnat taqsimotida sifat o’zgarishlari yuz beradi. Bu esa kooperatsion aloqalarning rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Umumiy, xususiy va yakka mehnat taqsimoti aloqadorligining xarakteri ham o’zgardi. Ayniqsa, yakka mehnat taqsimoti mamlakat ichida va mamlakatlar o’rtasidagi ijtimoiy mehnat taqsimotida sifat o’zgarishlarini yuzaga keltirdi va rivojlanishning o’ziga xos «epitsentri» vazifasini bajarmoqda. Bu jarayon ta’sirida ijtimoiy ishlab chiqarishning nafaqat yangi tarmoqlari, balki detallar bo’yicha va texnologik ixtisoslashgan kichik tarmoq va tarmoqlar yuzaga kelmoqdaki, natijada kooperatsiya ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha sektorlari ishlab chiqarish faoliyatining tarkibiy ajralmas qismi bo’lib qolmoqda. ITI ta’sirida ishlab chiqarish kooperatsiyasining moddiy asoslari yaratildi. ITI xalqaro ishlab chiqarishga fanni (nou-xau) tatbiq qilish bilan uning xarakterini ham o’zgartirdi. Natijada, XICHK ning bosh vazifasi – mehnatning kooperatsiyasi - moddiy ishlab chiqarishning va mehnat unumdorligining o’sishdan tashqari g’oyat muhim, yangi bir-nechta mamlakatlar ishlab chiqaruvchilarini birlashtirish orqali yechiladigan vazifalarni ham qo’ydi. XICHKning asosiy belgilari: shartnomalar asosida birgalikda faoliyat olib borish uchun tomonlarning oldindan kelishuvi; o’zaro kelishilgan sohalardagi sherik-korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish; turli mamlakatlarda ishlab chiqarish kooperatsiyasiga tortiladigan sanoat korxonalarining (firmalar) mavjudligi; kooperatsiyaning bosh obyektlari, tayyor mahsulotlar, komponentlar va texnologiyalar bo’yicha shartnomalar asosida mustahkam kelishuvlar; o’zaro kelishilgan dasturlardagi vazifalarning kooperatsiya maqsadlaridan kelib chiqib sherik-partnerlar o’rtasida taqsimlanishi; kooperatsiya doirasida ishlab chiqarish dasturlarini bajarishda tovarlar yetkazib berishning bir tomonlama yoki kelishilgan aloqalarining amalga oshirilishi. Ko’rinib turibdiki, birgalikdagi faoliyat kooperatsiya a’zolaridan mahsulotlarni ishlab chiqarish, yetkazib borish, uning sifati, hajmi va kelishilgan muddatlariga qat’iy amal qilishni taqozo qiladi. XICHK keyingi yillarda «xalqaro sanoat hamkorligi» nomini olmoqda. Chunki, bu jarayon tarkibiga xilma-xil ishlab chiqarish, tatbiqiy fanlar, texnika, savdo, texnik xizmat ko’rsatish va boshqa sohalar ham kirmoqda hamda majmuali xarakter kasb etmoqda. Kooperatsion aloqalarning asosiy usullari quyidagilar: Birgalikda dasturlarni amalga oshirish; Shartnomaviy ixtisoslashuv; Qo’shma korxonalar (ishlab chiqarish) barpo qilish. Birinchi usul – birgalikda dasturlarni amalga oshirish XICHK da ikki shaklda pudrat kooperatsiyasi va qo’shma korxonalar ko’rinishida bo’ladi. Pudrat kooperatsiyasi sanoatdagi eng qadimgi tur bo’lib, uning mohiyati shartnomaning birinchi tomoni (buyurtmachi) ikkinchi tomonga (bajaruvchi) bajariladigan ish uchun (vaqti, hajmi, sifati va boshqa) oldindan aniq talab qo’yadi. Pudrat ishlab chiqarish kooperatsiyasi ikkita ko’rinishga ya’ni «klassik» pudrat bo’yicha mahsulotlar tayyorlash va yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Ishlab chiqarish kooperatsiyasidagi ikkinchi usul shartnomali ixtisoslashuv – tomonlarning o’zaro kelishuvi asosida bir xil mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqarish, birgalikda tadqiqotlar va ishlanmalar olib borish kabilardan iborat. Uchinchi, qo’shma korxonalarni barpo qilish kooperatsiyaviy aloqalarda muhim o’rin tutadi va bugungi kunda eng keng tarqalgan usuldir. Bunday kooperatsion integratsiyada bir necha mamlakatlarning kapitali o’zaro kelishilgan maqsadlarini amalga oshirishda ishtirok etadi. XX asr oxiri va XXI asr boshlaridagi jarayon integratsiyaning umumlashuvi kapital ishlab chiqarish va mehnatni qamrab olinganligidir. Iqtisodiy integratsiya – turli milliy xo’jaliklarning baynalminallashuvi bo’lib, ikki va undan ortiq milliy xo’jaliklarning yagona xo’jalik mexanizmini yaratish maqsadidagi yaqinlashuvi va uyg’unlashuvidir. Iqtisodiy hayotda integratsiya bir nechta yo’nalishlarga ega. Shuningdek, asosiy eksportchi mamlakatlarning bozor muvaffaqiyati siri – xalqaro bozor ehtiyojlarini oldindan chuqur tushunish va uni o’zlari uchun kerakli yo’nalishda faol shakllantirishdan ham iboratdir. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling