Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


–rasm. Xolistik marketing konsepsiyasining tuzilishi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/163
Sana23.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1717572
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   163
Bog'liq
Marketing

2.5–rasm. Xolistik marketing konsepsiyasining tuzilishi
6
 
Ushbu rasmdan ko‘rinib turibdiki, o‘zaro munosabatlar marketingi – bozorning 
tayanch hamkor kompaniyalari (xaridorlar, ta’minotchilar, distribyutorlar va 
boshqalar) bilan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish 
maqsadidagi amaliyot jarayonidir. O‘zaro munosabatlar marketingi hamkorlar bilan 
tor doiradagi iqtisodiy, texnik va ijtimoiy aloqalarni o‘rnatishga yo‘naltirilgandir. Bu 
hamkor guruhlari bilan zarur bo‘lgan munosabatlarni shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Jami uchta hamkor guruhi: ishchilar, marketing hamkorlari (taqsimot kanallari, 
ta’minotchilar, dilerlar) va moliyaviy hamjamiyatlar (aksionerlar, investorlar
tahlilchilar) mavjud. Bu marketing turida asosiy tamoyil oddiy: bir–biriga qiziquvchi 
tayanch qiziquvchi guruhlarning foydali munosabatlar tizimini yaratish – bu biznes 
muvaffaqiyatini kafolatlaydi.
Munosabatlar 
marketingining 
tarkibiy 
o‘qini «mijoz bilan o‘zaro 
munosabatlarni boshqarish» (yoki Customer Relationship Management) tushunchasi 
ifodalaydi. CRM – axborot texnologiyalaridan faol foydalaniladigan marketing 
strategiyasi bo‘lib, keng ma’lumotlar to‘plami yaratish va qo‘llashni o‘z ichiga oladi 
6
Эргашходжаева Ш.Ж. Холистик маркетинг концепцияси ва уни корхоналар фаолиятига татбиқ этиш. Илмий 
мақола. –Иқтисодиёт ва таълим, 2014. 4-сон. 
Xolistik marketing konsepsiyasi 
Firmaning 
ichki 
marketingi 
Integrasiyalash 
gan marketing 
Ijtimoiy 
javobgar
O’zaro 
munosabatlar 
marketingi 
Top-
menejment 
Boshqa 
bo’limlar 
Marketing 
bo’limi 
Kommunikatsiya 
marketing 
Tovarlar va 
xizmatlar 
Kanallar
Etika
Ekologiya 
Huquq
Jamiyat
Xaridorlar
Kanallar 
Hamkorlar


44 
hamda kompaniyalarga shaxsiy yondoshuvga asoslangan o‘zaro manfaatli 
munosabatlar yaratish maqsadida mijozlar haqida axborot to‘plash va qayta 
ishlashga imkon beradi. CRM yondashuvi ommaviyligining o‘sishi 1990 yillar 
oxirida internet texnologiyalari paydo bo‘lishi bilan ta’minlangan. Xolistik  
marketingda, munosabatlar marketingining maqsadi – korxona va mijoz uchun o‘zaro 
manfaatli foydani ifodalaydigan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish, 
rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Tahlil, mijozning (korxona, xaridor, 
iste’molchi) individuallashuviga yo‘naltiriladi hamda ishonchli mijozlar va 
ta’minotchilar o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlarni boshqarishga qaratiladi. 
Keyingi maqsad esa ushbu mijoz uchun tovar va xizmatlarni to‘g‘ri tanlashdan iborat. 
Agar aniqroq aytadigan bo‘lsak, one-to-one marketing (yoki munosabatlar 
marketingi) maqsadi – har bir mijoz bilan munosabatlar o‘rnatish, rivojlantirish va 
aynan unga xizmat ko‘rsatish bo‘lib, bunda mijozni ehtiyojini qondirish uchun 
axborot texnologiyalari va ma’lumotlar to‘plamlaridan foydalaniladi.  
Integratsiyalashgan 
marketingda 
faol 
bozor 
sub’ektining vazifasi – 
iste’molchilar uchun to‘liq integratsiyalashgan marketing dasturini tuzish, siljitish 
va qadriyatlarni ko‘rsata bilishni hamda marketing chora–tadbirlarini ishlab 
chiqishdan iborat. Kompaniyalarda talabni boshqarish, resurslarni boshqarish va 
sherik hamkorlar tarmoqlarini boshqarish tizimi integratsiyalashgan bo‘lishi lozim.
Xolistik marketingning tarkibiy qismi sifatida yana bir tarkibiy qismi bo‘lgan 
ichki marketing turida tashkilotning barcha xodimlari, eng muhimi uning rahbariyati 
tomonidan kompaniyada marketing tamoyillarini tatbiq etishni ta’minlash muhim 
bo‘lib hisoblanadi. Agar korxona ishchilari uni ta’minlashga tayyor bo‘lmasa, ularga 
a’lo darajagi xizmat ko‘rsatishni va’da berishning ma’nosi yo‘qdir. Ichki marketingda 
faqatgina marketing bo‘limi emas, balki boshqa bo‘limlar ham o‘zaro bog‘liq holda 
mijozlarga ta’sir ko‘rsatishi zarur bo‘ladi. 
Xolistik marketingning tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy javobgar marketingda 
ekologiya, ahloqiy, huquqiy va ijtimoiy mazmundagi marketing chora–tadbirlari va 
dasturlari inobatga olinadi. Ijtimoiy javobgar marketing konsepsiyasi, marketing 
amaliyotida ijtimoiy va axloqiy masalalarni hisobga olishni talab etadi. Bu o‘rinda 


45 
marketologlar 
korxonaning 
foyda 
olishini, 
iste’molchilarning ehtiyojlarini 
qondirishni va jamiyat qiziqishlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liklikni topishi zarur bo‘lib 
hisoblanadi. Ijtimoiy 
marketing 
iste’molchilar va ushbu tovar o‘rtasida 
ayirboshlashga ijobiy ta’sir etadigan va oqibatda korxona oladigan foydaga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatadigan notijorat harakatlarini o‘z ichiga oladigan marketing faoliyatini 
shakllantirish va rivojlantirish jarayonidan iborat bo‘ladi. Ijtimoiy marketingdan oldin 
ijtimoiy-axloqiy marketingi mavjud bo‘lgan bo‘lib, uning uchun birlamchi vazifa 
uzoq muddatli istiqbolda iste’molchi uchun qulaylik izlab topish va korxona uchun 
foyda topishdan iborat bo‘lgan. Ijtimoiy marketingga yaqin yondashuv – jamoatchilik 
marketingi va ekologiya marketingi bo‘lib hisoblanadi. 
Xulosa sifatida, korxonalar faoliyatida xolistik marketing konsepsiyasini 
qo‘llash quyidagilarga imkon beradi: 
Yuqorida bayon etilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, korxonalar 
faoliyatida xolistik marketing konsepsiyasini qo‘llash quyidagilarga imkon beradi
7

- firmaning rahbariyati tomonidan marketing tamoyillarini tatbiq etishda 
faqatgina marketing bo‘limi emas, balki boshqa bo‘limlar ham o‘zaro bog‘liq holda 
mijozlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi; 
- integratsiyalashgan marketingda iste’molchilar uchun marketing dasturi ishlab 
chiqiladi, shuningdek kompaniya ichida va tashqarisida marketologlar hamkorlar 
bilan o‘zaro sherikchilik asosida harakat qilishi zarur bo‘lib hisoblanadi; 
- ijtimoiy marketingda iste’molchilar tovar sotib olishga va foyda olishga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatadigan notijorat harakatlarni o‘z ichiga oluvchi marketing faoliyatini 
rivojlantirishga e’tibor qaratadi; 
- mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar marketingida tahlil ishonchli mijozlar bilan 
ta’minotchilar o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlarni boshqarishga qaratiladi. 
Hozirda asosiy o‘zgarishlar mijozlar bilan munosabatlarda kuzatilmoqda. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda iqtisodiy islohotlarini 
yanada chuqurlashtirish sharoitida korxonalarda marketing innovatsiyalarini tatbiq 
7
Эргашходжаева Ш.Ж. Холистик маркетинг концепцияси ва уни корхоналар фаолиятига татбиқ этиш. Илмий 
мақола. –Иқтисодиёт ва таълим, 2014. 4-сон. 76-79 бетлар. 


46 
etish, ayniqsa marketingda xolistik marketing konsepsiyalaridan samarali foylanish
mijozlar uchun o‘zaro manfaatli, foyda hajmini ko‘paytirishga olib keladigan uzoq 
muddatli munosabatlarni o‘rnatishda muhim ahamiyatga egadir.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling