Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/163
Sana23.09.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1686215
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   163
Bog'liq
Marketing asoslari Ergashxodjaeva Sh Dj , Qosimova M S , Yusupov

Tovar bozori — tovarning (shu jumladan bir-birining o‗rnini bosadigan 
tovarning) O‗zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala 
doirasi bo‗lib, u O‗zbekiston Respublikasining ma‘muriy-hududiy bo‗linishiga mos 
kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida tovarni olish yoki 
realizatsiya qilish imkoniyati mavjud bo‗ladi. 
Moliya bozori — banklar hamda boshqa kredit, sug‗urta va o‗zga moliya 
tashkilotlari tomonidan ko‗rsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek qimmatli 
qog‗ozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining O‗zbekiston Respublikasi 
hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo‗lib, u O‗zbekiston 
Respublikasining ma‘muriy-hududiy bo‗linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur 
17
O‗zbekiston Respublikasining ―Raqobat to‗g‗risidagi‖ Qonuni. 


220 
muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatni ko‗rsatish imkoniyati mavjud 
bo‗ladi. 
Mazkur qonunning maqsadi tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‗lib, hozirgi vaqtda mulk turi har-xil 
bo‗lgan, lekin ishlab chiqarayotgan mahsuloti bir xil bo‗lgan korxonalar (firmalar) 
o‗rtasidagi musobaqani qonuniylashtirish va insofsiz raqobatni cheklashdan iborat.
Ushbu qonunning qoidalari tabiiy monopoliyalar sub‘ektlariga nisbatan bu 
qoidalarning qo‗llanilishi mazkur sub‘ektlarning o‗ziga xos vazifalari bajarilishini 
cheklab qo‗ymaydigan holatlarda tadbiq etiladi.
Raqobat umumijtimoiy kategoriya bo‗lib, ijtimoiy jarayonlar qatnashchilari 
o‗rtasidagi yaxshiroq yashash sharoiti uchun bo‗ladigan kurashni anglatadi. U 
kishilik jamiyati hayotining hamma jabhalariga xos bo‗lib, odamlar o‗rtasidagi o‗z 
imkoniyatlaridan to‗laroq foydalanish, ayrim sohalarda o‗z ustunliklarini namoyon 
qilish, farovonroq hayot kechirish, jamoa o‗rtasida obro‗liroq bo‗lish uchun bo‗lgan 
qurashni aks ettiradi. Kishilarning iqtisodiy faoliyati boshqa faoliyatlarning asosini 
tashkil qilgani uchun kishilik jamiyati hayotida iqtisodiy sohadagi raqobat muhim rol 
o‗ynaydi. Iqtisodiy sohadagi raqobat ishlab chiqarish munosabatlarining sub‘ektlari 
(ishlab chiqaruvchilar, iste‘molchilar, tadbirkorlar, yollanma ishchilar va hokazolar) 
o‗rtasida qulayroq ishlab chiqarish sharoiti (arzon ishlab chiqarish resurslari va 
ishchi kuchi)ga ega bo‗lish unumliroq texnologiya, ish joyi, yaxshi bozorni qo‗lga 
olish, umuman, yuqori daromad olish imkoniyati uchun olib boriladigan kurashdan 
iborat. 
Iqtisoddagi raqobat ko‗p qirrali hodisa bo‗lib, yaxshi daromad ko‗rish, o‗z 
qobiliyatini to‗laroq ishga solish, o‗zi mashg‗ul ishni rivojlantirish, o‗z sohasida 
imijga ega bo‗lish uchun kurashni bildiradi. 
Bozor raqobatini yuzaga keltiruvchi bir necha omillar ta‘sirini ko‗rsatish zarur. 
Bu omillarni 3 ta guruhga ajratish mumkin(13.1-rasm): 

iste‘molchilar doirasining cheklanganligi; 

resurslarning cheklanganligi; 

mahsulotlarni siljitishdagi cheklanganlik. 


221 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling