Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi quvvati 75000 t/s bo‘lgan 21-10/600 uskunasida koks ishlab chiqarish sexini loyihash. Asosiy qurilma rektifikatsion kalonnasi
Download 276 Kb.
|
Xolmatov Qodirjon
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi quvvati 75000 t/s bo‘lgan 21-10/600 uskunasida koks ishlab chiqarish sexini loyihash. Asosiy qurilma rektifikatsion kalonnasi. MUNDARIJA 1. Kirish ………………………………………………………………………..4 2. Xom ashyo mahsulotlarining tavsifi…………………………………………9 3. Tayyor mahsulot tavsifi…………………………………………………….13 4. Jarayonning fizik – kimyoviy asoslari ……………………………………..16 5. Texnologik sxemani bayoni………………………………………………..17 6. Texnologik ishlab chiqarishda asosiy jihoz hisobi………………………….22 6.1. Moddiy va issiqlik hisobi…………………………………………………..22 6.2. Asosiy jixozning hisobi…………………………………………………….. 6.3. Mexanik hisob…………………………………………………………… 6.4. Gidravlik hisob…………………………………………………………… 7. Asosiy jihozning bayoni …………………………………………………..29 8. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish…………………………………30 9. Mehnat va atrof muhitni muxofaza qilish………………………………..32 10. Xulosa………………………………………………………………………36 11. Adabiyotlar………………………………………………………….. 37 1.Kirish. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangiyer shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan ammiak va karbamid zavodi qurilish maydonida bo‘ldi. Mamlakatda qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish va eksport qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yerning unumdorligini oshirish, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni talab etmoqda. Shu bois “O’zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Samsung engineyering kompaniyasi bilan hamkorlikda ammiak va karbamid zavodi qurish rejalashtirilgan. Umumiy qiymati 600 million AQSh dollari bo‘lgan mazkur zavodda yiliga 400 ming tonna ammiak, 660 ming tonna karbamid ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. AQSh va Yaponiyadan eng zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatiladi, «nou-xau»lar qo‘llaniladi. 500 doimiy ish o‘rni yaratiladi. Zavod qurilishi uchun juda qulay joy tanlangan. Bu yerda tabiiy gaz manbai, elektr va suv ta’minoti tarmoqlari, avtomobil va temir yo‘llar bor. — Sirdaryodagidek qulay infratuzilma hech qayerda yo‘q. Bunday imkoniyat zavodni qurish va barqaror ishl atishda qo‘l keladi, investorlarning qiziqishini oshiradi. Bu juda rentabelli, istiqbolli loyiha, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Davlat rahbariga bo‘lajak korxonaning iqtisodiy samaradorligi, qurilish ishlari jadvali haqida ma’lumot berildi. Prezident zavod mahsulotlari ichki talabni qondirish va tashqi bozorlarga chiqishda muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi “Bek klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan paxtani qayta ishlash zavodini ham borib ko‘rdi. Dastlab bu yerda qorabayir otlari, qoramol, echki, tuyaqush, quyon va bedana nasllari namoyish etildi. Davlat rahbari bu jonivorlarning mahsuldorligi, tez ko‘payishi, ular har bir oila uchun zarurligiga e’tibor qaratdi. Uy sharoitida chorva va parranda boqishni kengaytirib, odamlarni oziq-ovqat mahsulotlari, qo‘shimcha daromad bilan ta’minlash mumkinligini ta’kidladi. Prezident Sirdaryo viloyatiga avvalgi tashrifi doirasida “Bek klaster” korxonasida bo‘lib, uni yanada rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Korxona o‘tgan yili Turkiyaning “SUMYeR” kompaniyasi bilan hamkorlikda yiliga 60 ming tonna paxtani qayta ishlaydigan zavod barpo etdi. Klasterlar qishloq xo‘jaligida yetakchi tarmoqqa aylanayotgani, ularning mahsulot yetishtirish va ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi. Davlat-xususiy sheriklik asosida klasterlar uchun kadrlar tayyorlash, yangi loyihalar ishlab chiqib, faoliyat qamrovini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shu yerda Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Jumladan, parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik, urug‘chilik va uzumchilikni rivojlantirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi bo‘yicha aholining tomorqadan samarali foydalanishini tashkil etishga qaratilgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. Bu loyihalarning amalga oshirilishi yana minglab ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi. Mazkur korxona oʻz vaqtida Fargʻona vodiysidagi neft konlarini oʻzlashtirish va mintaqa davlatlariga neft mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida bunyod etilgan. U hozirgi kunda ham uglevodorod xomashyosini qayta ishlash boʻyicha mamlakatimizdagi yirik majmualardan biridir. 475 gektar yer maydoni, 52 ta texnologik obekt uning ulkan salohiyatidan dalolat beradi. Lekin texnika va texnologiyalar eskirgani, ishlab chiqarish asosan importga bogʻliq boʻlgani sababli korxona keyingi oʻn yilda oʻzini oqlamayotgan edi. Yillik loyiha quvvati 6 million 450 ming tonna boʻlgani holda, ishlab chiqarish bor-yoʻgʻi 30 foizga tushib qolgandi. Davlatimiz rahbari joriy yil 21 fevral kuni neft-gaz va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini investorlarning ishonchli boshqaruviga berish vazifasini qoʻygan edi. Shunga muvofiq, 10 aprelda “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Modernizatsiya jarayoni Indoneziyaning “RT Trans Asia Resources” kompaniyasi bilan hamkorlikda uch bosqichda amalga oshiriladi. Sohada katta tajribaga ega jahon bozorida ushbu kompaniyaning oʻz oʻrni bor. Bu zavodni xomashyo bilan barqaror taʼminlash, uni jahon standartlari asosida qayta ishlab, ichki va tashqi bozorga yetkazib berishga xizmat qiladi. Kelgusida yetakchi xalqaro kompaniyalardan iborat boʻlgan konsorsium tashkil etish rejalashtirilgan. Zavodga joriy yilning oʻzida kamida 300 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb etiladi. Bu mablagʻ evaziga ikki oy davomida hozirda ishlamay turgan 11 qurilmaning 7 tasidan foydalanish tiklanadi. Buning natijasida 7 ming 100 ta ish oʻrni saqlab qolinadi. Shuningdek, zavod ikki barobar koʻproq xomashyo bilan taʼminlanadi. 2020 yildan boshlab “Yevro-4”, “Yevro-5” kabi yuqori sifatli dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarishga erishiladi. Mahsulotlar tannarxi tushib, sifati oshirilishi natijasida viloyatning eksport salohiyati yanada yuksaladi. Umuman, loyiha doirasida 2022 yilgacha kamida 875 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jalb etiladi. Bu 60 yildan buyon ishlab kelayotgan Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi va 110 yillik tarixga ega Oltiariq neftni qayta ishlash korxonasini zamonaviy majmualarga aylantirish, ularda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Yeng muhimi, yana koʻplab odamlar, ayniqsa, yoshlar ish bilan taʼminlanadi. Soliq tushumi oyiga qoʻshimcha 100 milliard soʻmga oshadi. Shavkat Mirziyoyev zavod ishchilari va investorlar bilan suhbatlashdi. Asosiy maqsad korxonani toʻliq quvvat bilan ishlatish, odamlarni ish bilan taʼminlash. Bu Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining yangi davri boʻladi, dedi davlatimiz rahbari. Zavodga xomashyo olib kelish, ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha qoʻshimcha topshiriqlar berildi. Download 276 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling