43-Rasm.Bo’tanadan faollangan ko’mir yordamida sorbsiyalash dastgohlar sxemasi:
1-boshlang’ich sianlovchi pachuklar; 2- sorbsiyalash kalonnalari; 3- ko’mirni bo’tanadan ajratuvchi elaklar; 4- nazoratchi elak; 5- desorbsiyalsh aklonnalari; 6- kislotali qayta ishlash kalonnasi; 7- eritma saqlanadigan idish; 8- elktrolizyor; 9- desorbsiyalovchi eritma saqlanadigan idish; 10- ko’mirni faollash uchun aylanma quvurli pech; 11- elak.
Bo’tanadan oltinni sorbsiyalash jarayoni qattiq mahsulot miqdori 40-45%, suyuq fazada sianid kislotasi konsentratsiyasi 0,01-0,02%, pH 10-10,5 va bir vaqtning o’zida yuklanadigan sorbent miqdori 10-30g/l ni tashkil qiladi. Ko’mining oltinga nisbatan sig’imi 2-8 kg/t ni tashkil qiladi.
Bo’tanadan yirik zarrali ko’mir yordamida sorbsiyalash jarayoni xuddi ionalmashinuvchi qatronlar ishtirokida sorbsiya kabi bir xil afzalliklarga ega. Shuningdek u yana, ionalmashinuvchi qatronga qaraganda ancha arzon va qo’shimcha metallarga nisbatan ta’sirchanligi kamroq. Bu uning qo’shimchalari ko’p bo’lgan eritmalardan sorbsiyalashda ionalmashinuv qatronlari foyda bermaydigan joyda qo’llanilish imkonini beradi.
Faollangan ko’mirning jiddiy kamchiligi ularning mexanik mustahkam emasligidir, qaysiki natijada ko’p yig’uvchining (1t qayta ishlanadiga rudada 100-200g yo’qotilish) sinib mayin fraksiyada yo’qotilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |