Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S
-rasm. Firmalar faoliyatida marketing axborotini roli
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Marketing
- Bu sahifa navigatsiya:
- MARKETING AXBOROTINI ROLI
- 1. Tashkilot ichki hisoboti tizimi
4.1-rasm. Firmalar faoliyatida marketing axborotini roli
Marketingni axborot manbalari quyidagilardan iborat: yillik statistik ma’lumotlar; korxona (firma) hisobotlari; tadbirkorlar uyushmasi axborotlari; tarmoqlar axborotlari; birja axborotlari; bank axborotlari; ma’lumotlar to‘plamlari; Tashqi sohani kuzatish Raqobatbardoshlikka erishish Strategiyani koordinatsiyalash MARKETING AXBOROTINI ROLI Faoliyatni baholash Boshqaruv qarorlarini qo‘llab-quvvatlash 63 sud qarorlari; korxona ma’lumotlari; e’lonlar, prospektlar, kataloglar; tanlov natijalari; aksiya kurslari jadvallari; axborot-tahliliy byulletenlari; radio hamda televidenie yangiliklari; voqealar sharhlari; iqtisodiyot yangiliklari; maxsus kitob va jurnallar; lug‘atlar, ensiklopediyalar; kundalik gazetalar va hokazolar. Yaxshi axborot marketologga yordam beradi: raqobatda ustunlikka erishish imkonini beradi; xavfni va moliyaviy qaltislikni kamaytiradi; iste’molchilar munosabatini belgilaydi; tashqi muhitni kuzatadi; strategiyani tartibga soladi; faoliyatni baholaydi; reklamaga bo‘lgan ishonchni oshiradi; qaror qabul qilishga yordam beradi; fikrni yaxshilaydi; samaradorlikni yaxshilaydi Axborotni to‘plash va undan foydalanish jihatlariga ko‘ra axborot tizimini to‘rtta quyi tizimga ajratish mumkin. Bular jumlasiga 1)tashkilot ichki hisobot tizimi, 2) marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi, 3) qaror qabul qilishni quvvatlovchi tizim, 4) marketing tadqiqoti tizimi kiradi. Ushbu quyi tizimlarning shakllanishida axborotga bo‘lgan ehtiyoj, zaruriy shakldagi va talabdagi axborotni taqdim etish tartibi va muddati muhim ahamiyat kasb etadi. Ular haqida quyida alohida to‘xtalib o‘tamiz. 1. Tashkilot ichki hisoboti tizimi muayyan firma faoliyatining joriy xarajatlari, sotuv hajmi, ombordagi mahsulot qoldig‘i, mavjud va kelishi kutilayotgan xaridorlar, ta’minlovchilar ko‘lami va boshqa marketing faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan axborotning o‘z vaqtida jamlanishini, qayta ishlashini va undan foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, firma miqyosida ichki hisoboti tizimi quyidagi talablar asosida shakllanadi. Joriy yakunlanayotgan kun so‘ngida firma do‘konidagi savdo zalida har bir tovar guruhi miqyosida qanday zahiralar qoldi, bir kunda sotuv hajmi va qaysi turdagi (assortiment) tovarlar uchun ta’minlovchilarga buyurtma berish kerak va shunga o‘xshash operativ axborot olish zaruriyati paydo bo‘ladi. Bu erda muhim o‘rinni ushbu axborot qay tarzda, qancha vaqt mobaynida yig‘ilishi, umumlashtirilishi egallaydi. Axborot olish tezligi, sifati esa qaror qabul qilishda samarali ahamiyat kasb etadi. Demak, axborotga bo‘lgan ehtiyojni o‘z o‘rnida va aniq belgilash hamda firma faoliyatida undan foydalanish jihatlarini avvalroq belgilab olish lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling