Eritmadagi temirning miqdorini spektrofotometrik usul bilan aniqlash. Spektrofotometriya
Download 75.5 Kb.
|
Eritmadagi temirning miqdorini spektrofotometrik usul bilan aniqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- yutilish spektri
- Spektrofotometrning tuzilish sxemasi
Eritmadagi temirning miqdorini spektrofotometrik usul bilan aniqlash. SPEKTROFOTOMETRIYA Spektrofotometriya (SF) tahlilning optik usullariga mansub bo‘lib, kyuvetadagi eritmadan o‘tayotgan monoxromatik nurning yutilishi, so‘nishi ya'ni eritmaning optik zichligini o‘lchashga asoslangan. Fotoelektrokolorimetriya (FEK)ga nisbatan SF-da 2 xil: deyteriy lampasi (200-360 nm ultrabinafsha (UB) nurlar) va cho‘lg‘am lampasi (400-1100 nm ko‘rinadigan va yaqin infra qizil nurlar) mavjud bo‘lgani uchun SF-da rangli eritmalardan tashqari rangsiz eritmalarni ham (UB sohada) tahlil etish mumkin, ya’ni SF-da ishlatiladigan nurlar (elektromagnit to‘lqinlar) oralig‘i (diapazoni) kengroq. SF ni yana bir afzalligi unda selektor (monoxromator) vazifasini kvars prizma yoki difraktsion panjara bajarganligi sababli, polixromatik nur, FEK dagi kabi, nurlar dastasi darajasida emas, balki 1 hm aniqlikda monoxromatlanadi. Moddaning eritmasidan turli to‘lqin uzunlikdagi nurlarni o‘tkazib har bir nurga tegishli optik zichlik qiymatlari yozib olinib, ordinata o‘qiga optik zichlik (A), absissa o‘qiga (X hm) eritmadan o‘tayotgan nurning to‘lqin uzunligini qo‘yib chizilgan qavariq tasvir yutilish spektri deb ataladi. Har bir (individual) toza modda faqat o‘ziga xos yutilish spektriga ega, ya’ni faqat ma’lum bir to‘lqin uzunlikdagi nurni maksimal yutadi (XMax) va o‘ziga xos yutilish koeffitsienti qiymatiga Embx ega bo‘ladi. Shuning uchun yutilish spektrini bu ikki o‘lchami Xmbx va Embx moddani sifat tahlili, uni chinligini isbotlashda dalil bo‘ladi. Masalan:
A-Max - yutilish bandining cho‘qqisini uzunroq to‘lqinlar tomon siljishi batoxrom, qisqa to‘lqin tomon siljishi gipsoxrom siljish deyiladi. Eng ko‘p yutilayotgan nur (^Max)da maksimal molyar yutilish koeffitsienti (EMax) ni ortishi giper, kamayishi esa gipoxrom samara deb ataladi. Maksimal yutilayotgan nurga (Amx) mos kelgan, ya’ni yutilish bandining cho‘qqisiga to‘g‘ri kelgan optik zichlik (AMax) qiymatiga asoslanib miqdoriy tahlil bajariladi. Spektrofotometrning tuzilish sxemasi Turli to‘lqin uzunligidagi monoxromatik nurlar kyuvetadagi eritmadan o‘tganda intensivligi (J) ni so‘nishini, ya'ni eritma optic zichligini o‘lchaydigan uskuna spektrofotometr deb ataladi. 1960-1970 yillarda ishlab chiqarilgan SF-4, SF-16 markali asboblardan optik zichlik alohida dasta (baraban) yordamida o‘lchansa, zamonaviy SF-26, SF-46 spektrofotometrlarda – strelka yoki elektron tablo raqamlarida bevosita ko‘rinadi. Barcha spektrofotometrlarning ish tamoyili quyidagi optic (sxema) chizmada tasvirlangan: 1 0—^2 >3 -□-[) ©—(A 8 9 10 11 - signal manbai: cho‘lg‘am lampa (400-760 hm), vodorod, deyteriy lampa (200-400 hm) 2,3 - ko‘zgu. Download 75.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling