Reja kirish Jahon xo’jaligining mohiyati va bosqichlari xalqaro mehnat taqsimoti – dunyo xo’jaligining moddiy asosi Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va kooperatsiya O’zbekistonning jahon xo’jaligi rivojidagi ahamiyati Xulosa


XMT ni shakllantirishning uch asosiy omillari


Download 0.69 Mb.
bet10/19
Sana18.11.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1783907
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
CMM-55 Toshpo\'latov Abdulaziz

XMT ni shakllantirishning uch asosiy omillari:

  • mazkur mahsulotni ishlab chiqaruvchilarining hech bo‘lmasa bir qismidan ustunlik qilish (masalan, arzon xomashyoga ega bo‘lish, ishlab chiqarish texnologiyasining sirlaridan xabardor bo‘lish va h. k.);

  • jahon bozorida ushbu mahsulotga talab bo‘lishi shart;

  • transport xarajatlari ishlab chiqarish tannarxi va sotuv narxi o‘rtasidagi farqdan kam bo‘lishi lozim.

Iqtisodiyot tobora baynalminallashuvi va mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik kuchayishidan jahon ishlab chiqarishiga nisbatan tashqi savdoning ilgarilab o‘sishi dalolat beradi. Alohida tovarlar bo‘yicha tuzilmani o‘rgansak, ulardan asosiylari bu neft, avtomobillar, neft mahsulotlari, asbob-uskunalardir.
Qiyosiy ustunliklar nazariyasi asosida mamlakatlar iqtisodiyotlari o‘rtasida tabiiy farqlar nazariyasi yotadi – tabiiy resurs muhiti, ijtimoiy sharoitlardagi farqlarning nazariyaga ko‘ra, ba’zi bir mamlakatlar sanoatni ko‘proq rivojlantirishlari, boshqalari esa qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashishlari lozim. Mahsulotni o‘zaro ayirboshlash esa umumiy farovonlikning o‘sishiga olib keladi. Masalan, Saudiya Arabistoni neft va neft mahsulotlarini qazib olish va ishlab chiqarishda, Braziliya esa kofe ishlab chiqarishda, Kanada bug‘doyni yetishtirishda qiyosiy ustunlikka egadir. Tabiiy ustunliklarga tabiiy resurslar va o‘ziga xos iqlim sharoiti bilan birga boshqa resurslarga nisbatan aholi soni ortiqchaligini ham kiritish mumkin, bu esa, masalan, Hindistonda juda ham yuqori mehnat sig‘imiga ega bo‘lgan, lekin yetarli darajada raqobatbardosh mahsulotni ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi (tekstil, poyafzal). Tabiiy ustunliklarga tabiiy resurslar va o‘ziga xos iqlim sharoiti bilan birga boshqa resurslarga nisbatan aholi soni ortiqchaligini ham kiritish mumkin.
Ayni damda AQSH kompyuterlar, reaktiv samolyotlar, kosmik apparatlarning eng yangi tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yaponiya esa bugungi kunda eng yangi ishlab chiqarish asbob-uskunalarini tayyorlaydi.
Hozirgi kunda Rivojlangan davlatlar o’zlarining mehnatga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun migrant mehnati va immigrantlarga tobora bog’lanib qolmoqda. Bunga ikkita sabab bor:
Birinchisi, ularning aholisi tobora kamayib bormoqda.
Ikkinchisi, ularning aholisi qarib borayotganligi sababli, ularga yetarlicha ishchi kuchi yetishmaydi va katta avlod pensiyasi va sog’liqni saqlashga davlat byudjetidan katta pul ajratishga to’g’ri keladi. Misol sifatida Yaponiyani oladigan bo’lsak, uning aholisi 2090-yilgacha 54% ga kamayishi kutilmoqda, ya’ni 130 mln.dan 60 mln.ga.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling