Erk yo’lida to’kilgan qon


Download 20.49 Kb.
Sana17.04.2020
Hajmi20.49 Kb.
#99867
Bog'liq
maqola


“Erk yo’lida to’kilgan qon”

Oybek tirik hamon,u ko’kda hilol,

U-shamol,bog’larda hamon yeladir.

U meni chorlagan oydin bir xayol,

Ko’kdagi Qahkashon uning yo’lidir.

Xurshid Davron.

“Qutlug’ qon” romani til va badiiy mahorat jihatdan diqqatga sazovordir.Asarda adib obraz yaratishda psixologik tahlil san’atidan,xalq tili boyliklaridan ustalik bilan foydalangan.Shunga ko’ra romandagi har bir obrazning o’z ichki va tashqi dunyosi bor,o’z xarakter va individual tili bor.Masalan,asar haqida fikr yuritgan olim Homil Yoqubov shunday degan edi:”Badiiy asarda personaj nutqi singari muallif nutqi ham aniq va obrazli bo’lishi,milliy tarovat bilan bezangan,davr ruhi bilan sug’orilgan b’lishi shart.Bu jihatdan romanning tili ibratlidir”.

Bundan tashqari,yozuvchi yozuvchi xalq maqol va hikmatli so’zlar darajasida turuvchi “Yer sotgan – er bo’lmaydi,er – yer sotmaydi”,”Jabrning to’qmog’iga toqat yo’q”,”Xalq o’z ishini o’zi biladi”,”O’tinsiz qozon qaynamaydi”singari sermazmun,chiroyli jumlalar va obrazli iboralar yaratgan.

Kezi kelganda shuni ham aytish kerakki,roman ayrim qusurlardan ham holi emas.Asarda o’sha davr taqazosiga ko’ra sotsialistik realizm talabiga binoan rus inqilobchisi Petrov obrazi sun’iy ravishda kiritilgan,uning Yo’lchiga ko’rsatgan ta’siri ideallashtirilgan.Abdushukur obrazi esa bir tomonlama tasvirlanganligicha qolgan.

Roman asosida yotgan ziddiyat chizig’i , asosan, Yo’lchi bilan Mirzakarimboy o’rtasida tortilib,boshqa personajlar bu har ikkalasi tevaragida guruhlasha boshlaydilar.Adib go’yo tog’a bilan jiyan o’rtasida boshlangan bu “xonaki”ziddiyatni shunday mahorat bilan tasvir etib boradiki,u pirovardida 1916-yil qo’zg’oloni voqealari bilan uzviy ravishda tutashib ketadi.Shu ma’noda romanning asosiy qahramonlari butun o’zbek xalqi uchun ahamiyatli bo’lgan katta ijtimoiy masalalarni olg’a sura oluvchi kuchga aylanadilar.

Oybek bu romanni qatag’on avj olgan mash’um 1937-yillarda yoza boshlagan.Zarifaxonim shunday xotirlaydi: “ Oybek…butun yoz ichi bog’dan chiqmay ijod qildi.Oybek buyuk iroda egasi edi.Shuning uchun ham u o’ta tahlikali va fojeali kunlarda,g’urbat yutib kechirilgan hayotda “Qutlug’ qon”day go’zal va o’lmas asarni yaratdi”.

Adib “Bu romanni yozishda men hech qanday manba,materiallar to’plamadim,chunki bu asarni men yozish uchun bolaligimdan hayotni kuzatishni sevganligimdanmi,ko’nglimdan,xotiramdan “Qutlug’ qon “romani quyilib kelaveribdi.Romanni qisqa fursatda yozib tugatdim”-degan edi.

Shunga ko’ra romanda o’zbek xalqining 1917-yil to’ntarish arafasidagi og’ir hayoti,ozodlik yo’lida olib borgan kurashlari keng va atroflicha tasvirlangan.

Romanning bosh qahramoni Yo’lchi yangi hayot kurashchisi sifatida shakllana boshlagan o’zbek mehnatkashi obrazidir.U dinamik tarzda tadrijiy o’sishda aks ettirilgan.Asarda Yo’lchining halol va pokligi,sof vijdoni va samimiyligi,rostgo’yligi,mardligi,kamtarligi,mardligi,insonparvarligi,sevgiga va do’stga sodiqligi,onasiga va singlisi Unsinga mehribonligi va boshqa xislatlari yorqin ochib berilgan.U shahardagi qarindoshlaridan mehr-u muruvvat kutadi,kunda kavlash,beda o’rish singari kuch talab etiladigan og’ir ishlardan ham,mehmonlarga xizmat qilishday yumushlardan ham og’rinmaydi.Adib asl inson qanday tabaqadan chiqqan bo’lishiga qaramay,uni yengib bo’lmasligini aks ettiradi.

Yo’lchining zulmga,zo’rlikka qarshi qo’zg’algan xalqqa qo’shilishi ham,bu to’daning yetakchisiga aylanishi ham uning tabiatidagi kurashchanlik va adolatga tashnalik tuyg’usidan.Hazrati Temurning : “Kuch – adolatda “, - degan hikmati bejiz emas.To’g’ri,Yo’lchi maqsadiga erisholmadi,u bosh qo’shgan kurash g’alaba bilan tugamadi.Lekin Yo’lchi haq yo’ldan qaytmagani,vijdoniga,imoniga xiyonat qilmagani,ezgulikka ishonib,uni qaror toptirishga intilib yshagani bilan tirikdir.Yozuvchi Yo’lchining har bir harakatini,har bir holatini psixologik jihatdan asoslab bergan.Bundan kelib chiqib aytish mumkinki,yuqoridagi sanab o’tilgan fazilatlarni o’zida aks ettirish bugungi kunimiz yigitlarining barchasi uchun haqiqiy namuna bo’lib xizmat qila oladi.

“Qutlug’ qon”romanida xotin-qizlarning rang-barang obrazlari berilgan.Ular orasida,ayniqsa Gulnor timsoli o’quvchida katta taassurot qoldiradi.Adib Gulnor obrazi orqali xotin-qizlarning achchiq taqdirini,fojiali qismatini umumlashtirib tasvirlab bergan.Gulnor-sodda va samimiy inson,uning o’zi ham,axloq-odobi ham go’zal.Ammo Gulnor- huquqsiz.Shu sababli ham u Yo’lchini jondan ortiq sevgani holda qari chol Mirzakarimboy bilan turmush qurishga majbur bo’ladi.Bunda uning ota-onasining oldidagi farzandlik burchi va vazifasi ham yo’l qo’ymaydi.Romanda Gulnorning kechinmalari,turli ruhiy psixologik holatlari yorqin bo’yoqlarda tabiiy va jonli qilib ifodalangan.U o’layotgan chog’ida ham boylarning zulmidan nolib,sevgilisi Yo’lchini eslaydi,uning oxirgi gaplari quyidagi jumlalarda juda ta’sirli qilib keltirilgan:” – Aniq u…Umrim zaharlangandi,endi qutulaman.Bular hammani zaharlaydi.U qamoqda…Hammani zaharlaydi bular,hammani.Oyi,o’laman.Yo’lchini ko’rmadim-armonim shu,oyi,kechiring…”

Gulsumbibi-Gulnorning onasi.U-mushfiq,mehribon ona.Gulsumbibi har narsadan odamgarchilikni ustun qo’yadi,qizini tushunadi.U boyning mulkiga uchmaydi,qizini Mirzakarimboy xotinlikka olmoqchi ekanini eshitgach ruhan qiynalib ich-ichidan eziladi.Uning yuragi qanchalik iztirobda bo’lmasin,lekin u endi qizining ko’z-yoshlarini tindirish uchun faqat nasihat qiladi,yupatadi.Shu o’rinda uning quyidagi jumlasini keltirib o’tishning o’zi kifoya qiladi:”Bu dunyoda alamzada,dardkash bo’lgan xotinlarni qiyomatda Bibi Fotimaning o’zlari jannatga boshlar ekanlar”.

Gulsumbibi obrazida o’sha davr onalariga xos itoatkorlik ham,zahmatkashlik va mehribonlik ham yorqin aks etgan.

Romanda ayniqsa,Mirzakarimboy obrazi ustalik bilan puxta ishlangan.U – aqlli,tadbirkor shaxs,biroq qilmishlari - jirkanchli,niyati-buzuq.Mahalla baqqolining o’g’li bo’lgan Mirzakarimboy halollik bilan emas,balki qorovul-u xizmatkorlarni shafqatsizlarcha ishlatib,ularning ish haqiab urib qolish orqali mashhur boy darajasiga ko’tarilgan.Uning ma’naviy dunyosi esa butunlay inqirozga yuz tutgan.U moddiy yordamga muhtoj qarindoshi Xushro’ybibi haqida yomon so’zlar aytadi.Yo’lchiga: “…odam bo’lmoqchi esang,onang zoriga quloq solma!”-deya nasihat qiladi.U hatto jiyanining sevgilisi-nabirasi qatori qiz Gulnorga uylanishdan ham tortinmaydi.Yuqorida aytib o’tilgan fikrlarning o’ziyoq uning shaxsini to’la-to’kis ochib berish uchun yetarli deyishimiz mumkin.

Mirzakarimboyning “falsafa”siga ko’ra: “Pul-hamma narsaning otasi.Pul-belga quvvat,boshga toj.Puldor odam-qanotli odam.Bu qanot bilan Mag’ribdan Mashriqqa uchasan,har yerda oshna-og’ayni,do’st-yor topasan.Men do’stlarga sira ishonmayman”.Shuningdek, u: “ Xotin – erning quli,xotinning ko’ngliga,ra’yiga qarab ish qilgan erkak-odam emas”-deydi.

Yuqorida keltirilgan misollardan Mirzakarimboyning yirtqich qiyofasi,uning odamgarchilikdan butunlay mahrum ekanligi yaqqol anglashiladi.

Asarda epizodik obrazlardan Gulandon,Tursunoy,Oysara,Sharofat,Mariya,Robiya xola,Saodat kampir,Anna Mariya,Lutfiniso va Nuri kabi obrazlar mavjud.Bu obrazlarning har birining tabiati,o’ziga xos ma’naviy qiyofasi,xatti-harakati va tashqi ko’rinishi jihatdan bir-biridan yaqqqol farq qiladi.

Romandagi Gulandon obraziga to’xtaladigan bo’lsak,bu obraz avval obraz bo’lib,keyinchalik taqdir taqazosi bilan boshidan ko’p qiyinchiliklarni kechirib,yaxshi-yomon odamlarga duch kelib,oxir hammasiga qo’l siltab hayot kechirish uchun buzuqlik yo’liga kirib ketgan bir obraz sifatida ko’ramiz.

Tursunoy va Sharofat obrazlari esa qaynonasi singari kambag’allarga past nazar bilan qarovchilar bo’lib,Gulnorni ham umuman xushlamaydigan obrazlardir.



Zotan yozuvchi har bir obrazning o’z fe’l-atvoriga,o’z ruhiyatiga xos bo’lgan shunday qiliq va harakatlarni topib ishlatadiki,bular shu vaziyatga butunlay mos tushadi va g’oyat tabiiy tarzda namoyon bo’ladi.Shunga ko’ra ham,obrazlarning tilidan uning kimligi,ong tushunchasi,ichki va tashqi tushunchasini ham yaqqol anglashimiz mumkin bo’ladi.
Download 20.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling