Erkak va ayollar uchun qanday asabni tinchlantirish choralari mavjud
Download 9.74 Kb.
|
Asabni tinchlantiruvchi usullar
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEZDA ASABNI TINCHLANTIRUVCHI USULLAR
402-guruh talabasi Usenova Gulzira ERKAK VA AYOLLAR UCHUN QANDAY ASABNI TINCHLANTIRISH CHORALARI MAVJUD Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, erkaklar va ayollar stressli holatlarga nisbatan biroz turlicha reaktsiya qiladilar, mos ravishda stressni yengish usullari ham bir-biridan farq qiladi. Ayollar uchun his-tuyg’ulariga erk berish, biroz yig’lab olish kifoya qilishi mumkin. Ko’pgchilik ayollarga xaridlar qilish, dugonalari bilan suhbatlashish, shirinliklar tayyorlash va iste’mol qilish taskin beradi. Ushbu maslahatlar erkaklarga doim ham yordam bera olmaydi. Hech bo’lmaganda erkaklar uchun ko’z yosh to’kish odatiy hol emasligi inobatga olinsa. Bu holda eng yaxshi yechim jismoniy mashqlar bajarish yoki dush qabul qilishdir. TEZDA ASABNI TINCHLANTIRUVCHI USULLAR Albatta, asab tizimini asta-sekin mustahkamlash kerak. Ammo, hatto eng sovuqqon odam ham stressga qarshi immunitetga ega emas, u kishini eng nomaqbul vaqtda va eng noo’rin muhitda bezovta qilishi mumkin. Bunday hollarda vaziyatni qo’lga olish uchun psixologlar bergan quyidagi tavsiyalarga rioya qilish mumkin. Ular bir necha daqiqada salbiy his-tuyg’ulardan xalos bo’lishga yordam beradi. Tushkunlikdan halos bo’lish→ 1-USUL Dastlab qulay o’tirib olish va bo’shashish kerak. Agar o’tirish imkoni bo’lmasa, ushbu usulni tik turgan holda ham qo’llash mumkin. Ammo bu holda jismonan bo’shashish qiyinroq kechadi. Ushbu usulning mohiyati tasavvurda. Olimlar va psixologlarning fikriga ko’ra, o’zida suv va oq rangni birlashtiradigan tasvirlar asab tizimini tinchlantirishning eng yaxshisi usuli ekan. Shu sababli, qulay o’rnashgach, ko’zlaringizni yuming va tinchlaning. Nafasni normallashtirishga harakat qiling, u ham tinch va sokin bo’lishi lozim. Hayolan oq muhitda ustingizdan oqayotgan suvni tasavvur qiling. U boshdan quyilib, butun tana bo’ylab oqadi, keyin esa oyoq ostiga quyiladi. Oyoqlar ostida suv ketadigan yo’lakcha bor. Suv bilan birga barcha muammolar va salbiy fikrlar yuvilib ketayotganini tasavvur qiling. Siz o’zingizni quvnoq va tetik his qilmoqdasiz. Xush yoqimli suv allaqachon tashvishlarni yuvib ketdi. Oxirida, ko’zlarni ochmasdan chuqur nafas oling, so’ng ko’zlarni ochib, ishlarda davom eting. 2-USUL Bu holatda ham suv yordamga keladi. Ammo bu safar hayoliy emas, balki haqiqiy. Uyda yoki ish joyida vannaxonaga kirib, yolg’iz qoling. Tananing erkinligini cheklaydigan narsalardan halos bo’ling: bo’yinbog’ni bo’shating, ko’ylakning yuqori tugmasini oching. Suv jumragini oching va nafasni me’yorga keltiring. Keyin sovuq suv ostida qo’llarni namlang. Asta sekin barmoqlaringiz bilan bo’yiningizni massaj qila boshlang. Buni barmoqlarning nam uchlarini tegar-tegmas qilib bajaring. So’ng asta-sekin kuchni oshiring. Kuch maksimal darajaga borgach, bosimni yana asta-sekin kamaytira boshlang. Ushbu oddiy massaj tugagach, qo’llarni yuvib tashlang. Keyin bo’yinni sovuq suv bilan yengil artib oling. Suv o’zi bilan barcha salbiyl his-tuyg’ularni olib ketganini his eting. Endi chuqur nafas olib, o’zingizni tartibga keltiring. 3-USUL O’zingiz bilan yolg’iz qoling. Chuqur nafas oling va keskin chiqaring. Dag’al sochiq, mato parchasi yoki choyshab oling. Mato qanchalik qattiq bo’lsa, shunchalik yaxshi. Muhimi u quruq bo’lishi kerak. Ikkala qo’lingiz bilan sochiqni mahkam ushlang va bor kuch bilan uni g’ijimlay boshlang, huddi yuvayotgandagi kabi. Barcha mushaklarni maksimal darajada zo’riqtirgan holda bajaring. Zo’riqish cho’qqisiga yetganini his etgach, birdaniga tinchlaning. Qo’llar bir zumda ozod bo’lishi kerak. Bunda sochiq qo’llardan yerga tushib ketishi mumkin. Ayni lahza mutlaq sokinlikni his eting va barcha mushaklarni bo’shashtirib, xotirjam bo’ling. Tushkun fikrlar ham o’tib ketganini anglab yeting. Download 9.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling