Erik eriksonning rivojlanish psixologiyasi
Download 0.64 Mb.
|
Erik eriksonning rivojlanish psixologiyasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etinchi davr
4. Psixologik xususiyatlar
15-16 yoshli odamning umumiy aqliy qobiliyatlari, odatda, allaqachon shakllanib bo‘ladi va ularning bolalikdagidek tez o‘sishi kuzatilmaydi. Biroq ular mukammallashishda davom etadi. Murakkab intellektual operasiyalarni egallash va tushunchalar apparatining boyishi yigit va qizlarning aqliy faoliyatini mustahkamroq va samaraliroq qiladi, bu esa ularni kattalar faoliyatiga yaqinlashtiradi. Ayniqsa, maxsus qobiliyatlar tez rivojlanadi. Etinchi davr - etuklik davri deb atalib, hayot va faoliyatning barcha sohalarida (mehnatga, ijodiyotga, g’amxo’rlikda, pusht qoldirishda, tajriba uzatishda va boshqalarda) mahsuldorlik tuyg’usi unga uzluksiz ravishda hamroh bo’ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki vazifasini bajaradi. Shuningdek, mazkur davrda ayrim jihatlarda turg’unlik tuyg’usi nuqson (illat) sifatida hukm surishi ehtimoldan holi emas. Bu davrda inson qanday ishlarni amalga oshirishga, qaysi imkoniyatlardan foydalanmagani, ayrim xatolar, tushunmovchiliklar sababli, ko’ngilsizliklar vujudga kelganini anglay boshlayli. O’ziga o’zi xisob berish shu davrning muhim psixolgik xususiyatidir. Organizmdagi ayrim o’zgarishlar, umrning tez o’tishi, kishini qattiq tashvishga va iztirobga soladi. U bundan keyingi hayotning har bir daqiqasidan unumli foydalanishga qaror qiladi. Ayrim orzu istaklarini amalga oshirish uchun jismoniy va ruhiy imkoniyatlari yetishmasligini anglash uning psixikasida «turg’unlik» tuyg’usini vujudga keltiradi. Buning asosiy sababi 33-35 yoshlarda mnemologik-attentsion majmua tubdan qayta qurilishidir. Yaxlit mnemologik markazning mnemik (xotira) va mantiqiy (tafakkur) qismlariga ajralishi ro’y beradi. Attentsional xolatning omilari saqlanib qoladi, lekin katta yoshdagi inson intellektida xotira va taffakur muhim o’rin tutadi. Biroq o’zgarishlar uning ruhiy dunyosida, kechinmalarida, his-tuyg’ularida chuqur iz qoldirmaydi, yetuk shaxs xotirasida illyuzion xususiyatga ega bo’lgan tasavvur obrazlari (yoshlik tuyg’usi, kayfiyati, orzusi, xom xayoli) saqlanib qoladi. Yetuklik bosqichida jismoniy va aqliy imkoniyatlardan to’laroq foydalanish ko’nikmasi paydo bo’ladi. Bu xol butun kuch-quvvat, aqliy, zo’riqish, iroda kuchi, asab taranglashuvi xisobiga emas, balki muayyan ko’nikma, malaka va mahorat asosida ro’y beradi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling