Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi quvvati 75000 t/s bo‘lgan 21-10/600 uskunasida koks ishlab chiqarish sexini loyihash. Asosiy qurilma rektifikatsion kalonnasi
Download 276 Kb.
|
Xolmatov Qodirjon
5.Texnologik sxema bayoni
Quvvati 75 t/yil bo‘lgan neftni qayta ishlash zavodidagi koks ishlab chiqarish uchun xom – ashyo oraliq parkdan H-1 yoki H-2 nasoslar yordamida qurilma to‘liq ishlamaganda (yangi ishga tushirishda) H-1a yoki H-2 ga bug‘ porshenli nasoslar yordamida 2ta oqim bo‘ylab, T-1 (1 3), T-1a (1 3), issiqlik almashtirgichlarda K-1 kalonnaning aylanma sug‘orish (yuvish) maxsuloti issiqligi xisobiga 190 oC xaroratgacha qizdiriladi. So‘ngra P-1 yoki pechning ilonsimon trubalarida 360-400oC gacha qizdiriladi va K-1 kolonnaning yuqorigi kaskad tarelkasiga beriladi. Kolonnada yuqoridan pastga P-1; P-2 kamerasidagi kokslashning gaz va bug‘ xoldagi kokslash maxsulotlari P-1, P-2, (P-3, P-4) kameralardan K-1 kolonnaning kaskad tarelkalarining pastki qismiga 425oC xaroratda beriladi. U yerda xom –ashyoni 400oC xaroratgacha qizdiriladi. Kokslash maxsuloti tarkibidagi yuqori xaroratda qaynovchi uglevodorodlar xom-ashyo bilan qayta ishlanib, kondensatlanadi xamda xom – ashyo bilan birgalikda kokslashga yuboriladi. K-1 kolonnaning pastki qismidan xom-ashyo, u bilan aylanuvchi kokslash maxsuloti 400oC xaroratda H-3, H-3a, H-3b, H-6 nasoslarning bittasiga tushadi. Agar qurilmaning ish unumdorligi katta bo‘lsa, 2 ta nasos ishlashi mumkin. Bu nasoslar ikkilamchi xom – ashyolarni P-2, P-3 trubali pechlarda xaydaydi. U yerda ikkilamchi xom – ashyo 500oC xaroratgacha qizdiriladi va P-2 pechdan P-1, P-2 kameraga, P-3 dan P-3, P-4 kameralarning birortasiga yuboriladi. Issiq ikkilamchi xom – ashyoni bir kameradan ikkinchisiga o‘tishi to‘rt yo‘lli kran orqali amalga oshiriladi. Koks kameralariga maxsulotning tushishi kameraning pastki qismidagi shtuster orqali amalga oshiriladi. Kokslashda hosil bo‘lgan koks kameradan chiqarib olinadi. Neft maxsulotlari bug‘lari K-1 kalonnaning pastki tarelkasi tagiga rektifikasiyalash uchun beriladi. Kokslash reaksiyasini to‘xtatish, kollektorini kokslanishini oldini olish uchun reaktorning shlem trubalariga 180-350oC li engil gazoyl fraksiyasi yoki 150oC dan yuqorigi og‘ir koks gazoyli 80oC xaroratda beriladi. Koks chiqarib olingan kamerani qizdirish uchun kameraga suv bug‘i beriladi. Bunda bir vaqtning o‘zida kamera 90-100oC gacha qiziydi. Hosil bo‘lgan suv – kondensati tashlab yuboriladi. Kamerani keyingi 360oC gacha qizdirish ishlayotgan kameradan 40 - 45 metr/sekund tezlikda kokslash maxsuloti bilan amalga oshiriladi. Bu maxsulot qizdirilayotgan reaktorda yuqoridan pastga F-1 (F-2, F-3) filtrlar orqali dastlab e-8, so‘ngra K-1 orqali 7 soat davomida beriladi. Tayyorlanadigan kamera qizdirilganda, kamera koksga to‘lganidan keyin kamerani ikkinchisi ulanadi va xom - ashyo oqimi qizdirilgan koks kamerasiga yuboriladi. Koksni chiqarib yuborishdan oldin kamerani sovutish 3-3,5 soat davomida K-1 kallonnadan to‘yingan bug‘ni berish bilan amalga oshiriladi. Buning uchun kamera koksga shimiladigan neft gazlari, bug‘lardan bo‘shatiladi. Kamerani keyinchalik sovutish 2-3 soat davomida e-9 dagi suv bug‘lari bilan amalga oshiriladi. X-7 sovutgichda bug‘larni 250oC gacha sovutish og‘ir maxsulotni kondensatlash uchun xamda uni e-8 xajmdan H-8 nasos yordamida qurilmadan chiqarib olish uchun amalga oshiriladi. Shunday qilib, bug‘larni e-9 skruberga va keyinchalik kanalizasiyaga tushib qolish oldi olinadi. Reaktorlardagi koksni sovutish uchun suv e-14 xajmdan H-14, H-14a nasoslar yordamida beriladi. Dastlab suv issiq koks bilan to‘qnashganda to‘lig‘icha bug‘lanadi. Lekin sekin-asta kameradagi koks sovib borishi natijasida suv kamerani to‘ldiradi. Kameradan koksni chiqarib olishdan oldin suv yig‘gichga yuboriladi, undan e-9 skruberga tushadi. Kameralardan koksni chiqarib olish gidrorezak yordamida amalga oshiriladi. Gidrorezak kesimi qurilmasiga suv H-20, H-20 A nasoslar yordamida e-14 xajmda xaydaladi. Koks mayda bo‘laklari bo‘lgan suv metall yig‘gichda to‘planadi, undan filtrlovchi tindirgichga yuboriladi. U yerda suv koks bo‘laklaridan tozalanadi. Filtrlangan suv o‘z oqimi bo‘ylab, e-14 xajmga tushadi va qayta ishlatiladi. Tindirilgan va filtrlangan koks bunkerda to‘planadi. Gidro kesimdan keyingi suv kanalizasiyaga tashlab yuboriladi. K-1 kalonnaning yuqorigi qismidan benzin, gaz, suv bug‘lari KX-1 xavo bilan sovutgich apparatida, suvli sovutgich X-1 orqali e-1 gaz ajratgichga yuboriladi. U yerda 40oC xaroratda gaz, benzin va suvga ajratiladi. E-1 ning pastki qismidan suv e-2 xajmga yuboriladi. E-1 yuqori qismidan gaz e-25 separatorga va P-1,2,3 larga boradi. K-1 kallonnaning pastki qizdirgich qismiga bug‘ xolidagi kokslash maxsuloti S ko‘rinishdagi va klapanli tarelkalar bilan jixozlangan yuqorigi qismiga beriladi. Kalonnaning pastki qismi 8 ta kaskadli tarelka bilan jixozlangan. K-1 kolonnaning 5 ta tarelkasidan 350oC dan yuqori xaroratli fraksiya 6 ta S-ko‘rinishdagi tarelkasi bilan jixozlangan K-3 bug‘latish kolonnasiga beriladi. 14, 16 va 18 tarelkasidan 180-350oC li fraksiya 6ta klapan tarelkali K-2 kalonnaga beriladi. K-2 va K-3 kalonnalar bir-biriga o‘rnatilgan bo‘ladi. Past xaroratda qaynovchi komponentlar fraksiyalardan to‘yingan (ishqorli) bug‘ yordamida ajratiladi. K-1 kalonnadan ortiqcha issiqlik oraliq aylanma sug‘orish yordamida chiqarib olinadi. Aylanma sug‘orish K-1 kalonnadan H-7 (H-7a) nasoslari yordamida olinib, oqim bo‘ylab, T-1, (T-1a) issiqlik almashtirgichlarga beriladi. U yerda xom - ashyo oqimga o‘z issiqligini beradi, so‘ngra X-8 xavo bilan sovutgichda sovutiladi va 100oC xarorat orqali K-1 kolonnaga qaytariladi. K-2 bug‘latish kalonnasining pastki qismidan 180-350oC li fraksiyali engil gazoyl H-4 (H-4a) nasoslar yordamida X-4 xavo bilan sovutish apparatida va X-5 sovutgichda sovutilib, 60 oC xaroratda qurilmadan chiqarib olinadi. Og‘ir gazoyl 350oC li fraksiya K-3 kalonnadan H-5(H-5a) nasoslar yordamida chiqarib olinadi, X-6 xavo bilan sovutgichda sovutiladi va X-9 da 90oC xaroratda qurilmadan chiqarib olinadi. Ye-1 separatordan barqaror bo‘lmagan benzin H-9 (H-9a) nasoslar yordamida K-1 kalonnaga kuchli, o‘tkir sug‘orish – yuvish uchun yuboriladi. Uning qolgan qismi X-2 va X-3 da sovutilib 40oC da qurilmadan chiqarib yuboriladi. Qurilmada ikkita kanalizasiya mavjud: 1). Sulfidli – ishqorli. 2). Ishlab chiqarishdagi chiqindi suvlar. Ishlab chiqarish chiqindi suvlari nasoslar salniklarini sovutishda texnologik jixozlarni yuvish, purkashda hosil bo‘ladi. Ishlab chiqarish chiqindi suvlari tarkibida neft maxsulotlari 500 mg/l. gacha bo‘ladi. Yomg‘ir suvlari ishlab chiqarish kanalizasiya suvlariga neft maxsulotlarini tashlab yuborish mumkin bo‘lgan xududdan chiqarib yuboriladi. Sulfidli - ishqorli kanalizasiyaga e-15, e-16 va e-17 apparatlarni ta’mirlashdan oldin suv bilan yuvishdan chiqqan xamda benzinni ishqordan chiqarib yuborilayotgan tashlamalar tashlanadi. Koksni gidrokesimdagi suv koks bo‘lakchalaridan o‘z joyida tozalanadi va kanalizasiyaga tashlanmay gidrokesimga qaytariladi Download 276 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling