Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Marketing
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing korxonaning bozorda (iste’molchiga) yo‘naltirilgan strategik boshqaruvi sifatida
5.1-rasm. Marketingning asosiy modellari turlari (qo‘llanilish sohasi bo‘yicha) Iste’mol tovarlari xizmati marketingi ishlab chiqaruvchi bilan iste’mol o‘rtasida bevosita aloqaning mavjudligi bilan ajralib turadi. Xizmatlarning ko‘pchilik qismi kompleks xarakterga ega. Masalan, mehmonxonalar, jamoat ovqat joylari, ekskursion xizmat, yodgorlik mollari sotish va xakozolar paydo bo‘lishi yalpi turistik mahsulot tushunchasi bilan bevosita bog‘liqdir. SHu sababli xizmat ko‘rsatish sohasida marketing juda katta yo‘nalishga ega. 5.2. Marketingni asosiy turlari Marketingning tarkibiy tuzilishi haqida fikr yuritilganda, uning tarkibida mikromarketing, mikromarketing turlari mavjudligini alohida ta’kidlash zarur. Bu tushunchalarni fanga birinchi marta F.Kotler 1972 yilda kiritgan va ularni xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar bilan bir qatorda foyda olish Marketing korxonaning bozorda (iste’molchiga) yo‘naltirilgan strategik boshqaruvi sifatida Xalqaro marketing Ichki milliy marketing Iste’mol tovarlari marketingi Ishlab chiqarish vositalari marketingi Xizmatlar marketingi Ishlab chiqarish xizmatlari Iste’mol xizmatlari 80 bilan bog‘liq bo‘lmagan madaniyat, ijtimoiy, siyosiy va shunga o‘xshash tashkilotlarga nisbatan ham qo‘lladi. Mikromarketing - korxonaning ishlab chiqarishni shakllantirish, tovarlar va xizmatlarning tayyorlovchidan iste’molchi yoki foydalanuvchiga borish oqimini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir. Uning asosiy vazifasi talabni qondirish va ayni paytda korxona oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishishdir. Boshqacha aytganda, bu ijtimoiy iqtisodiy jarayon bo‘lib, mahsulot yoki xizmatlarga bo‘lajak talab tarkibini o‘rganish, shuningdek bu talabni, taklifni shakllantirish iste’molchiga axborot berish yo‘llari bilan qondirish maqsadini ko‘zlaydi. Shunday qilib, mikromarketing korxona darajasidagi bozor faoliyatidan iboratdir. Makromarketing faoliyati korxona darajasidan chetga chiqadi va turli birlashmalar, konsepsiyalar, uyushmalar va umuman tarmoq darajasida amalga oshiriladi. Yanada kengroq ma’noda, makromarketing tushunchasi mamlakatning jami xo‘jaligi miqyosida mahsulotlarni yaratish va uning pirovard iste’molchisi tomon ko‘chish harakati hayotiy jarayonda qatnashadigan faoliyati va muassasalarni birlashtiradigan tizimdir. Bu tizim barcha ishlab chiqarish savdo, transport, reklama axborot va boshqa marketing vazifalarini bajaradigan korxona va xizmatlarni qamrab oladi. Makromarketingning vazifasi-butun mamlakat bo‘yicha moddiy boyliklar va xizmatlar oqimini boshqarishni tartibga solishdan iborat. Turli darajadagi boshqarish vositalari va usullari o‘zaro farq qilinadi. Korxona darajasida asosan marketing-miks vositalaridan foydalaniladi. Undan yuqoriroq darajalarda investitsiya siyosati narxlarni boshqarish, ilmiy tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlari va shunga o‘xshash faoliyat ko‘rsatadi. Marketingni qo‘llash sohalari va ob’ektlariga muvofiq quyidagi holatlarga ko‘ra guruhlash mumkin: ➢ ichki marketing; ➢ tovarlar bo‘yicha marketing; 81 ➢ eksport marketingi; ➢ import marketingi; ➢ ilmiy texnik marketing; ➢ to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘ (investitsiya) kiritish marketingi; ➢ xalqaro marketing; ➢ notijorat faoliyati sohasidagi marketing; ➢ ijtimoiy g‘oyalar marketingi; Ichki marketing qoidaga ko‘ra, bir tomon doirasida tovar va xizmatlarni sotish masalalari bilan bog‘liq. Amalda barcha korxonalar avval ichki bozorga keladi, yuqori natijalarga erishgandan keyin esa, ya’ni raqobatbardosh mahsulotlarini yaratgandan keyin tashqi bozorga chiqadi. Tovarlar va xizmatlar marketingi (tovarlar bo‘yicha marketing) samarali sotishni tadqiq qilish va tovarlar va xizmatlar turlari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatining foydaliligini ta’minlashni ko‘zda tutadi. Masalan, xorijda sanoat tovarlari marketingi, iste’mol tovarlari va xizmatlar marketingi ishlab chiqilgan. Eksport marketingi yangi xorijiy sotish bozorlarini tadqiq qilish, firma mahsulotlarini sotish uchun xorijiy sotish xizmatlarini tashkil qilishni ko‘zda tutadi. Import marketingi yuqori samarali xaridorlarni ta’minlash uchun bozor tadqiqotlarining alohida shakllarini ko‘zda tutadi. Ilmiy-texnik marketing xaridning ilmiy-texnik faoliyat natijalari: patentlar va litsenziyalarni sotish va xarid qilish qismidagi marketing tadqiqotlari, fan-texnika taraqqiyoti yo‘nalishlarini o‘rganish, tegishli tomonlar patent huquqlari masalalari va boshqalar bilan bog‘liq. To‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing kiritish marketingi o‘z ichiga xorijiy faoliyatni tadqiq qilish, yangi korxona ishining imkoniyatlari (biznes-reja turlari), uning sotish faoliyatini chuqur va har taraflama tahlil qilishni, hamda kompaniya manfaatlari va korxona qurilgan mamlakat qonunini hisobga olgan holda tashqi bozorda sotish tadqiqotlarini o‘z ichiga oladi. Xalqaro marketing, tashqi iqtisodiyot, tashqi savdo marketingi deb ham ataydilar, mahsulotni xorijda qurilgan milliy korxonalarda sotishni ko‘zda tutadi. U 82 ishlab chiqarish, sotish vazifalarining juda kattaligi bilan farqlanadi, asosan ko‘p sonli mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi transmilliy kompaniyalarga javob beradi. Notijorat faoliyati sohasidagi marketing asosan, alohida tashkilot yoki alohida shaxsga nisbatan jamoaning ijobiy fikrini yaratish masalalari bilan bog‘liq. Ijtimoiy marketingni qo‘llashning eng muhim sohasi rivojlanadigan mamlakatlarda oilani rejalashtirish, kariyalar va kasallarga e’tiborni jalb qilish, ayrim ijtimoiy zaruriyatlarga xayriya qilishga tayyorlikni rivojlantirishdan iborat. Bundan tashqari bugungi kunda marketingning ayrim turlari haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling