Eritmadagi temir(II) ni bixromatometrik aniqlash
Download 18.01 Kb.
|
Eritmadagi temir 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keys topshiriqlari: 1. Sulfosalitsil kislota yordamida temir (II)ni aniqlang. 2. Ishni bajarish tartibini yozing. Keys javoblari
- Ishni bajarish tartibi.
Eritmadagi temir(II) ni bixromatometrik aniqlash Temir (II) ioni elektronlar bilan to‘liq to`lmaganligi uchun xromofor xossasiga ega. Shuning uchun uni aniqlashda sulfosalitsil kislota kabi rangsiz reagentlardan ham foydalanish mumkin. Temir (II) ning sulfosalitsilat bilan hosil qilgan kompleksi rangli bo`lib , rang ligandning orbitalida lokallangan elektronning metall atomidagi bo‘sh orbitalga o‘tishi hisobiga paydo bo`lad i. Eritmaning kislotaliligiga qarab temir (II) sulfosalitsil kislota (2—gidroksi-5— sulfobenzoy) bilan tarkibi har xil bo`lgan komplekslar hosil qiladi. Keys topshiriqlari: 1. Sulfosalitsil kislota yordamida temir (II)ni aniqlang. 2. Ishni bajarish tartibini yozing. Keys javoblari: Sulfosalitsil kislota yordamida temir (II)ni aniqlash. Eritmaning pH qiymati 1,8 dan 2,5 gacha bo`lsa, qizil-binafsha rangli (λmax=510nm va ε= 1800) monosulfosalitsilat, pH=4,0-8,0 bo`lganda disulfosalitsilat va pH=8,0—11,5 bo`lganda sariq rangli (λmax-416 nm va ε=5800) trisulfosalitsilatli komplekslar hosil bo`ladi. Kislotali muhitda mis va aluminiyning sulfosalitsilatli komplekslari temir (II) nikiga qaraganda beqarorroqdir. Shu bois bu ionlar temirni aniqlashga xalaqit bermaydi. Temirning trisulfosalitsilatli kompleksi yetarli darajada barqaror bo`lganligi uchun eritmada atsetat, borat, fosfat va ftorid ionlari bo`lgan vaqtda ham temirni aniqlash mumkin. Ishni bajarish tartibi. Asosiy standart eritma tayyorlash uchun kimyoviy toza NH4Fe(SO4)2 · 12H2O temir achchiqtoshidan tarozida 0,5190 g tortib olib, u hajmi 100 ml bo`lgan kolbaga solinadi. Eritmani nordonlashtirish uchun kolbaga 10 ml suyultirilgan (1:1) sulfat kislota va belgisigacha distillangan suv quyiladi. Bunda standart eritmaning konsentratsiyasi 0,06 mg/ml bo`ladi. So‘ngra sulfosalitsil kislota va ammiakning 10 % li eritmalari tayyorlanadi. Keyin beshta standart ishchi eritma quyidagicha tayyorlanadi: beshta 100 ml hajmli kolbaga asosiy standart eritmadan 1,2, 3,4 va 5 ml o`lchab quyiladi. Har bir kolbaga sulfosalitsil kislota va ammiak eritmalaridan ham 10 ml dan qo‘shiladi. Kolbalarga belgisigacha distillangan suv quyilib, eritmalar yaxshilab aralashtiriladi. Standart eritmalarning erituvchiga nisbatan optik zichliklari λ=416 nm to`lqin uzunligida besh martadan o`lchanadi. Ishlatiladigan erituvchini tayyorlashda 100 ml hajmli kolbaga 10 ml sulfosalitsil kislota, 10 ml ammiak eritmalari quyiladi va kolba belgisigacha distillangan suv bilan to`ldiriladi. O`lchash natijalarining o‘rtachasi topilib, eritmaning optik zichligi va konsentratsiyasi orasidagi bog`lanishni ifodalovchi darajalash chizmasi tuziladi. Tarkibida 0,1 dan 0,6 mg gacha temir bo`lgan namuna 100 ml sigimli kolbaga o`tkaziladi. Unga 10 % sulfosalitsil kislota va ammiak eritmalaridan 10 ml dan quyiladi, hamda distillangan suv qo‘shib eritma sathi kolbaning belgisiga qadar yetkaziladi. Shundan so‘ng tekshiriladigan eritmaning optik zichligi o`lchanadi va uning konsentratsiyasi topiladi. Olingan natijalar yordamida namunadagi temirning umumiy miqdori hisoblanadi. Download 18.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling