Eritmalar har hil konsentratsiyadagi eritmalarni tayyorlash
Download 17.01 Kb.
|
eritmalar (1)
ERITMALAR Har hil konsentratsiyadagi eritmalarni tayyorlash. a) 5% li kaliy bixromat eritmasini tayyorlash. 50 g 5% li eritma tayyorlash uchun kaliy bixromatdan qancha miqdor kerakligini hisoblang. Unda qancha hajm suv olish kerak? Texno-kimyoviy tarozida (0,02 g aniqlik bilan) soat oynasining massasini aniqlang. Bunda hisoblangan miqdordagi kaliy bixromatni tortib oling. Menzurkada kerakli hajmdagi distillangan suvni o‘lchang. Bixromatni stakanchaga soling. Soat oynasining ustida qolgan kristallarni menzurkadagi suv bilan yuvib tushiring. Menzurkadagi qolgan suvni shisha tayoqcha orqali stakanga quying. Aralashmani tuz kristallari to‘liq eriguncha aralashtiring va 50-60 ml li silindrga, uning 4/5 hajmigacha quying. Tayyorlangan eritmaning zichligini areometr bilan aniqlang. Tortishning xamma xisob va natijalarini laboratoriya jurnaliga yozing. Zichlikka asoslanib (1-jadval) eritmadagi bixromatning foiz konsentratsiyasini toping. Topilgan konsentratsiya bilan berilgan konsentratsiya orasidagi farqni aniqlang. Tayyorlangan eritma molyarligini aniqlang. 1- jadval Kaliy bixromat suvli eritmasining zichligi
b) Bariy xloridning 0,1n va 0,1M li eritmalarini tayyorlash. 50 ml 0,1n va 0,1M li eritma tayyorlash uchun bariy xloridning kristallogidratidan qancha gramm kerakligini hisoblang. Hisoblar o‘qituvchi tomonidan tekshirilgandan so‘ng, texno-kimyoviy tarozida topilgan bariy xlorid miqdorini soat oynasida tortib oling. 50 ml li o‘lchov kolbasiga uchi kesilgan (diametri 3-5 sm) voronka o‘rnating. Unga tuzli soat oynasini engashtiring. YUvgich orqali oz-oz miqdordagi distillangan suv bilan soat oynasidagi tuz qoldiqlarini voronka ustiga yuvib tushiring. Suvni asta-sekin quyib va kolbani aylanma harakatlantirib tuzni to‘liq eriting. Bunda suv kolba xajmining 2/3 qismigacha to‘lsin. Faqat tuzning hammasi erigandan keyin suyuqlik xajmini kolba belgisigacha etkazing. Suvning so‘ngi porsiyalarini pipetka orqali tomchilatib quying. Suyuqlik satxini menisikning pastki satxiga nisbatan aniqlang. Kolbani probka bilan mahkam berkitib, kolba tubini yuqoriga qilib, eritmani yaxshilab aralashtiring. Jurnalga hamma hisoblar va eritma tayyorlash uslubini yozing. Kaliy bixromatning eruvchanligini aniqlash Texno-kimyoviy tarozida 2g kaliy bixromatning maydalangan kukunidan tortib oling va stakanchaga (50 ml) soling. Unga 10 ml distillangan suv quying. Stakanchani asbest to‘rga qo‘yib, tuz to‘liq eriguncha qizdiring. Olingan tiniq eritmani uy temperaturasigacha soviting. Eritma sovitilgandan keyin nima bo‘ladi? Kuzatilgan hodisani tushuntiring. Ajralib chiqqan kristallar stakan tubiga to‘liq cho‘kkandan keyin va cho‘kma ustiga, ustidagi eritma mutlaqo tiniq bo‘lganda, oz miqdordagi (2 ml) shu eritma bilan quruq katta probirka (10 ml) chayqaladi va unga eritma quyiladi. Bunda probirkaga kristallarning tushmasligiga e’tibor bering. Eritma temperaturasini o‘lchang. Ayni temperaturada bu eritmani to‘yingan eritma deyish mumkinmi? Texno-kimyoviy tarozida byuksni torting, quruq pipetka bilan probirkadan 3 ml eritma oling va byuksga quying. Byuksni eritma bilan tortib, quritish shkafiga o‘rnating va 900S da suvi to‘liq bug‘languncha qo‘ying. Keyin temperaturani 1500S ga ko‘taring va tuzni 30 min. davomida qizdiring. SHundan keyin byuksni tuzi bilan eksikatorda uy temperaturasigacha soviting va torting. Bu jarayonni 1500S da qaytaring va yana byuksni tuzi bilan torting. Quritish va tortishda bir xil natija olgunga qadar jarayon qaytariladi. Tajriba natijalari quyidagi shaklda yoziladi: To‘yingan eritma temperaturasi - t 0C Eruvchanlikni aniqlash uchun olingan eritma xajmi-V, ml Byuks massasi - g1, g Byuksning eritma bilan massasi - g2 , g Bixromat eritmasining massasi - g3 = g2 - g1, g Byuksning quruq tuz bilan massasi, 1- tortish g4, g 2- tortish g4II, g Quruq bixromat og‘irligi - g5 = g4- g1, g Olingan natijalar asosida bixromatning to‘yingan eritmasi (eruvchanligi) konsentratsiyasini foizlarda va mol/litrlarda hisoblang, eritmaning zichligini areometr yordamida anqlang. To‘yingan eritmalar tayyorlash. Eritmalar erigan moddalar konsentratsiyasiga qarab, to‘yingan, to‘yinmagan va o‘ta to‘yingan bo‘ladi. Tarkibida erimay (cho‘kmada) qolgan modda erigan modda bilan muvozanat holatda bo‘lgan eritmalar ayni temperaturada to‘yingan eritmalar deyiladi. Eritmaning to‘yinganlik darajasi uning konsentratsiyasi bilan o‘lchanadi. Bu konsentratsiya, ko‘pincha , eruvchanlik koeffitsenti bilan ya’ni 100g erituvchiga to‘g‘ri keladigan erigan moddaning gramlar soni bilan ifodalanadi. Konsentratsiyasi ayni temperaturada to‘yingan eritmaning konsentratsiyasidan kam bo‘lgan eritma to‘yinmagan eritma deyiladi. Konsentratsiyasi ayni temperaturada to‘yingan eritma konsentratsiyasidan ortiq bo‘lgan eritma o‘ta to‘yingan eritma deyiladi. Mis sulfat va natriy tiosulfat tuzlarining eritmalarini tayyorlash. Kichkina (50 ml) stakanchaga 20 ml distillangan suv quying. Stakanchani kattaroq suvli stakanga yoki suvli kristallizatorga tushiring va suv temperaturasini o‘zgarmas 20 yoki 250S ga keltiring. Soat oynasiga oldindan tortib qo‘yilgan mis sulfat kristallaridan oz-oz solib tuz batamom erib ketguncha shisha tayoqcha bilan aralashtiring. Stakanchaning tagida ozgina tuz erimay qolguncha, mis sulfat qo‘shing va chayqatishni davom ettiring. Stakanchani suvdan chiqarib, tagidagi tuz erib ketguncha qizdiring va tuz batamom erib ketgandan so‘ng stakanchani sovitib, yana suvli stakanchaga tushiring. Ma’lum vaqtdan so‘ng yana cho‘kma hosil bo‘lishini kuzating. Mis sulfatning sovuq va issiq suvda eruvchanligi to‘g‘risida xulosa chiqaring. Nima uchun issiq eritma dastlabki temperaturagacha sovitilganda cho‘kma tushadi? SHunday tajribani natriy tiosulfat tuzi bilan ham bajaring. Download 17.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling