Erik eriksonning rivojlanish psixologiyasi
Download 0.64 Mb.
|
Erik eriksonning rivojlanish psixologiyasi-fayllar.org
Shaxsning kasbiy rivojlanishning bosqichlari. Psixikaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo’lmish emotsiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyandalaridan biri - bu amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o’ziga xos betakror xususiyatga egadir. Birinchi davr - go’daklik. Ushbu davrda go’dakda ongsizlikka asoslangan tashqi dunyoga nisbatan “ishonch” tuyg’usi vujudga keladi. Buning bosh sababchisi ota--onaning mehr-muhabbati, g’amxo’rligi va jonkuyarligining nishonasidir. Agarda go’dakda ishonch negizi paydo bo’lmasa, balki borliqqa nisbatan ishonchsizlik hissi tug’ilsa, u taqdirda voyaga etgan odamlarda mahdudlik, umidsizlik shaklida aks etuvchi xavf vujudga kelishi, ehtimol. Go`daklik davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarni qondirishga nisbatan yo`naltirilgan xatti-harakatlarning tug`ma,instiniktiv shakllari sof holda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi. Go`daklik davridagi bolaning hayoti to`liq kattalar bilan hamkorlikdagi emotsional munosabat bilan bog`liq bo`lib,bola kayfiyatining yaxshi bo`lishiga to`g`ridanto`g`ri ta`sir ko`rsatadi. Go'daklik davrida: 2-3 oylikdan boshlab go`dak onasini taniy boshlaydi,onasining tabassumiga tabassum va turli harakatlar bilan javob qaytaradi. 8 oyligidan boshlab esa,bola o`zgacha muhit va begonalar qo`liga tushsa,o`z xavotirini yig`isi orqali namoyon etadi. Ikkinchi davrda, ya’ni ilk bolalik davri. Go`daklik davridan so`ng rivojlanishning yangi bosqichi ilk bolalik davri hisoblanadi.Ilk bolalik davri 1 yoshdan 3 yoshgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Jonzodda yarim mustaqqillik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg’usi shakllanadi yoki aksincha, ularning qaramaqarshisi bo’lmish uyat va shubha hissi hosil bo’ladi. Bolada mustaqillikning o’sishi, o’z tanasini boshqarishga keng imkoniyat yaratib, bo’lg’usida shaxs xususiyatlariga aylanuvchi tartib va intizom, mas’uliyat, javobgarlik, hurmat tuyg’ularini tarkib toptirishga puxta zamin hozirlaydi. Ilk bolalik davrida: Nutqi rivojlanadi, to`g`ri va tikka yura olish imkoni bolani, doimiy ravishda yangi ma`lumotlarni egallashga zamin bo`ladi. Bu davrda yetakchi faoliyat turi-redmetlarni o`rganish hisoblanadi. <> so`rog`iga ko`p murojat qilishadi. Uchinchi davr - o’yin yoshi deb atalib 5 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’ziga qamrab oladi. Mazkur davrda tashabbus tuyg’usi, qaysidir ishni amalga oshirish va bajarish maylini tarkib toptiradi. Mabodo unda xohish-istakni ro’yobga chiqarishning yo’li to’sib qo’yilsa, ushbu holatda bola o’zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur yosh davrida davra, ya’ni guruhiy o’yin, tengqurlari bilan muloqotga kirishish jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi, natijada bolaning turli rollar sinab ko’rishiga, xayoloti o’sishiga imkon yaratiladi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg’usi, uni tushunish mayli tug’ila boshlaydi. O'yin yoshi davrida: Rollik o’yinlar jarayonida ular katta odamlarning barcha vazifa va ishlarini amalda bevosita bajaradilar. Rollik o’yinlarni vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri, bolada o’z xatti-harakatlarini kattalar xatti-harakati bilan solishtirish, undan nusxa olish tuyg’usining mavjudligidir Bolalarning o’yin faoliyati D.B.Elkonun, A.S.Slavina, A.P.Usova va boshqa psixologlar o’rganishgan. O’yin faoliyati ixtiyoriy diqqat va xotiraning, tafakkurning rivojlanishini belgilab beradi. To’rtinchi davr - maktab yoshi deb nomlanib, undagi asosiy o’zgarishlar ko’zlagan maqsadga erishish qobiliyati, uddaburonlik va mahsuldorlikka intilish tuyg’usi bilan ajralib turadi. Uning eng muhim qadriyati - omilkorlik va mahsuldorlikdan iboratdir. Ushbu yosh davrining salbiy jihatlari (illatlari) ham ko’zga tashlanadi va ularning qatoriga ijobiy xislatlari etarli darajada bo’lmaganligi, ongi hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammolarni echishda aql-zakovatning etishmasligi, bilimlarni o’zlashtirishda qoloqligi (sustligi) va hokazo. Xuddi shu davrda shaxsda mehnatga nisbatan individual munosabati shakllana boshlaydi. ASOSIY TUSHUNCHALAR Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling