Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/163
Sana23.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1717572
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   163
Bog'liq
Marketing

rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. Potensial talabni real talabga 
aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash kerak, ya’ni 
talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak. Rivojlanuvchi marketing - 
yashirin talabni qamrab oluvchi va uni real talabga aylantiruvchidir. 
Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan hodisa. Bu 
holatda Remarketingdan foydalaniladi. Remarketingning maqsadi talabni tiklash 
zarurligini bildiradi, ya’ni tushib borayotgan talabni jonlantirishdir. 
Talab o‘zgarib turadi, talabni stabillash kerak. Bu holatda sinxromarketing 
turidan foydalaniladi. Sinxromarketing - tebranib turuvchi talabni nisbatan 
barqarorlashtirishga va uni tartibga solishga yordam beradi. Bunday talab mavsumiy 
va boshqa tebranishlar bilan xarakterlanadi. Buning natijasida tovar taklifi talabga 
to‘g‘ri kelmaydi. SHuning uchun sinxromarketingning strategiyasi talab va taklif 
me’yorini tekislashdan iborat. 
Talab firmaning imkoniyatlariga aniq javob beradi, talabning bir tekisda 
bo‘lishiga erishish kerak. Bu sharoitda qo‘llab-quvvatlovchi marketing turidan 
foydalaniladi. Qo‘llab-quvvatlovchi marketing - tovarlar va xizmatlar assortimentini 
to‘ldirish, yangilash va narxlarni pasaytirish orqali mavjud bo‘lgan talab va ehtiyoj 
darajasini saqlab qolishga imkon beradi. 
Talab haddan tashqari yuqori, talabni pasaytirishga erishish lozim. Bu holatda 
demarketing turidan foydalaniladi. Demarketingning maqsadi narxni ko‘tarish, 
servisni qisqartirish yo‘li bilan talabni vaqtinchalik yoki surunkasiga pasaytirishdan 
iborat. 


61 
Nosog‘lom talab sog‘liq uchun zararli bo‘lgan tovarlarga nisbatan paydo 
bo‘ladi. Bunda qarama qarshi harakatlanuvchi marketing noratsional ehtiyojlarni 
qondiruvchi talab va xizmatlarga bo‘lgan talabni kamaytirish yoki butunlay yo‘q 
qilishga xizmat qiladi. Bunga antireklama vositasida erishiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling