Mavzu: Bug‘ bilan ishlov berish yordamida sulfidli oltin boyitmasini oltingugurt va margimushdan tozalash kо‘rsatkichlari
Download 0.86 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv bug‘i bilan ishlov berilgan boyitmalarning termogrammalari (700 0 C)
- Boyitmaga suv bug‘i bilan ishlov berish termogrammasi
- 4.7-rasm. Suv bug‘i bilan ishlov berilgan boyitmalarning termogrammasi
Suv bug‘i bilan ishlov berilgan boyitmalarning termogrammalari (7000C) a) Kokpatas; b) Daugiztau; v) Angren; g) Angren gravikonsentrati. Kokpatas koni flotoboyitmasiga suv bug‘i bilan ishlov berilganda (m=100g; t=600-7000C; τ=1 soat) boyitmaning massasi 23,1% ga kamaygan, sovitgichda ushlab olingan uchirmaning (vozgonni) massasi 19,1 % ni (k-t massasidan) tashkil etgan. Boyitmaga suv bug‘i bilan ishlov berish termogrammasi a) Kadamjay; b) Tereksay; v) Piritli. Suv bug‘i bilan ishlov berilib, olingan kuyindi sinillanganda 17-jadvalda keltirilgan kо‘rsatkichlar olindi. Sinillash kо‘rsatkichlari boyitmalarga suv bug‘i bilan ishlov berish sharoitiga bog‘liqligini kо‘ramiz. Masalan Kо‘kpatas boyitmasini 7000C da kuydirib sinillaganda eritmaga 79,5% oltin о‘tadi, 450-5000C da kuydirganda esa oltinning eritmaga о‘tish darajasi 87,6-90,8 % ga kо‘tariladi. Oldindan kutilganidek, kuydirilgan surma boyitmalari sinillanganda oltinning eritmaga о‘tish darajasi juda past (15-50%). Bu qonuniyatni boshqa boyitmalarda ham kо‘rish mumkin. Bunga sabab surmali boyitmalarga 3500C da bug‘ bilan ishlov berilgan bо‘lib, Sb2S3 →Sb2O3 о‘tadi. Surma oksidi esa eritmadagi ishqor bilan reaksiyaga kirishib, oltinning eritmaga о‘tishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Bunday materiallardan oldin surmani ajratib olish kerakligi kо‘rinib turibdi. 4.7-rasm. Suv bug‘i bilan ishlov berilgan boyitmalarning termogrammasi a) Oqtepa b) Tetrayedritli flotoboyitma v) Yonuvchi slans Shuning uchun 3500C da kuydirilgan boyitmalarni glitserin-ishqorli eritmada tanlab eritib (glitserin-200 g/l, NaOH-200 g/l, harorat 950 C, 1- soat), sо‘ng qoldiq sinillash jarayoniga yuborildi. Tajriba natijalari (4.5- jadval) juda yuqori. Oltin va kumushning eritmaga о‘tish darajasi 93-97 % gacha. 17-jadvalda murakkab tarkibli boyitmaga suv bug‘i bilan ishlov berib, oltinga kuyindini va ishlov berilmagan boyitmalar sinillangandagi oltin va kumushning eritmaga о‘tish darajasi keltirilgan. Bundan kо‘rinib turibdiki, sulfid-margimush-surmali oltin boyitmalariga suv bug‘i bilan ishlov berish (termoparoobrabotka) juda katta samara beradi. Tadqiqot natijalariga asoslanib, sulfidli oltin rudalardan oltin va kumushni ajratib olish texnologiyasi taklif etildi (4.8-rasm). Bu texnologiya bо‘yicha ruda flotatsiya usulida boyitilib, boyitma olinadi. Olingan boyitma suv bug‘i bilan ishlov berilgandan sо‘ng sinillash jarayoniga yuboriladi. Surmali boyitma bо‘lsa, oldin glitserinli-ishqoriy tanlab eritishga, sо‘ngra qoldiq sinillashga yuboriladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling