Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/163
Sana23.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1717572
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   163
Bog'liq
Marketing

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5.1-rasm. Marketingning asosiy modellari turlari (qo‘llanilish sohasi 
bo‘yicha) 
Iste’mol tovarlari xizmati marketingi ishlab chiqaruvchi bilan iste’mol o‘rtasida 
bevosita aloqaning mavjudligi bilan ajralib turadi. Xizmatlarning ko‘pchilik qismi 
kompleks xarakterga ega. Masalan, mehmonxonalar, jamoat ovqat joylari, ekskursion 
xizmat, yodgorlik mollari sotish va xakozolar paydo bo‘lishi yalpi turistik mahsulot 
tushunchasi bilan bevosita bog‘liqdir. SHu sababli xizmat ko‘rsatish sohasida 
marketing juda katta yo‘nalishga ega. 
 
5.2. Marketingni asosiy turlari 
Marketingning tarkibiy tuzilishi haqida fikr yuritilganda, uning tarkibida 
mikromarketing, mikromarketing turlari mavjudligini alohida ta’kidlash zarur. 
Bu tushunchalarni fanga birinchi marta F.Kotler 1972 yilda kiritgan va ularni 
xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar bilan bir qatorda foyda olish 
Marketing korxonaning bozorda (iste’molchiga) 
yo‘naltirilgan strategik boshqaruvi sifatida 
Xalqaro marketing 
Ichki milliy marketing 
Iste’mol tovarlari marketingi 
Ishlab chiqarish vositalari marketingi 
Xizmatlar marketingi 
Ishlab chiqarish xizmatlari
Iste’mol xizmatlari


80 
bilan bog‘liq bo‘lmagan madaniyat, ijtimoiy, siyosiy va shunga o‘xshash 
tashkilotlarga nisbatan ham qo‘lladi. 
Mikromarketing - korxonaning ishlab chiqarishni shakllantirish, tovarlar va 
xizmatlarning tayyorlovchidan iste’molchi yoki foydalanuvchiga borish oqimini 
boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir. Uning asosiy vazifasi talabni qondirish 
va ayni paytda korxona oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishishdir. Boshqacha aytganda, 
bu ijtimoiy iqtisodiy jarayon bo‘lib, mahsulot yoki xizmatlarga bo‘lajak talab 
tarkibini o‘rganish, shuningdek bu talabni, taklifni shakllantirish iste’molchiga 
axborot berish yo‘llari bilan qondirish maqsadini ko‘zlaydi. 
Shunday qilib, mikromarketing korxona darajasidagi bozor faoliyatidan 
iboratdir.  
Makromarketing faoliyati korxona darajasidan chetga chiqadi va turli 
birlashmalar, konsepsiyalar, uyushmalar va umuman tarmoq darajasida amalga 
oshiriladi. 
Yanada kengroq ma’noda, makromarketing tushunchasi mamlakatning jami 
xo‘jaligi miqyosida mahsulotlarni yaratish va uning pirovard iste’molchisi tomon 
ko‘chish harakati hayotiy jarayonda qatnashadigan faoliyati va muassasalarni 
birlashtiradigan tizimdir. Bu tizim barcha ishlab chiqarish savdo, transport, reklama 
axborot va boshqa marketing vazifalarini bajaradigan korxona va xizmatlarni qamrab 
oladi. 
Makromarketingning vazifasi-butun mamlakat bo‘yicha moddiy boyliklar va 
xizmatlar oqimini boshqarishni tartibga solishdan iborat.
Turli darajadagi boshqarish vositalari va usullari o‘zaro farq qilinadi. Korxona 
darajasida asosan marketing-miks vositalaridan foydalaniladi. Undan yuqoriroq 
darajalarda investitsiya siyosati narxlarni boshqarish, ilmiy tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlari va shunga o‘xshash faoliyat ko‘rsatadi. 
Marketingni qo‘llash sohalari va ob’ektlariga muvofiq quyidagi holatlarga ko‘ra 
guruhlash mumkin: 
ichki marketing
➢ tovarlar bo‘yicha marketing; 


81 
➢ eksport marketingi; 
➢ import marketingi; 
➢ ilmiy texnik marketing; 
➢ to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘ (investitsiya) kiritish marketingi; 
➢ xalqaro marketing; 
➢ notijorat faoliyati sohasidagi marketing; 
➢ ijtimoiy g‘oyalar marketingi; 
Ichki marketing qoidaga ko‘ra, bir tomon doirasida tovar va xizmatlarni sotish 
masalalari bilan bog‘liq. Amalda barcha korxonalar avval ichki bozorga keladi
yuqori natijalarga erishgandan keyin esa, ya’ni raqobatbardosh mahsulotlarini 
yaratgandan keyin tashqi bozorga chiqadi. 
Tovarlar va xizmatlar marketingi (tovarlar bo‘yicha marketing) samarali sotishni 
tadqiq qilish va tovarlar va xizmatlar turlari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatining 
foydaliligini ta’minlashni ko‘zda tutadi. Masalan, xorijda sanoat tovarlari marketingi, 
iste’mol tovarlari va xizmatlar marketingi ishlab chiqilgan. 
Eksport marketingi yangi xorijiy sotish bozorlarini tadqiq qilish, firma 
mahsulotlarini sotish uchun xorijiy sotish xizmatlarini tashkil qilishni ko‘zda tutadi. 
Import marketingi yuqori samarali xaridorlarni ta’minlash uchun bozor 
tadqiqotlarining alohida shakllarini ko‘zda tutadi. 
Ilmiy-texnik marketing xaridning ilmiy-texnik faoliyat natijalari: patentlar va 
litsenziyalarni sotish va xarid qilish qismidagi marketing tadqiqotlari, fan-texnika 
taraqqiyoti yo‘nalishlarini o‘rganish, tegishli tomonlar patent huquqlari masalalari va 
boshqalar bilan bog‘liq. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing kiritish marketingi o‘z ichiga xorijiy faoliyatni 
tadqiq qilish, yangi korxona ishining imkoniyatlari (biznes-reja turlari), uning sotish 
faoliyatini chuqur va har taraflama tahlil qilishni, hamda kompaniya manfaatlari va 
korxona qurilgan mamlakat qonunini hisobga olgan holda tashqi bozorda sotish 
tadqiqotlarini o‘z ichiga oladi. 
Xalqaro marketing, tashqi iqtisodiyot, tashqi savdo marketingi deb ham 
ataydilar, mahsulotni xorijda qurilgan milliy korxonalarda sotishni ko‘zda tutadi. U 


82 
ishlab chiqarish, sotish vazifalarining juda kattaligi bilan farqlanadi, asosan ko‘p 
sonli mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi transmilliy kompaniyalarga javob 
beradi. 
Notijorat faoliyati sohasidagi marketing asosan, alohida tashkilot yoki alohida 
shaxsga nisbatan jamoaning ijobiy fikrini yaratish masalalari bilan bog‘liq. 
Ijtimoiy 
marketingni 
qo‘llashning eng muhim sohasi rivojlanadigan 
mamlakatlarda oilani rejalashtirish, kariyalar va kasallarga e’tiborni jalb qilish, ayrim 
ijtimoiy zaruriyatlarga xayriya qilishga tayyorlikni rivojlantirishdan iborat. 
Bundan tashqari bugungi kunda marketingning ayrim turlari haqida to‘xtalib 
o‘tmoqchimiz. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling