Reja kirish Jahon xo’jaligining mohiyati va bosqichlari xalqaro mehnat taqsimoti – dunyo xo’jaligining moddiy asosi Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va kooperatsiya O’zbekistonning jahon xo’jaligi rivojidagi ahamiyati Xulosa


Download 0.69 Mb.
bet2/19
Sana18.11.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1783907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
CMM-55 Toshpo\'latov Abdulaziz

Kurs ishi mavzusining maqsadi. Ushbu kurs ishi mavzusida jahon xo‘jaligining tarkib topishi, bunda ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlarining o‘rni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, jahon infratuzilmasining rivojlanishi, jahon xo‘jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish masalalari bayon etiladi. Xalqaro integratsiyaning mohiyati, maqsad va shakllari bayon etiladi. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning turlicha nazariyalari tahlil etilib, jahondagi asosiy integratsion guruhlar ko‘rib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotning dunyo mamlakatlari bilan bog‘langan murakkab iqtisodiy munosabatlari tizimida xalqaro savdo munosabatlarining tutgan o‘rni tahlil qilinib, xalqaro savdoning rivojlanishi, omillari va tuzilishi qarab chiqiladi. Xalqaro munosabatlarning moliyaviy yoki valyutaga oid tomonlari bayon etiladi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, valyuta tizimi, valyuta kursi va valyuta siyosati, ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bayon etiladi.
Kurs ishi mavzusining vazifalari. Ushbu kurs ishi mavzusi doirasida quyidagi narsalar o’rganiladi:

  • jahon xo’jaligining mohiyati va bosqichlarini o’rganish;

  • xalqaro mehnat taqsimoti – dunyo xo’jaligining moddiy asosini yoritish;

  • xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va kooperatsiyalarni o’rganish;

  • O’zbekistonning jahon xo’jaligi rivojidagi ahamiyati.

Jahon xo‘jaligi xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi va ularning amalga
oshib borish vositalarining bir butun yaxlitligidan iborat.
Fan-texnika taraqqiyoti natijasida ishlab chiqaruvchi kuchlarning
rivojlanishi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi natijasida milliy
iqtisodiyotlar rivojlanib, ichki bozordan tashqi bozorga o’tish zarurati paydo bo‘ldi.
Mehnat taqsimoti nafaqat bir mamlakat doirasida, u mamlakatlar
o‘rtasida ham amalga osha boshladi. Natijada, xalqaro mehnat taqsimoti
vujudga keldi. Xalqaro mehnat taqsimoti jahon xo‘jaligining tashkil topishi va rivojlanishining muhim omiliga aylandi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling