Reja kirish Jahon xo’jaligining mohiyati va bosqichlari xalqaro mehnat taqsimoti – dunyo xo’jaligining moddiy asosi Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va kooperatsiya O’zbekistonning jahon xo’jaligi rivojidagi ahamiyati Xulosa


Download 0.69 Mb.
bet9/19
Sana18.11.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1783907
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
CMM-55 Toshpo\'latov Abdulaziz

Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) – iqtisodiy geografiyaning asosiy tushunchasidir. U alohida mamlakatlarni mahsulot va xizmatlarning muayyan turlarini ishlab chiqarishi va keyinchalik ularni ayirboshlashidan iborat. Xalqaro mehnat taqsimotining dastlabki iqtisodiy maqsadi turli mamlakatlar o‘rtasida mustahkam iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish yordamida milliy xo‘jalikning tuzilmasiga eng qulay iqtisodiy ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Bunday ta’sir shuning bilan belgilanganki, XMTda qatnashish mamlakatga o‘zida eng yaxshi sharoit mavjud bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishga o‘z harakatlarini jamlash uchun ruxsat beradi. Bundan tashqari, mazkur tovarlarni ishlab chiqarish miqyosini o‘z aholisi hamda hamkor-mamlakatlar aholisining ehtiyojlarini qondira oladigan darajada kengaytirish uchun ham yordam beradi. Shu bilan birga, bunday qatnashuv mamlakatga o‘zida optimal sharoit mavjud bo‘lmagan tovarlarni ishlab chiqarishdan voz kechish hamda ularning iste’molini import hisobiga ta’minlashga ruxsat etadi. Mamlakatni XMTda ishtirokining ko‘rsatkichlari quyidagilardir:
- YAIMda eksportning ulushi;
- tashqi savdo hajmining YAIMga nisbati;
- mamlakatni xalqaro savdodagi salmog‘i;
- aholi jon boshiga tashqi savdo aylanmasi.
So‘nggi davrda tashqi savdoni tartibga solishda bosh tendensiya bo‘lib liberallashuv hisoblanadi, chunki kelgusida aynan erkin xalqaro savdo qatnashchilari uchun eng yuqori samaradorlikni beradi. Urushdan keyingi vaqt davomida xalqaro savdoning liberallashuviga Ta’riflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv ( GATT )5 – 1974-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot ko‘maklashgan. 1995-yil 1-yanvaridan boshlab, GATTning oxirgi forumi hamda Urugvay raundi qarorlariga muvofiq, GATT ning o‘rniga Jahon savdo tashkiloti (JST)6 kuchga kirdi. JST savdo rejimi borasida xalqaro nizolarni hal qilishda yanada qudratli mexanizmlarga egadir. Bunda GATT JSTning bo‘linmasi bo‘lib qoldi. JSTning vakolatiga GATTga nisbatan ancha keng bo‘lgan masalalar doirasi kiradi, jumladan, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, investitsiyaviy faoliyat, xizmatlar savdosi (jumladan bank, sug‘urta va transport operatsiyalari ham).
Xalqaro mehnat taqsimotining bir qator afzalliklari mavjud bo’lib, ularga:

  • muayyan turdagi mahsulotni ishlab chiqarishdagi vaqtni kamaytirishga erishadi, chunki ishlab chiqarish yengillashgan bo’ladi;

  • ishlab chiqarish hajmi oshadi;

  • muayyan mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlik tufayli ishchilar o’zlarida katta tajribaga ega bo’lishadi;

  • mahsulotlar narxi tushib, sifati ortadi va bundan iste’molchilar ham manfaatdor bo’lishadi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling