Eritmаlаr хоssаlаri. Gоmоgеn vа gеtеrоgеn sistеmаlаr. Eritmаlаr kоnsеntrаsiyasini ifоdаlаsh usullаri


VI.8. Biologik sistemalarda osmos va osmotik bosimning ahamiyati


Download 202.98 Kb.
bet9/9
Sana04.01.2023
Hajmi202.98 Kb.
#1078050
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Eritmаlаr хоssаlаri. Gоmоgеn vа gеtеrоgеn sistеmаlаr. Eritmаlаr kоnsеntrаsiyasini ifоdаlаsh usullаri.

VI.8. Biologik sistemalarda osmos va osmotik bosimning ahamiyati.
Osmos hodisasi ko’pgina kimyoviy va biologik jarayonlarda muhim ahamiyatga ega. Osmos xujayra va xujayralararo tuzilishga suvning kirishini ta’minlashda va organlarning aniq shakllarini saqlashda osmotik bosim katta rol o’ynaydi.
Odamning biologik suyuqliklari-qon, limfa, to’qimalardagi suyuqliklar – NaCl, KCl, CaCl2 larning va oqsil, uglevodlar, nuklein kislotalar hamda eritrotsit, leykotsit, trombotsitlarning suvdagi eritmalaridir. Ularning umumiy ta’siri biologik suyuqliklarning osmotik bosimini belgilaydi.
Odam qonining osmotik bosimi 370 С da 780 kPa (7,7 atm) ni tashkil etadi. Xuddi shunday bosimni 0,9 % li NaCl ning suvli eritmasi ham hosil qiladi. Shuning uchun bu eritma qon bilan izotonik bo’ladi (fiziologik eritma).
Osmos hodisasi tibbiy amaliyotda keng ishlatiladi. Masalan: jarrohlikda gipertonik bog’ich (NaCl ning 10% li gipertonik eritmasi bilan ho’llangan doka) keng ishlatiladi. Osmos qonuniga muvofiq jarohatlardagi suyuqlik marli orqali tashqariga chiqadi, buning natijasida jarohat yiringdan doimiy tozalanadi. Achchiq tuz MgSO4∙7H2O va glauber tuzi Na2SO4∙10H2O ning surishtiruvchi ta’siri ham osmos hodisasiga asoslangan.
Masalalar
1. 250C da suv bug’larining to’yingan bug’ bosimi 3,166 kPa ga teng. Shu temperaturada 5 % li karbamid (CO(NH2)2) ning suvdagi eritmasi ustidagi to’yingan bug’ bosimini aniqlang.
Yechish: P1=N1∙P0 dan erituvchining mol ulushi (N1) ni hisoblash mumkin. 100 g eritmada 5 g CO(NH2)2 (M=60) va 95 g suv (M = 18) bor. Karbamid va suvning miqdorlari mos ravishda:
n2 = mol; n1 = mol ga teng. .
Demak, P1=0,985∙3,166=3,119 kPa.
2. Tarkibida 250 g suv va 54 g glukoza (C6H12O6) bo’lgan eritma qanday temperaturada kristallanishini hisoblang. KKr=1,86.
Yechish: м; ∆tmuz= K∙Cм dan tmuz=1,86∙1,2=2,230C.
Demak, eritma -2,23oC da muzlaydi.
3. 100 g dietil efirda 8 g noma’lum modda eritilishidan hosil bo’lgan eritma 36,860C da qaynaydi. Toza efirning saynash temperaturasi 35,60C ga teng bo’lsa, erigan moddaning molekular massasini aniqlang. Keb=2,02.
Yechish: ∆tqay=36,86–35,6=1,260C
∆tqay=Keb∙Cм dan dan g/mol.
4.17,64 g noelektrolit modda suvda eritildi va eritmaning hajmi 1000 ml gacha etkazildi. Bunda erimaning osmotik bosimi 200C da 2,38∙105 Pa ga teng bo’ldi. Noelektrolitning molyar massasini aniqlang.
Yechish: g/mol.
5. 12.42 g modda namunasi 500 ml suvda eritildi. Olingan eritmaning bug’ bosimi 200C da 3732,7 Pa ga teng. Shu temperaturada suv bug’larining bosimi 3742 Pa ga teng bo’lsa, erigan moddaning molyar massasini aniqlang.
Yechish: ; ∆P = 3742 – 3732,7 = 9,3 kPa.
mol; u holda erigan moddaning molyar soni
mol. dan g/mol.
6. Molyar konsentrtsiyalari 0,1; 0,8; 0,025 mol/l bo’lgan noelektrolit eritmasining osmotik bosimi 00C da nimaga teng ?
Yechish: Hamma 1 mol/l konsentratsiyali noelektrolit eritmalarining osmotik bosimi 00C da bir xil ya’ni 22,7∙104 Pa bo’ladi. Demak, berilgan konsentratsiyali noelektrolit eritmalarining osmotik bosimi mos ravishda 2,27∙105; 1,82∙106; 2,67∙10 4 ga teng.
7.125 g suvda 0,85 g rux xlorid eritilishidan hosil bo’lgan eritma -0,230C da muzlaydi. Rux xloridning dissotsilanish darajasini hisoblang. .
Yechish: mol.
; ; dan .
8. 100 g suvda 12 g NaOH eritilganda qaynash temperturasi 2,650C ga oshdi. NaOH ning dissotsilanish darajasini toping. Esuv=0,52
Yechish: dan ; yoki 70%.
9. Tarkibida 0,6 mol noelektrolit modda bo’lgan 500 ml eritmaning osmotik bosimi 270C da nechaga teng. J: 7,98∙105 Pa.
10. Mochevina ((NH2)2CO) eritmasining osmotik bosimi 00 da 68∙105 Pa ga teng. 1 l eritmadagi mochevina massasini toping. J: 18 g.
Download 202.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling