Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S
Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Marketing
5.4. Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish Marketingni tashkil etish - marketing xizmatini boshqaradigan idoralarning tashkiliy ko‘rinishi bo‘lib, u yoki bu topshiriqni bajarish uchun bo‘ysunish va javobgarlikni belgilaydi. Marketingni tashkil qilish - korxonada bir necha yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin: 1. Funksional-bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta’minot va tovar harakatini tashkil qilish doiralariga tushadi. 2. Tovarlar tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillarga, yana bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qo‘shiladi. 3. Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillariga, yana bir qo‘shimcha, ya’ni hudud bozorlari va iste’molchilar turi bo‘yicha boshqaruvchilar qo‘shiladi. Funksional tashkil etishning yutuqlari, bo‘linmalarning boshqarishdagi soddalik, bajariladigan funksiyalarga yuqori javobgarlikdan iboratdir. Lekin bu tuzilishning qator kamchiliklari ham mavjud: ➢ tovarlar bo‘yicha maxsus bo‘limlarning yo‘qligi; ➢ bozorning hududiy segmentlari bo‘yicha maxsus bo‘limlarning yo‘qligi; ➢ bozor talablarining o‘zgarishi va iste’molchilar talabiga operativ reaksiyaning sustligi; ➢ marketing tashkilotlari tadbirlarning moliyalashtirish masalalarini hal etishning qiyinlashganligi. Tovar tamoyili bo‘yicha tashkil etish tovarlar va ular guruhlari bo‘yicha bo‘limlar tashkil etishni talab etadi. Unda tovar bo‘limlari bo‘yicha mustaqil qaror qabul qiladi. Marketing xizmatining tashkiliy tuzilishi bu kabi bo‘lgan shakl, avvalo ishlab chiqaradigan tovarlar assortimenti katta bo‘lgan firmalarga to‘g‘ri keladi. 91 Tovar tamoyili bo‘yicha tashkil etish shakli ham, shuningdek kamchiliklarga ega. Boshqarishning bu kabi tizimi marketing faoliyatining o‘ziga xos tomonlarini doim ham e’tiborga olmaydi. Tovarlar bo‘yicha guruhlar ishchilari o‘z majburiyatlarini samarali bajarish uchun etarlicha huquqlarga ega emas, boshqaruv apparatida katta sonli guruh va guruhchalar paydo bo‘lishi bilan ularni ushlab turish katta xarajatlar talab qiladi. Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etishda deyarli barcha korxonalar o‘z tovarini xarakteri jihatidan turlicha bo‘lgan bozorlarda sotadi. Turli bozorlarning sotib olish xususiyatlari yoki turli tovar ustunliklariga ega bo‘lgan hollardagina bozor tamoyiliga ko‘ra tashkil etish maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun marketing xizmati bo‘limlari asosiy bozorlarga qarab tuziladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling