Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi quvvati 75000 t/s bo‘lgan 21-10/600 uskunasida koks ishlab chiqarish sexini loyihash. Asosiy qurilma rektifikatsion kalonnasi


Jarayonning fizik – kimyoviy asoslari


Download 276 Kb.
bet4/10
Sana22.06.2023
Hajmi276 Kb.
#1650738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xolmatov Qodirjon

4.Jarayonning fizik – kimyoviy asoslari
Bir xil sharoitda kreking reaktsiyasi tezligi xom ashyoning qaynash harorati ortishi bilan ortadi. Bu uglevodorodlar termik stabilligi bilan bog‘liqdir. Yuqori molekulyar alkanlar hamda yon zanjiriga tarmoqlangan arenlar past molekulali uglevodorodlarga qaraganda kamroq termik stabildir.
Xom ashyo tarkibida arenlar ko‘p bo‘lsa parafinli xom ashyoga qaraganda kichik tezlikda parchalanadi. Termik kreking jarayonlari uchun xom ashyoga qaraganda kichik tezlikda parchalanadi. Termik kreking jarayonlari uchun xom ashyo sifatida alkanlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki ular zaruriyat ko‘p bo‘lgan mahsulotlar gazlar benzin va o‘rta distilliyatlar xosil bo‘lishi bilan parchalanadi. Bir vaqtning o‘zida bu xom ashyoning parchalanishida ma’lum miqdorda koks xosil bo‘ladi. Koksning hosil bo‘lishi mumkin emas. Chunki koks hosil bo‘lishi qurilmaning to‘xtovsiz ishlashiga yomon ta’sir etadi. Koksning trubali pech zmeyeviklarida to‘planish natijasida qurilmaning tez-tez to‘xtatib koksning yoqishga to‘g‘ri keladi.
Harorat ta’sirida haroratning ortishi moddalarning yuqori harorat zonasida bo‘lishining kamayishi xom ashyoning kerakli darajada ajratish imkonini beradi. Termik kreking 380-4000C da boshlanadi. Harorat ortishi bilan kreking tezligi ortadi. Doimiy bosimda va doimiy parchalanish darajasida haroratning ortishi yengil komponentlarning miqdorini ortishiga, og‘ir fraktsiyalar va koksning xosil bo‘lishini kamayishiga olib keladi.
Bosim. Reaktsiya tezligiga va mahsulotning chiqishiga xam ta’sir etadi. Lekin bosim ortishi bilan xom ashyoning qaynash harorati va mahsulot qaynash harorati ham ortadi. Birlamchi reaktsiyalar parchalanishi , degidrogenlash bosimga bog‘liq emas. Shuning uchun yuqori bosimda olib boriladigan termik kreking mahsulotlarda to‘yinmagan uglevodlar past bosimdagiga qaraganda kam bo‘ladi.
Termik kreking hom ashyolari va mahsulotlari
Termik kreking qurilmasi uchun xom ashyo tanlash qurilmaning texnalogik rejimiga bog‘liqdir Agar qurilma qo‘shimcha ravishda tink fraktsiyalarni olishga mo‘ljallangan bo‘lsa, xom ashyo sifatida neftning atmosfera bosimida xaydash qoldig‘i mazutdan foydalanadi. Agar yuqori aromatik distilyat fraktsiyalari olinsa, xom ashyo sifatida kokslash gazoyili moylarning selektiv tozalash ekstraktlardan foydalanadi. Texnalogik qurilmalarda gaz, benzin, kreking qoldiq olinadi. Termik kreking benzinlarning dastlabki xaydash benzinlardan farqi ularning ximyaviy tarkibidir. To‘g‘ri haydash benzinlarida alkanlar va tsikloalkanlar bo‘ladi. Kreking benzinlarida esa to‘yinmagan, aromatik uglevodlar bo‘ladi.
Pechlarda mahsulotlar 520-550°C (723-823°K) hsroratgacha qizdiriladi. Pechda katta kimyoviy o‘zgarish bo‘lmasligi uchun issiqlik almashgirgich (zmeyevik)ga mahsulotning kelishi va uni ushlab turish vaqti katta emas. Aks xolda koks hosil bo‘lishi mumkin, bu esa tezda is­siqlik almashtirgichni to‘ldirib jarayonni to‘xtatishgacha olib kelishi mumkin. So‘ng isitilgan mahsulot reaktsiya boradigan bo‘limga olib kelinadi va katta bosimda (10 atm.) ushlanadi bu esa uni kokslashga emas balki krekinglashga olib keladi.

Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling