Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S
Marketingning asosiy vazifalari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Marketing
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1-rasm. Marketingni vazifalari
3.2. Marketingning asosiy vazifalari
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o‘rganish va prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygandir. Marketingni vazifalari quyidagi 3.1 – rasmda berilgandir. 3.1-rasm. Marketingni vazifalari Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim: • xaridorlar ehtiyojini o‘rganish va aniqlash; • narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; • talab va taklif to‘g‘risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni o‘rganish; MARKETING Mahsulotlarni sotish Mahsulotlarni ishlab chiqarish • Sifat • Xarajatlar • Qo’yiladigan talablar Bozorga ta’sir o‘tkazish choralari • Sotuvni tashkil etish • Savdo • Reklama Bozorni o‘rganish • Talab • Taklif 53 • tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini orttirish; • tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish; • tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish; • to‘ldiruvchi tovarlar va o‘rnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida axborot yig‘ish; • tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir. Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potensial imkoniyatlarini baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiqlashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat. Marketing yoki tadbirkorlik faoliyati aniq natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladi. Marketingni asosiy maqsadlari firmaning asosiy maqsadlari bilan o‘zaro aloqadordir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling