Eritmalarni bosimga bog’liqligi


-misol. 250 ml 0,1 n eritma tayyorlash uchun zichligi 1,037 ml bo’lgan 40% li sulfat kislota eritmasidan qancha olish kerak? Yechish


Download 0.62 Mb.
bet8/20
Sana17.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1552312
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
ERITMALARNI BOSIMGA BOG’LIQLIGI

2-misol. 250 ml 0,1 n eritma tayyorlash uchun zichligi 1,037 ml bo’lgan 40% li sulfat kislota eritmasidan qancha olish kerak?
Yechish.
Shunga ko’ra: 1000 ml eritmada 4,9 g H2SO4 bor
250 ml eritmada x g H2SO4 bor

d=1,307 g/ml bo’lgani uchun 1ml sulfat kislotaning massasi 1,307 grammga teng bo’lishidan foydalanib, 1,307 g 40% li sulfat kislota eritmasida qancha sof H2SO4 borligini topamiz:
1,307 g 100%
x 40%
1,225 g sof H2SO4 necha millilitr 40% li sulfat kislota eritmasi tarkibida bo’lishini hisoblaymiz:

1 ml eritmada 0,5228 g H2SO4 bo’lsa
x ml eritmada 1,225 g H2SO4 bor

Demak, 250 ml 0,1 n eritma tayyorlash uchun zichligi 1,307 g/ml bo’lgan 40% li eritmadan 2,34 ml olish kerak.
Titr konsentratsiya. Analitik kimyoda eritmaning konsentratsiyasi titr bilan ham ifodalaniladi.
Eritmaning 1ml da bo’lgan erigan moddaning gramm hisobidagi miqdori titr (g/ml) deyiladi. Eritmaning titri T harfi bilan belgilanadi.
Eritmaning normal konsentratsiyasi bilan uning titri o’rtasida quyidagicha bog’lanish bor.

Bunda T – titr, Cn - eritmaning normalligi, E - erigan moddaning gramm –ekvivalenti
Masalan, 0,1 n eritmaning titri

Agar eritmaning va unda erigan moddaning aniq tortib olingan massasi ma’lum bo’lsa, eritmaning titri modda massasi (m) ni shu eritmaning (V) ga bo’lish orqali aniqlanadi.

Masalan sodaning 100 ml eritmasida 0,256 g Na2CO3 erigan bo’lsa, eritmaning titri:


Osmos hodisasi. Vant-Goff qonuni
Eritmalardagi erigan modda va erituvchining zarrachalari tartibsiz harakati tufayli eruvchi modda erituvchining butun hajmi bo’yicha bir tyekisda taqsimlanadi. Agar silindrga qandning kontsentrlangan eritmasini qo’yib, uning ustiga ehtiyotlik bilan suyultirilgan qand eritmasini solsak, qandning kontsentrlangan eritmadan suyultirilgan eritmaga o’tishi, suvning esa suyultirilgan eritmadan kontsentrlangan eritmaga o’tishi yuz beradi, har bir modda o’zining kontsentratsiyasi kam bo’lgan tomonga o’ta boshlaydi. Ana shunday moddalarning o’z-o’zidan o’tishiga, ya'ni ular kontsentratsiyasining tenglashishiga olib keluvchi jarayon diffuziya deb ataladi.
Agar shisha silindrga KMnO4 ning eritmasini quysak va unga chayqatmasdan turib, suv qo’shilsa, diffuziya hodisasini kuzatish mumkin. Avval keskin chegara kuzatiladi, lekin sekin-asta chegara yo’qola boshlaydi; bir necha vaqtdan keyin erigan modda erituvchining butun hajmi bo’yicha bir tekis taqsimlanadi va butun suyuqlik bir xil rangga ega bo’lib qoladi.
Ko’rib chiqilgan misolda erituvchi va eruvchi modda zarrachalari qarama-qarshi yo’nalishda diffuziyalanadi. Bu jarayonni ikki yoqlama diffuziya deyiladi.
Agar ikki eritma orasiga erituvchi o’ta oladigan, lekin eruvchi modda o’ta olmaydigan to’siq parda quyilsa, ahvol boshqacha bo’ladi. Bunday pardalar yarim o’tkazgich pardalar deb ataladi, ular tabiatda ham uchraydi va sun'iy yo’l bilan ham hosil qilinadi. Masalan, mis kuporosi eritmasi shimdirilgan g’ovak sopol silindr kaliy geksasiano(II)-ferrat K4[Fe(CN)6] eritmasiga tushirilsa, silindr g’ovaklariga mis geksasiano(II)-ferrat cho’kib qoladi. Shunday yo’l bilan ishlangan silindr yarim o’tkazgich parda xossasiga ega bo’lib qoladi. Shunday silindrga shakar eritmasi solib, suvga botirilsa, faqat suv molekulalarining o’tishi hisobiga sopol idishdagi eritmaning hajmi ko’paya boshlaydi, undagi qandning kontsentratsiyasi kamaya boshlaydi. Yarim o’tkazgich parda orqali bo’ladigan bunday bir yoqlama diffuziya osmos deb ataladi.
Vant-Goff o’z nazariyasini qonun tarzida ta’rifladi: agar erigan modda eritma temperaturasida gaz holatida bo’lib, eritma hajmiga baravar hajmni egallasa, bu gazning bosimi eritmaning osmotik bosimiga teng bo’ladi.
Bu qonun eritmalarining osmotik bosimi, konsentratsiya va absolyut temperaturagagina bog’liq bo’lib, eruvchi modda tabiatiga bog’liq emasligini ko’rsatadi.
Turli eritmalarning osmotik bosimini o’lchash natijasida osmotik bosim qiymati eritma kontsentratsiyasi va uning haroratiga bog’liq ekanligi, lekin erigan modda va erituvchining tabiatiga bog’liq emasligi aniqlandi. 1886 yilda golland olim Vant-Goff elektrolit bo’lmagan moddalarning uncha yuqori bo’lmagan kontsentratsiyali eritmalarining osmotik bosimini kontsentratsiya va haroratga bog’liqligini ifodolovchi tenglamani keltirib chiqardi (Vant-Goff qonuni):
P=CRT;
P-eritmaning osmotik bosimi, kPa, C- eritmaning molyar kontsentratsiyasi, mol/l, R - gazlarning universal doimiyligi, 8,314 J/mol, T- eritmaning absolyut harorati (273+t0C).

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling