Reja kirish Jahon xo’jaligining mohiyati va bosqichlari xalqaro mehnat taqsimoti – dunyo xo’jaligining moddiy asosi Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va kooperatsiya O’zbekistonning jahon xo’jaligi rivojidagi ahamiyati Xulosa


Download 0.69 Mb.
bet12/19
Sana18.11.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1783907
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
CMM-55 Toshpo\'latov Abdulaziz

Emigratsiya – mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib ketishni, immigratsiya – mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi. Xalqaro migratsiya shuningdek, repatriatsiya – ya’ni fuqarolarni ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayonini ham o‘z ichiga oladi.
Xalqaro migrantlar beshta asosiy toifaga ajratiladi:

    1. immigrantlar va noimmigrantlar;

    2. shartnoma bo‘yicha ishlashga kelgan migrantlar;

    3. nolegal, yashirin immigrantlar;

    4. boshpana so‘rovchi shaxslar;

    5. qochoqlar.

Masalan: 2004-yil Rossiyaga qo’shni mamlakatlardan 7 mln. kishi kelib ishlagan. Migratsiya MDX mamlakatlarning o‘rtasida, ular bilan uzoq xorij mamlakatlari o‘rtasida yuz beradi. Bu jarayonda O‘zbekiston ham qatnashadi. O‘zbekistondan chiqqan mehnat migratsiyalari ba'zi bir ma'lumotlarga ko’ra 2002-yil 700 ming kishini tashkil etgan. 2004-yil Koreya Respublikasida O‘zbekistondan chiqqan yashirin migrantlar 5 ming nafar bo‘lgan.8
Ishchi kuchi migratsiyasi faqatgina yashash joyini o’zgartirib, ko’chib yurishni emas, shu bilan birga yashash joyini o’zgartirmay biror mamlakatga borib ishlab kelish yo‘li bilan ham sodir bo‘lishi mumkin.
Jahon xo‘jaligida mamlakatlar o‘rtasida ilm-ma'rifat-texnika hamkorligi katta ahamiyatga ega. Bu hamkorlik ilmiy-texnikaviy axborotlar, mutaxasislar, fan sohasi xodimlari bilan ayirboshlashni, tadqiqot va yangiliklarni litsenziya asosida berishni, ilmiy-tadqiqot ishlari o’tkazishni, umumiy fan texnika va texnologiyani ishlab chiqarish bo‘yicha qo’shma tadbirkorlikni o’z ichiga oladi (Ilmiy-texnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridan biri injiniring hisoblanadi. Xalqaro injiniring bu davlat tomonidan boshqa davlatga sanoat va boshqa obyektlarni loyihalashtirish va qurish jarayoniga kerakli hisob-kitob loyihalarini berish hamda injiniring-qurilish xizmati ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi).
Rivojlangan mamlakatlar rivojlanayotgan mamlakatlarga davlat byudjeti va yirik kompaniyalar hisobidan turli xil pul fondlari tashkil etadilar, bu fondlardan turli yordamlar ko‘rsatadilar. Masalan, O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki, Yevropa ittifoqi hisobidan kadrlarni bepul o’qitish, xorijda ularning malakasini oshirishga yordam bermoqda.
Xalqaro iqtisodiy aloqalarning asosiy shakllaridan biri bu iqtisodiy integratsiya aloqalaridir. Bu aloqalarning roli hozirgi davrda ortib bormoqda.
Jahon xo‘jaligida iqtisodiy integratsiya – milliy bozorlar va mamlakatlar milliy xo‘jaliklari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, xamjihat rivojlanishini ta'minlash, turli mamlakatlar doirasida resurslarning erkin harakat qilishi, yagona umumiy bozor tashkil qilish maqsadlarida birlashuvidir (Xalqaro iqtisodiy integratsiya bu turli mamlakatlarning chuqur, barqaror o‘zaro aloqalarinining rivojlanishi va milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo‘jalik aloqalarining birlashib borishi jarayonidir).
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilar bo‘lib hisoblanadi:

  • Erkin savdo zonalari. Bu iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib,

uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo cheklashlari bekor qilinadi. Bu zonani tashkil etgan davlatlar o‘rtasidagi savdo-sotiq erkin bo‘ladi, boj puli bekor qilinadi, eksport uchun kvota (me'yor) o’rnatilmaydi. Bunga misol Yevropa erkin savdo birlashmasi (uyushmasi) va MDX mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro bitim misol bo’la oladi.

  • Boj ittifoqi. Iqtisodiy integratsiyaning bu shakli erkin savdo zonalarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashki savdo ta'riflari o’rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishni taqozo qiladi. (Yevropa ittifoqi boj ittifoqiga misoldir).

  • To‘lov ittifoqi. Bu milliy valyutalarning o‘zaro erkin almashinuvi va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishini ta'minlaydi. Yevropa hamjamiyati, Janubiy-sharqiy Osiyo va MDX mamlakatlari uchun to‘lov ittifoqi pirovard maqsaddir.

  • Umumiy bozor. Bu iqtisodiy integratsiyaning murakkab shakli bo‘lib, uning qatnashchilariga erkin o‘zaro savdo va yagona tashqi savdo ta'rifi bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin harakati hamda o‘zaro kelishilgan iqtisodiy siyosat ta'minlanadi. Masalan, Umumiy bozor yoki Yevropa iqtisodiy ittifoqi. Uning doirasida barcha boj to‘lovlari import kvotalari (me'yorlar) bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan Yevropa bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi, pul mablag’lari va ishchi kuchining chegaradan erkin o’tishi ta'minlanadi hamda umumiy muammolarni hal etishda yagona siyosat o’tkaziladi.

  • Iqtisodiy va valyuta ittifoqi. Bu davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli hisoblanadi. Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o’tkazish bilan birga uyg’unlashadi.

Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonining obyektiv xususiyatini bir qator omillar taqozo qiladi:

  1. Xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi;

  2. Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;

  3. Umumjahon fan-texnika revolyutsiyasi;

  4. Milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi.

Xalqaro iqtisodiy integratsiya unda ishtirok etuvchi har bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti uchun qulay sharoit hozirlaydi. Hozirda jahon xo‘jaligiga globalizatsiya, ya'ni globallashuv ham xos.
Globalizatsiya — bu iqtisodiyotning umumbashariy tus olishi, har bir mamlakat milliy xo‘jaligining jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar ta'siriga berilishidir.
Globalizatsiya integratsiya jarayonida o‘zaro birlashmagan mamlakatlarda ham yuz beradi. Buning natijasida ish kuchi, kapital, investitsiya, yangi texnologiya va nihoyat yangicha iqtisodiy g’oyalarning dunyo bo‘yicha tezda tarqalishi, iqtisodiyot rivojlanib, farovonlikning oshishi, yer yuzida kambag‘allar sonining qisqarishi yuz beradi.
Globalizatsiya investitsiyalarni eng yuqori samara beradigan mamlakatlarga oqib borishiga olib keladi. Natijada dunyodagi iqtisodiy o’sish tezlashadi, globalizatsiya jahon iqtisodiyoti uchun katta naf keltiradi (lekin qator muammolarni ham keltirib chiqaradi).
Integratsiya jarayoni, rivojlanish darajasiga bog’liq holda, beshta pog’onaga ajratiladi:
1) erkin savdo mintaqasi;
2) bojxona ittifoqi;
3) umumiy bozor;
4) valyutaviy-iqtisodiy ittifoq;
5) siyosiy ittifoq.
Bu borada Yevropa iqtisodiy hamkorligi (YeIH) – Yevropa Ittifoqi namuna
bo’lib xizmat qiladi. Uning integratsiya sohasidagi tajribasini boshqa mintaqalarda ham qo’llash mumkin. Hozirgi vaqtda dunyodagi ko’plab integratsiya assotsiatsiyalari YeIH tajribasiga amal qilgan holda integratsiyaning besh pog’onasiga asoslanib ish olib bormoqdalar. Endilikda faqat pog’onali integratsiya modeliga asoslangan erkin savdo mintaqalari (Lotin Amerikasi erkin savdo assotsiatsiyasi) yoki bojxona ittifoqlari (G’arbiy Afrika bojxona ittifoqi va Markaziy Afrika iqtisodiy-bojxona ittifoqi) bilan bir qatorda iqtisodiy ittifoqlar ham tashkil etila boshlandi (EKOVAS-1975 y).9
Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi mamlakatlar o’rtasidagi mehnat
taqsimotining o’ziga xos shakli bo’lib, milliy ishlab chiqarishning tabaqalanishi
asosida bir xil ishlab chiqarish kontsentratsiyasi va mehnatning umumlashuvi
hamda alohida mustaqil texnologik jarayonlarning ajralib chiqishi, ichki
ehtiyojlardan yuqori turgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmoq va kichik
tarmoqlarning bo’linishi orqali o’zaro tabaqalashgan milliy xo’jalik majmualarini
to’ldirishdir. Bunday xalqaro ixtisoslashuv jarayonlari xalqaro ishlab chiqarish
kooperatsiyasining asosidir.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling