Mavzu: Bug‘ bilan ishlov berish yordamida sulfidli oltin boyitmasini oltingugurt va margimushdan tozalash kо‘rsatkichlari
Mavzu: Murakkab oltin tarkibli rudalarni xorijiy davlat zavodlaridagi qayta ishlash texnologiyalari
Download 0.86 Mb.
|
Mavzu: Murakkab oltin tarkibli rudalarni xorijiy davlat zavodlaridagi qayta ishlash texnologiyalari.
Oltin о‘ta kamyob unsur, uning yer qobig‘idagi о‘rtacha miqdori (klarki) 5÷10-7 % yoki 5 mg/t. Kumush esa oltinga nisbatan 20 marta kо‘proq. Oltinning mutloq miqdori dengiz suvlarida kо‘p. Ammo uning dengiz suvlaridagi konsentratsiyasi juda kichik, 10-3 mg/m3 bо‘lganligi sababli bu suvlardan oltinni ajratib olish hozircha iqtisodiy samara bermaydi. Oltinning tug‘ma konlari gidrotermal konlarga mansub bо‘lib, ularning hosil bо‘lishi qо‘yidagicha izohlanadi: yer qa’rida hosil bо‘lgan magma katta bosim ostida bо‘lganligi sababli yer yuziga qarab harakatlanadi va uning harorati pasayib boradi. Magma-chо‘g‘simon suyuq modda bо‘lib, uning tarkibi asosan slikatdan va uchuvchan moddalarning tо‘yingan eritmasidan (suv, kо‘mir kislotasi, serovodorod va boshqalar) iborat. Magmaning harorati pasayib borgan sari undan asta-sekin tartib bilan tog‘ jinslarini hosil qiluvchi slikatlar (olivin, piroksen, dala shpatlari, kvars va boshqalar) ajralib, durlana boshlaydi. Harorat gacha pasayganda oxirgi slikat ajralib bо‘ladi. Bu vaqtda qoldiq eritma uchuvchan moddalarga о‘ta tо‘yingan bо‘lib, undan gazlar ajralib chiqa boshlaydi. Bu jarayon davomida shunday sharoit yuzaga keladiki, eritmadan uchuvchan moddalar bilan birga oltinga о‘xshash unsurlar ham ajralib chiqadi. Bu gazlar yerning yoriqlarida va g‘ovaklarida harakat qiladi va sovib gidrotermal eritma hosil qiladi. Suv yer osti gidrotermal eritmalarda quyuq bug‘ holda bо‘ladi. Harorat 3740C dan past bо‘lganda va yuqori bosimda bug‘ suv holatiga о‘tadi. Bu suv juda kо‘p moddalarni, jumladan, oltinni о‘zida eritish qobiliyatiga ega. Yoriqlar orqali harakatlanayotgan eritma bosim past bо‘lgan joylarga yetib kelganda undan oltin va boshqa moddalar durlanib, qattiq holga о‘tadi. Ular yoriq va g‘ovaklarni tо‘ldiradi. Agar gidrotermal eritma oldin hosil bо‘lgan kvars durlarining yoriqlari va g‘ovaklarida harakatlanib о‘zidan oltinni ajratgan va hosil qilgan bо‘lsa, bunday konlar kvarsli konlar deb ataladi. Bunda oltin kvarsga yopishgan va uning g‘ovaklarini tо‘ldirgan bо‘ladi. Agar eritma sulfidlarining g‘ovaklarida harakatlanib kon hosil qilinsa, bunday konlar sulfidli konlar deb ataladi va hokazo. Konni tashkil qiluvchi tog‘ jinslarining tarkibiga qarab, rudalar kvarsli, kvarssulfidli va sulfidli oltin rudasi deb nomlanadi. Kо‘pincha keyingilari rangli metallarning rudalari hisoblanadi. Oltin zarrachalarining о‘lchamlari durlanish sharoitiga bog‘liq bо‘ladi. Oltin rudalarda dispers, mayda va yirik holda bо‘lishi mumkin. Agar durlanish о‘ta sekin (harorat va bosim juda sekin kamaygan bо‘lsa) о‘tgan bо‘lsa, yirik oltin hosil bо‘ladi. Tug‘ma konlar hosil bо‘lgandan sо‘ng ularning yer yuzasiga yaqin joylashgan qismlari kunlik va yillik haroratning о‘zgarib turishi, yer ustki va yer osti suvlarining ta’siri ostida yemiriladi. Yemirilish mikroorganizmlar yordamida, shamol va boshqa omillar ta’sirida yuz berishi mumkin. Yemirilish faqat mexanik ta’sir bilan boradi. Bunda kimyoviy о‘zgarish ham sodir bо‘lishi mumkin (sulfidlarning oksidlanishi). Parchalangan tog‘ jinslari yomg‘ir, qor suvlaridan tashkil topgan jilg‘a, soy, daryolar oqimi bilan pastqam joylarga oqib keladi va sochma kon hosil qiladi. Bu vaqtda tog‘ jinslari о‘lchamiga va zichligiga qarab tabiiy saralanadi. Og‘ir moddalar tug‘ma konlarga yaqin joylarda, yengillari esa undan uzoqroqda joylashadi. Sochma konning tug‘ma konga yaqin yoki uzoqroqda joylashishi joyning relyefiga bog‘liq. Oltin konlarining oltinli konglomeratlar deb atalgan uchinchi turi mavjud. U shag‘alga о‘xshagan, kvars, oltin va boshqa moddalardan tashkil topgan bо‘lib, о‘ta qattiq donachalardan iborat. Fanda konglomeratlarning kelib chiqishi hozirgi vaqtgacha bahsli. Bu turdagi konlarga Janubiy Afrika Respublikasining Vitvatersrand koni misol bо‘ladi. Ushbu konning rudasida oltinning miqdori 10-30 g/t, uran - 0,024-0,03 %, donachalarining о‘lchami -5-50 mm; oltinning kattaligi 0,1 mm. Kon maydonining kengligi 25-50 km. Ba’zi joylarda 100 kilometrgacha chо‘zilgan. О‘zbekistonda 600 ga yaqin oltin konlari, kichik konlar va kon bо‘lish ehtimoli bor maydonlar ma’lum. Ulardan 144 tasi Respublika davlat kadastrida hisobga olingan: Muruntau, Kokpatas, Daugiztau, Qoraqо‘ton, Zarmetan, Marjonbuloq, Kо‘chbuloq, Qizilolmasoy, Kauldi, Pirmurob, Guzaksoy va boshqalar ishga tushirilgan, 15 tasi qidirilib bо‘lingan, 16 tasida qidiruv-tekshiruv ishlari davom etmoqda. Asosiy ahamiyatga molik konlar tug‘ma konlardir. Ular Respublikamizning uchta geologik-iqtisodiy mintaqasida (GIM) joylashgan: 1. Qizilqum GIM (Muruntog‘, Kо‘kpatas, Myutenboy, Triada, Balpantog‘, Omontoytog‘, Ajibugut, Turboy, Oltintog‘, Aytim va boshqalar). 2. Nurota-Samarqand GIM (Zarmetan, Gujimsoy, Sarmich, Biran, Marjonbuloq, Oltinqozgan va boshqalar). 3. Toshkent oldi GIM (Kо‘chbuloq, Qayrag‘ach, Kizilolmasoy, Oqturpoq, Kauldi, Pirmurob, Guzaksoy, Lashkarek, Sartabutkon, Oqtepa va boshqalar). 1.6 jadvalda О‘zbekistondagi ba’zi bir oltin konlari rudalarning kimyoviy tarkibi berilgan. 6- jadvalda esa kon bо‘lish ehtimoli bо‘lgan maydonlardagi rudalarning kimyoviy tarkibi keltirilgan. Bu jadvaldan kо‘rinib turibdiki, О‘zbekiston oltin konlari rudalari kо‘p metalli, murakkab tarkibli rudalarga kiradi. Oltin konlari zahirasiga, rudadagi oltin miqdoriga, rudadan oltinni ajratib olgan darajasiga, ishlab chiqarish hajmiga, oltin qaysi minerallar bilan bog‘langanligi va tannarxiga qarab toifalarga bо‘linadi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling