Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


-rasm. Raqobatning turlanishi: tizimli yondashuv


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/163
Sana23.09.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1686215
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   163
Bog'liq
Marketing asoslari Ergashxodjaeva Sh Dj , Qosimova M S , Yusupov

13.3-rasm. Raqobatning turlanishi: tizimli yondashuv
21
 
Rasmdan ko‗rinib turibdiki, makroiqtisodiy yo‗nalishda – iqtisodiyot 
miqyosidagi, mezoiqtisodiy yo‗nalishda – tarmoq miqyosida, mikroiqtisodiy 
21
Эргашходжаева Ш.Д. Халқаро рақобат. Ўқув қўлланма. Т.: ТДИУ, 2013 й. 252 бет.
Yuzaga chiqish darajalari 
Makro-iqtisodiy 
Raqobat – ko‘pqirrali hodisa 
Mezo-iqtisodiy 
Mikro-iqtisodiy 
Nano-iqtisodiy 
Iqtisodiyot 
miqyosida 
Tarmoq 
miqyosida 
Mahsulot bozori 
miqyosida 
Firma miqyosida 
R A Q O B A T
Bozor ho‘jaligining 
amal qilish tamoyili 
Bozor 
agentlarining 
o‘zaro aloqa 
mexanizmi 
Iqtisodiy 
maqsadga 
erishish usuli 
Raqobat ho‘jalik faoliyatini 
muvofiqlashtirish usullari 
miqyosida 
Kapital 
raqobati 
Biznes-
birliklar 
raqobati 
Omilkorlik 
raqobati 
Raqobat 
ustunliginini 
qo‘lga kiritish 
usuli 


225 
yo‗nalishda – mahsulot miqyosida va nano iqtisodiy yo‗nalishda firma miqyosidagi
raqobatni yuzaga chiqish darajasi ifodalangan. 
Erkin raqobat davrida raqiblar kurashining ikki asosiy shakli amal qiladi:

tarmoq ichidagi; 

tarmoqlararo raqobat. 
Tarmoq ichidagi raqobat deganda bir tarmoqqa kiradigan firmalar o‗rtasida 
tovarlarni ishlab chiqarish va sotishshng qulay sharoitlari va yaxshi foyda olish uchun 
kurashish tushuniladi. Har bir tarmoqda korxonalarniyag texnika darajasi va mehnat 
unumdorligi darajalari turlicha bo‗lganligi sababli, ular chiqarayotgan tovarlarning 
individual qiymati ham har xil bo‗ladi. Biroq, bizga ma‘lumki, tovar xo‗jaligida 
qiymat qonunining amal qilishi sababli turli individual qiymat ijtimoiy bozor 
qiymatiga keltiriladi. Bunga sabab tarmoq ichidagi raqobat kurashidir.
Tarmoqlararo raqobat deganda turli tarmoq firmalari o‗rtasida eng yuqori 
foyda olish uchun olib boriladigan kurashni tushunamiz. Kapitalning xususiyati 
shuki, u doimo harakatda bo‗lib, o‗z sohibiga foyda keltirib turishi kerak. Kapital 
sohiblari esa ularni foydaliroq sohalarga joylashtirishga harakat qiladilar. Ular uchun 
nimani bozor ko‗tarsa, shuni ishlab chiqarib ko‗proq foyda olish muhimdir. 
Tarmoqlararo raqobat kurashi kapitalni yaxshi foyda keltiradigan oohalarga 
joylashtirish uchun boradi. Qaerda foyda ko‗p bo‗lsa, shu erga resurslar oqib o‗tadi, 
chunki shu erdagi tovarga talab ko‗p bo‗lib, u qondirilsa, yaxshi foyda ko‗rish 
mumkin. 
Raqobatning ikki usuli bor: narx vositasida raqobatlashuv, narxdan 
foydalanmay raqobatlashuv. Erkin raqobat davrida raqobat kurashning bosh usuli 
tovarni raqibinikidan pastroq narxda sotish bo‗lgan. Bu usulni qo‗llash uchun 
korxona boshqalarnikidan ko‗ra unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq 
ishchilarni yollashi va mehnatni yaxshiroq tashkil etishi kerak. Faqat shu holdagina, 
uning tovarini individual qiymati bozor qiymatidan past bo‗lib, bu narxni tushirish 
imkoniyatini beradi. Iqtisodiyotning monopollashuvi raqobat kurashi usullarini ham 
o‗zgartiradi. Endi narx vositasida amalga oshiriluvchi raqobat usullari o‗rnini narx 
bilan bog‗liq bo‗lmagan usullar egallay boshlaydi. Raqobat kurashida mahsulot 


226 
sifati, mahsulotni sotish shart-sharoitlarini yaxshilash va reklama qilishning 
ahamiyati ortib boradi.
Yirik korporatsiyalar narxni tushirish yordamida raqobatchisini bozordan o‗zi 
ziyon ko‗rmagan holda siqib chiqarishi amrimahol bo‗lganidan, u bozordagi 
vaziyatni o‗zgartirish uchun o‗zining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni 
kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. SHu sababli, hatto inqiroz davrlarida ham, 
narxlar barqarorligicha qolaveradi. 
Narxsiz raqobat monopoliyalar bor joyda ham muhim o‗rin egallaydi, chunki: 
1) narxni pasaytirish tovar sotishni ko‗paytirish imkonini bermaydi, chunki 
raqib ham narxni pasaytirishya mumkin, bundan hech kim yutmaydi. Bas, shunday 
ekan, tovar sifatini oshirish, savdo xizmatini yaxshilash yo‗liga o‗tiladi, bu bilan 
tovar sotishni ko‗paytirish mumkin; 
2) yirik firmalar kuchli bo‗lganligi sababli mahsulotyai yangilash, uni 
modernizatsiyalash va reklamaga katta pul sarflay oladilar. 
Narx bilan bog‗liq bo‗lmagan raqobat usullarining qo‗llanishi o‗zaro kurashda 
narxdan foydalanilmaydi degan gap emas. U ko‗proq yashirin tus olmoqda, ya‘ni 
tovarlar e‘lon qilingan narxlardan arzonga sotiladi, bundan boshqalar ogoh etilmaydi. 
Bu, ayniqsa, mavsumiy tovarlar sotishda qo‗llanadi. Narx vositasidagi raqobat jahon 
bozoriga ham kirib borgan. U erda narx bilan raqobat qilish po‗lat, gazlama, 
elektronika, kimyoviy va qishloq xo‗jalik mahsulotlari bozorlariga xosdir. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling