Eritish pechlari ularning asosiy tasnifi va ishlash prensiplari


Download 107.4 Kb.
bet1/5
Sana26.10.2023
Hajmi107.4 Kb.
#1724093
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ERITISH PECHLARI ULARNING ASOSIY TASNIFI VA ISHLASH PRENSIPLARI


ERITISH PECHLARI ULARNING ASOSIY TASNIFI VA ISHLASH PRENSIPLARI
Reja:
1. Elektr pechlarining elektr jihozlari.
2. Elektr pechlarining turlari.
3. Poʻlat eritish pechlarining ish rejimi.

1. Elektr pechlarining elektr jihozlar
Elektr pech — elektr hodisalarining issiqlik ajratish xossasidan foydalaniladigan eritish yoki qizdirish pechi. Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish usuliga koʻra, yoy pechi, induksion pech, elektronnurli pech, dielektrik qizdirish qurilmalari va boshqalar; ishlatilish sohalari boʻyicha sanoat, lab., kommunal xoʻjalik, uyroʻzgʻor uchun moʻljallangan xillarga boʻlinadi. Elektr pechda ish muhiti (havo, agressiv muhit, inert atmosfera va boshqalar), tok chastotasi, tuzilishi muhim koʻrsatkichlar hisoblanadi. Bunday pechlarda ish jarayonini avtomatlashtirish oson, unda kuyindi deyarli boʻlmaydi.

Bir yoʻla texnologik, issiqlik texnikasi va elektrotexnika vazifalarini bajaradigan Elektr pechlari bor. Ular elektr pech qurilmasi deb atayaadi. Ularning tarkibiga Elektr pech, kuch jihozlari (transformator, toʻgʻrilagich, yuqori chastotali generator, lampali generator), qoʻshimcha elektr jihozlari (drossel, ballast qarshilik, kondensator, anodli toʻgʻrilagich va boshqalar), nazoratoʻlchash asboblari, pirometrik apparatura, avtomatik rostlash qurilmasi va boshqalar kiradi. Temir rudalaridan choʻyan eritib olinadigan Elektr pech elektr domna pechi deb ataladi. Bunday pechlar hozir deyarli qoʻllanmaydi.


Pech transformatori, drossellar, himoya kommutatsion apparatlardan tashkil topgan. 0,5; 1,5 va 3 t sig‘imli yoyli pechlarning tuzilishi, ta’minot manbasi va sovutish tizimi koʻrsatilgan. (1 - rasm)




1-rasm. 0,5; 1,5; 3 t sig‘imli EYOP turli elektr yoyli pech:
1 - qobiq; 2 –elektrodni ushlab turgich; 3 – quti; 4 – tirgovich; 5 – shipni ko‘tarish va burish mexanizmi; 6 – gidravlik silindr; 7 – ship




Download 107.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling