71
belgilariga ko‘ra farqlanadi. Bu xususda iqtisodiy statistikaga oid darsliklar va o‘quv
qo‘llanmalarida etarli ma’lumotlar berilgan.
3.4-rasm. Marketing axborotlarini to‘plash uslublari
Kuzatish asosida o‘rganilayotgan ob’ekt yoki jarayonga xos bo‘lgan axborotni
yoppasiga yoki tanlama shaklda olish mumkin.
Yoppasiga kuzatish muayyan
majmuaning barcha birliklarini tadqiq qilish asosida amalga oshiriladi. Bunday
kuzatish odatda ko‘p vaqt, mablag‘ talab qiladi va uning
natijalari tarmoqlararo
ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi. Masalan, aholini ro‘yxatga olish, tegishli
hududdagi sanoat va savdo korxonalarini ro‘yxatga olish va h.k.
Tanlama kuzatish esa marketing tadqiqotlarida ko‘proq qo‘llaniladigan uslub
hisoblanadi. U yoppasiga kuzatishdan bir necha xususiyatlariga ko‘ra
farqlanadi va
etarlicha ustunliklarga ega. Ular quyidagilardan iborat.
Birinchidan, tanlama kuzatishda echiladigan ma’lumotlar tez fursatlarda amalga
oshiriladi. Bu esa bozor xususida tezkor axborot yig‘ish va qaror qabul qilish jarayoni
uchun o‘ta muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: