Mavzu: Bug‘ bilan ishlov berish yordamida sulfidli oltin boyitmasini oltingugurt va margimushdan tozalash kо‘rsatkichlari
Ayniqsa, bu jarayon harorat 4000C dan oshgandan sо‘ng yana ham tezlashadi. Agar pech ichida ozgina vakuum hosil qilinsa va gazlarning harakati tezlashtirsa (nasos yordamida), jarayon yana ham tezlashadi. 4.4-rasmga qarasak, asosiy massa yо‘qotish 20 daqiqa ichida yuz beradi.
Tajriba natijalariga (17-18-rasm, 16-17-jadval) asoslanib, shunday xulosa chiqarish mumkin: pech ichida ozgina vakuum hosil qilib, bir soat davomida ashyo yuzasiga (pech ichiga) suv bug‘i yuborilib turilsa, murakkab tarkibli oltin boyitmalarni sinillashga salbiy ta’sir qiluvchi hamma elementlardan (S2, As, flotoreagentlardan) tо‘liq tozalash mumkin ekan. Kokpatas koni flotoboyitmasiga suv bug‘i bilan ishlov berilganda (m=100g; t=600-7000C; τ=1 soat) boyitmaning massasi 23,1 % ga kamaygan, sovitgichda ushlab olingan uchirmaning (vozgonni) massasi 19,1 % ni (konsentrat massasidan) tashkil etgan. Sovitgich devoridan qirib olingan uchirma 40,92% oltingugurt va 36,0% margimushdan, boyitmadan suzib olingan uchirma esa 80,4% oltingugurt va 5,5% margimushdan (sulfid holda) iborat bо‘ladi. Bundan tashqari, kondensatda flotomoslama borligi aniqlangan. Olingan kuyindi (ogarok) kimyoviy tahlil qilingan, hamda termografik tadqiq natijalari 9-11-rasmlarda keltirilgan.
Tajriba natijalari
№
|
Boyitma nomi
|
Komponentlar miqdori
|
Yо‘qotish darajasi %
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |