Reja kirish Jahon xo’jaligining mohiyati va bosqichlari xalqaro mehnat taqsimoti – dunyo xo’jaligining moddiy asosi Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va kooperatsiya O’zbekistonning jahon xo’jaligi rivojidagi ahamiyati Xulosa


Xalqaro mehnat migratsiyasi va taqsimoti (Yaponiya misolida).7


Download 0.69 Mb.
bet11/19
Sana18.11.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1783907
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
CMM-55 Toshpo\'latov Abdulaziz

Xalqaro mehnat migratsiyasi va taqsimoti (Yaponiya misolida).7
2-jadval

Xalqaro mehnat taqsimoti xalqaro iqtisodiy munosabatlar, ya'ni turli mamlakatlar o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalarining negizini tashkil etadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
- tovar va xizmatlar bilan xalqaro savdo;
- kapital va chet el investitsiyalarining harakati;
- ishchi kuchining migratsiyasi;
- ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi;
- fan va texnika sohasidagi ayirboshlash;
- valyuta-kredit munosabatlari.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda savdo-sotiq yetakchi o‘rinda turadi. Xalqaro iqtisodiy aloqalarda savdo-sotiq jahon bozori orqali amalga oshiriladi. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi va mamlakatlar ixtisoslashuvining kuchayishi natijasida jahon bozori tarkib topadi.
Jahon bozori – xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-birlariga bog’langan turli mamlakatlar o‘rtasidagi barqaror oldi-sotdi munosabatlaridir. Jahon bozori tovarlar, xizmatlar, moliya, ilmiy kashfiyotlar, mehnat bozorlaridan iborat.
Xalqaro mehnat taqsimoti qanchalik chuqurlashsa, jahon bozori shunchalik kengayadi, u yerda sotiladigan tovarlar va xizmatlar ko’payadi, bozor ishtirokchilarining soni ortadi. Jahon bozorining o‘ziga xos infratuzilmasi mavjud. (Xalqaro tovar birjalari, fond birjalari, banklar auksionlar, moliya-sug’urta, savdo-sanoat kompaniyalari, ishga yollovchi firmalar...)
Jahon bozorida mamlakatlar obyektiv va subyektiv sabablarga ko’ra ma'lum tovar va xizmatlarga ixtisoslashgan bo‘ladi va ular bir-biriga tovar yetkazib beradi. (Ixtisoslashuvning obyektiv sabablarini mamlakatlarning geografik joylanishi, iqlimi, yer osti va yer usti boyliklari tashkil etadi. Subyektiv sabablarini esa mamlakatdagi fan va texnikaning rivojlanganligi va malakali kadrlar tashkil etadi).
Jahon bozori milliy iqtisodiyot rivojiga kuchli ta'sir etadi. Hozirgi davrda bir mamlakat doirasida sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining barcha turlarini ishlab chiqarish mumkin emas. Natijada rivojlangan mamlakatlar AQSH, Yaponiya va boshqa mamlakatlar o‘ziga kerak bo‘lgan tovarlarni jahon bozoridan xarid qilishga majbur. (Masalan: AQSH kofe, kakao, ipak, nikel, tabiiy kauchuk, olmos kabi mahsulotlar importiga muxtoj.)
Jahon bozorida mamlakatlar iqtisodiy mavqeyiga qarab tabaqalanadi. Ular ikki guruhga:
a) tayyor mahsulot yetkazib beruvchi va
b) xomashyo yetkazib beruvchi mamlakatlarga ajraladi.
Rivojlangan mamlakatlar ko‘proq tayyor mahsulotlarni (yetkazib) eksport qilishsa, rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlar ko‘proq xomashyoni eksport qiladilar.
Turli mamlakatlarning jahon bozorida tutgan o‘rni, birinchidan, ularning iqtisodiy quvvatiga, ikkinchidan, ulardagi ishlab chiqarishning chuqur ixtisoslashuviga, ya'ni naqadar eksportbob bo‘lishiga bog‘liq.
Jahon bozori orqali pul kapitali, ishchi kuchi va texnologiya mamlakatlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Jahon bozori milliy bozordan farq qilgani holda ishlab chiqarishning mamlakatlararo ixtisoslashuviga va shunga ko’ra ularning bir-biriga tovar yetkazib berish zarurligiga asoslanadi.
Kapitalning xalqaro harakati – bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va faoliyat qilishi. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi:
a) xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo‘li bilan harakati ko’pincha mustaqil shakl sifatida ajraladi;
b) pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, patentlar, nau-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo‘lishi mumkin;
v) qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar shaklida;
g) ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. Ssuda shaklidagi kapital qo’yilmalar bo‘yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi bo‘lib, u o’z ifodasini ishchi kuchi resurslarini ancha qulay sharoitda ish bilan ta'minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishda topadi.
Xalqaro migratsiya jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, madaniy va boshqa xususiyatdagi omillar xam taqozo qiladi.
Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o’z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling