Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Tovarni bozorda pozitsiyalashtirish


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/163
Sana23.09.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1686215
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   163
Bog'liq
Marketing asoslari Ergashxodjaeva Sh Dj , Qosimova M S , Yusupov

8.6. Tovarni bozorda pozitsiyalashtirish 
Tovarni bozorni pozitsiyalashtirish – bu alohida bozor segmentlarida mahsulot 
konsepsiyasini aniqlash texnologiyasidir. Pozitsiyalashtirishning maqsadi – mavjud 


146 
va shakllanayotgan fikrlarni tadqiq qilish, xaridorlar yoki ularning guruhini mahsulot 
parametrlariga bo‗lgan munosabatini baholash tahlilidan, maqsadli bozorni ushbu 
segmentida mahsulotni raqobatli ustunligini ta‘minlashda shunday tovar pozitsiyasini 
marketing chora-tadbirlarini o‗tkazish yo‗li bilan tuzishdan iborat. 
Mahsulotni samarali pozitsiyalashtirish uchun talab va taklifni muhim 
tavsifnomalarini, xarid to‗g‗risida qaror qabul qilishda mo‗ljal bo‗lib hisoblanuvchi 
omillar ta‘sirini o‗rnatish va o‗rganish zarur. Aniqlovchi omillar esa, mahsulot sifati, 
sifat darajasi, ishonchliligi, energohajmi, dizayni va tovarni raqobatbardoshligini 
boshqa ko‗rsatkichlari bo‗lishi mumkin. 
8.3-rasm. Tovarni pozitsiyalashtirishning asosiy belgilari 
 
Tovarni bozorda pozitsiyalashtirishni to‗g‗ri tashkil etilishi marketing rejasi va 
kompleksini samarali ishlab chiqarish shart-sharoiti bo‗lib hisoblanadi. 
Pozitsiyalashtirish differensiatsiya strategiyasini amalga oshirish vositasi bo‗lib 
hisoblanadi. D.Traut va E.Raislar tomonidan 1979 yilda pozitsiyalashtirish 
konsepsiyasi taklif etilgan. Aniq pozitsiyalashtirish uchun firma pozitsiyalashtirish 
belgisini o‗rnatish kerak. 
Pozitsiyalashtirish belgisi – xarid motivatsiyasi manbasi yoki asosiy tovarning 
iste‘molchi nuqtai nazaridan foydaliligidir. 
Raqobatchiga nisbatan tovar pozitsiyalashtirish belgisi ikkita usuldan biri 
bo‗lishi mumkin: 
Pozisiyalashtirish belgisi 
Narx darajasi 
Tovarning yuqori sifati 
Imij 
Qo'llash usuli 
Turli naflarning mazmuni 
Boshqa 


147 
1) raqobatchiga o‗xshash – bu holatda firma bozordagi raqobatchini siqib 
chiqarish vazifasini hal qiladi. 
2) Noyob.
Birinchi strategiyada quyidagi uch xil sharoitdan bittasini qo‗llab – quvvatlash 
maqsadga muvofiq: 
- Firma raqobatchi tovaridan ustun tovarlarni yaratish mumkin; 
- Bozor bir necha raqobatchilarni yig‗dirish holatidadir; 
- Firma pozitsiyalashtirayotgan tovar bo‗yicha resurs va imijga ega bo‗ladi. 
Ikkinchi strategiya esa: 
-firma noyob tovarlarni ishlab chiqarish uchun moliyaviy va texnik imkoniyatga 
ega bo‗ladi; 
-noyob tovarning potensial iste‘molchilarining etarli soni mavjud bo‗ladi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling