Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi quvvati 75000 t/s bo‘lgan 21-10/600 uskunasida koks ishlab chiqarish sexini loyihash. Asosiy qurilma rektifikatsion kalonnasi


Download 276 Kb.
bet8/10
Sana22.06.2023
Hajmi276 Kb.
#1650738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xolmatov Qodirjon

9. Asosiy jixozning bayoni
Rektifikatsiya – bug‘ va suyuqliklarni ko‘p martaba kontaktlash yo‘li bilan qaynash harorati turiga bo‘lgan aralashmalarni ajratishga mo‘ljallangan difuziya jarayonidir. Reaktsiya jarayonini olib borish uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak.

  1. 2 ta faza Bug‘ va suyuqlik

  2. Temperatura T bug‘ > T suyuqlik

3.Kontakt qurilmalar turli konstruktsiyadagi tarelkalardan foydalaniladi.
Reaktsiya jarayoni maxsus konstruktsiyadagi kolonalarda olib boriladi.
Trubali pechda qizdirilgan neft 3500 temperaturada bug‘ suyuqlik xolatda rektifikatsiya kolonasining o‘rta qismiga tushadi. Bunda bug‘ faza yuqoriga suyuq faza esa pastga tomon harakatlanadi.
Bug‘ faza har bir tarelkada o‘ziga qarshi oqim bilan harakatlanayotgan suyuq faza-flegma bilan kontaktlashadi (yuqorigi tarelkadan mahsulotni bug‘ xolda chiqarib olib uni sovutkichda sovutib olib, kondentsatlanib olingan fraktsiyaning ma’lum qismi kolonnaga qaytariladi. Buni flegma deyiladi.
Bunda suyuqlikdan past temperaturada qaynaydigan fraktsiya bug‘lanib bug‘ fazaga o‘tadi. Bug‘dan esa yuqori temperaturada qaynaydigan fraktsiya kondensatlanib suyuq fazaga o‘tadi. Shunday qilib har bir tarelkada bug‘ faza past temperaturada qaynaydigan fraktsiya bilan to‘yinishi suyuq fazani esa yuqori temperaturada qaynaydigan fraktsiya bilan to‘yinishi yuzaga keladi. Suyuq faza kolonnaning pastki qismiga oqib u yerda to‘planadi. Mazut bilan tiniq fraktsiyalarning ketib qolishini oldini olish uchun kolonnaning pastki qismiga suv bug‘lari beriladi.
Flegmaning vazifasi - Toza xoldagi distilliyatlarga ajralmagan fraktsiyani qaytadan ajratish uchun kolonnaga qaytarilgan suyuqlik.
Sovuq sug‘orish (orosheniya) – Kolonna xaroratini boshqarish maqsadida kolonnaga beriladigan fraktsiya (suyuqlik).
10. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish.
Hozirgi kunda barcha ishlab chiqarish birlashmalarining katta quvvatga ega bo‘lgan liniyalarini avtomatik ravishda masofadan turib boshqarishni talab etmoqda.
Ko‘p yillik tajribalar shuni ko‘rsatadaki, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarni (A. B. T.) sanoat korxonalariga joriy etish ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdrini 5 – 7 % oshirish, zahira xom – ashyo miqdorini 20 – 25% qisqartirish, mablag‘lar almashuvini 16 – 18% ga kamaytirishni imkonini berdi.
Ishlab chiqarish korxonalarida avtomatlashtirilmagan boshqarish sistemalarining yaratishdan ishlab chiqarish birlashmalariga joriy etishdan asosiy maqsad iqtisodiy masalalarini o‘z ichiga olgan ma’muriy boshqarish sistemasini ko‘pgina emas, balki korxona ishini optimal rejalashtirish va operativ boshqarish texnologik qurilmani ish rejimlarini optimallashtirish, shuning kimyoviy texnologik jarayonlarni fazoviy o‘zgarishlarini (bosim, harorat, sarf, sath va boshqalar) rostlash kabi muammolarni yig‘indisini hal etishdir.
Avtomatik – texnologik jarayonlarni, odamning bevosita ishtirokisiz boshqarishda nazorat – o‘lcha asboblari, rostlagichlar va boshqa qurilmalrni qo‘llashdir.
Ishchilarning texnologik jarayonida ishtirok etish darajasiga ko‘ra avtomatlashtirish quyidagi turlarga bo‘linadi:
Avtomatik nazorat – texnologik jarayonlarning hozirgi holati haqida operativ ma’lumot olish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo‘l’gan sharoitni ta’minlaydi.
Avtomatik rostlash - texnologik jarayonning berilgan parametrlari avtomatik rostlagichlar yordamida saqlanadi. Bundan operatorlar avtomatik rostlash sistemasi (A. R. S.) ning to‘g‘ri ishlashini kuzatib turadi.
Avtomatik boshqarish – texnologik jarayonlarni berilagn ketma – ketlikda avtomatik ravishda amalga oshirish hamda boshqarish obektiga ma’lum ketma – ketlikda ta’sir ko‘rsatishdir. Shu nuqtai nazardan ham olib qaralsa, avtomatlashtirish hozirgi davrning yutuqlari hisoblanadi.
21-10/600 - qurilmasida texnologik jarayon quyidagich avtomatlashtirilgan:
K-1 kolonnasidagi yuqori va pastki qism harorati TIR-1 va TIR-3 orqali o‘lchab boriladi.
P-2 kolonnasidagi yuqori va pastki qism harorati TIRC-4 va TIRC-8 lar orqli nazorat qilinadi va P-3/1,2,3 dagi bug‘ sarfi orqali sozlanadi. Sath LT-5 orqali o‘lchanib NS-5 klapanidan avtomatik ravishda sozlanadi. Bosim esa PIRC-9 da o‘lchanib NS-9 da chiqayotgan bug‘ sarfini boshqarish orqali avtomatik sozlanadi.
Kalonnalardagi bosim PIRC-13,14,15 orqali o‘lchanib NS-13,14,15 dan chiqayotgan bug‘ sarfini boshqarish orqali sozlanadi.
Ye-2 dagi bosim PYe-12 orqali nazorat qilinadi. E-1 dagi sath LIRC-15 orqali o‘lchanib NS-15 dan chiqayotgan benzin sarfini boshqarish orqali avtomatik sozlanadi. P-4 dagi sath LT-11 orqali, bosim esa PYe-10 orqali nazorat qilib turiladi.
Xulosa qilib aytganda hozirgi kunda avtomatlashtirish texnalogiyani ajralmas qismiga aylangan. Chunki jarayonlarni avtomatlashtirish ishchi kuchi resurslarini tejashga, jarayonlarni xafsiz olib borilishiga maxsulot sifatini yaxshilanishiga va energiya resurslarini tejashga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli jarayonlarni avtomatlashtiruvi yildan yilga rivojlonib bormoqda. O’ylaymanki kelajakda ko‘plab ishlab chiqarish soxalarida, shuningdek neftni qayta ishlash soxasida ham jarayonlar ham to‘la avtomatlashtiriladi.

Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling