Reja kirish Jahon xo’jaligining mohiyati va bosqichlari xalqaro mehnat taqsimoti – dunyo xo’jaligining moddiy asosi Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va kooperatsiya O’zbekistonning jahon xo’jaligi rivojidagi ahamiyati Xulosa
Download 0.69 Mb.
|
CMM-55 Toshpo\'latov Abdulaziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi yo’nalish
- To’rtinchi yo’nalish
- Yettinchi yo’nalish
Birinchi yo’nalish, ishlab chiqarish kuchlarining baynalminallashuvi ishlab
chiqarish vositalari va texnologik bilimlarni ayirboshlash, xalqaro ixtisoslashuv va kooperatsion aloqalar negizida yaxlit ishlab chiqarish va iste’mol tizimi bo’lib, bu ishlab chiqarish resurslari xalqaro moddiy – material, axborotning xalqaro umumlashuvi, tashkiliy-iqtisodiy infratuzilmalardan iborat hamkorlik jarayonini ifodalaydi. Ikkinchi yo’nalish, XMT orqali baynalminallashuv jarayoni; Uchinchi yo’nalish, an’anaviy xalqaro savdoning hajmi va sifat jihatining o’zgarishi negizida iqtisodiy hayotning baynalminallashuvidir. Xalqaro savdoning vazifasi «tovar-pul» oddiy formulasidan, milliy ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat qiluvchi chegaralardan chiqib ketdi va natijada xalqaro savdo tarkibi ham o’zgardi. To’rtinchi yo’nalish, moliya va ishlab chiqarish resurslarining xalqaro almashuv turi mamlakatlar iqtisodiy hayotining yaqinlashuvi va uyg’unlashuviga olib kelmoqda. Bu jarayon xalqaro kredit va xorij investitsiyalari shaklida amalga oshirilmoqda. Beshinchi yo’nalish, xalqaro hamkorlikda xizmatlar ko’rsatish sohalari moddiy ishlab chiqarish sohalariga nisbatan tez rivojlanib bormoqda. Oltinchi yo’nalish, ilmiy-texnik bilimlarning xalqaro almashuvining tez rivojlanishidir. Bu jarayon xalqaro intellektual mehnat taqsimotining shakllanishiga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik markazlarining xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyasiga olib kelmoqda. Yettinchi yo’nalish, xalqaro ko’lamda ishchi kuchi integratsiyasi o’smoqda va bu jarayonda hamdo’stlik mamlakatlari ham ishtirok etmoqda hamda u iqtisodiy hayotni baynalminallashuvining tarkibiy qismi bo’lib qolmoqda. Sakkizinchi yo’nalish, xalqaro miqyosda ishlab chiqarish va iste’molning baynalminallashuvi tabiiy muhitga jiddiy ta’sir etmoqda va bu sohada xalqaro hamkorlikni kun tartibiga qo’ymoqda. Respublikada tashqi savdo aylanmasi 2018-yil yanvar-dekabr oylarida 27,0 mlrd. AQSH dollarini, shu jumladan, eksport 14,0 mlrd. AQSH dollarini va import 13,0 mlrd. AQSH dollarini tashkil qildi. Tashqi savdo aylanmasi saldosi 945,5 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. So’nggi yillarda Respublikaning eksport tarkibida qariyb barcha tovarlar va xizmatlar guruhlari bo’yicha o’sish kuzatilmoqda. Transformator va akkumulyatorlar eksportining o’tgan yilning shu davriga nisbatan 54,8 foizga, kabelli sim mahsulotlarining 33,3 foizga, qozonlar, uskunalar va mexanik asboblar hamda ularning qismlarining 24,0 foizga o’sishi, mashina vas bob-uskunalarning 60,1 foizga o’sishiga olib keldi. Bug’doy 32,2 foizga va meva-sabzavot mahsulotlari va ularni qayta ishlash 15,6 foizga o’sishi, oziq-ovqat mahsulotlari hajmining 26,1 foizga o’sishiga sabab bo’ldi. Qora va rangli metallarni o’tgan yilning shu davriga nisbatan 29,5 foizga o’sishiga, rux va undan tayyorlangan mahsulotlarni 45,4 foizga, alyuminiy va undan tayyorlangan mahsulotlarni 80,0 foizga, mis va undan tayyorlangan mahsulotlarning 34,7 foizga o’sishi kuzatildi. Eksport tarkibining umumiy hajmidan 25,1 foizini xizmatlar tashkil qiladi, bunda transport xizmatlari 11,5 foizni va safarlar 11,3 foizni tashkil qiladi. 2018-yil yakuniga ko’ra, tashqi savdo aylanmasi saldosi 945,5 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan bo’lsa, shundan MDH davlatlari bilan 809,5 mln. AQSH dollarini va boshqa davlatlar bilan 136,0 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Tashqi savdo aylanmasida asosiy hamkor davlatlar Qozog’iston (46,4 foiz), Rossiya (18,0 foiz), Afg’oniston (6,6 foiz), Xitoy (5,7 foiz), Turkiya (4,5 foiz), Qirg’iziston (4,3 foiz) va Iroq (1,7 foiz) davlatlari hisoblanadi. 3-jadval12 Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling