Erkaklar jinsiy organlari


Download 209.34 Kb.
bet4/4
Sana23.01.2023
Hajmi209.34 Kb.
#1113516
1   2   3   4
Bog'liq
7 mavzu Inomxo‘jayev 2

Urug‘ otuvchi yo‘llar

  • Urugʻ sochuv majmui urugʻ pufakchasi chiqaruv yoʻli va urugʻ chiqaruvchi yoʻllarning majmuidan iborat. Uzunligi 2 sm keladigan bu juft aʻzoning ich qismi urugʻ chiqaruv yoʻlining ichidan ikki baravar kichik. Yuqorida taʻkidlaganimizdek, urugʻ sochuv majmui nuqtadek tirqish tarzida urugʻ doʻmboqchasi shilliq kavatiga ochiladi. Urugʻ sochuv yoʻlining chiqaruvchi yoʻllardan ancha torligi bois, bu erdan urugʻ chiqishida katta bosim imkoniyati yaratiladi. Natijada bu aʻzodagi asab tolalarining reseptorlari kuchli taʻsirlanib, inzol, yani lazzatlanish jarayoni roʻy beradi. Urugʻ doʻmboqchasi — peshob chiqaruv kanalining prostatik qismi orqa devorida tepachadek turtib chiqib turadigan aʻzo. Uning uzunligi 9 mm, balandligi 3–4 mm, eni 3 mm.ni tashkil etadi. Bu aʻzo goʻyoki urugʻ sochuv yoʻlining klapani xisoblanadi. Urugʻ doʻmboqchasida aylana mushak tolalari yigʻilgan boʻlib, yopiluvchi sfinkter, yaʻni spermatik jomni hosil qiladi. Bu joyda juda ham koʻp asab tolalari mavjud. Urugʻ doʻmboqchasi orqa miyadagi shahvoniy markazlarning birlamchi reflektor qoʻzgʻalishida xam sezuvchi reseptiv hudud sifatida muhim oʻrin tutadi. Maʻlum bir bosqichlarga kelib, spermatik jom mushak tolalari boʻshashishi natijasi oʻlaroq eyakulyatsiya (shahvat chiqishi) va orgazm (lazzatlanish) roʻy beradi. Demak, urugʻ doʻmboqchasi jinsiy qoʻzgʻalish, shahvat chiqishi va lazzatlanish jarayonlarida muhim rol oʻynaydi. Hayotda urugʻ doʻmboqchasining kattalashgan anomal koʻrinishi ham uchrab turadi. Bunday anomal holat peshob chiqishini qiyinlashtiradi.

Prostata bezi 1.Oxirgi bo‘limi 1.1 bir qavatli ustunsimon Epiteliy 1.2 burmalar 1.3 divertikul 1.4 sekret bo‘shlig‘i 1.4.1 prostata konkretsiyasi 2 stroma biriktiruvchi to‘qimasi 3Silliq miotsit tutamlari

Siydik chiqarish kanali

  • Peshob chiqaruv kanali (uretra) 18-22 sm uzunlikdagi naysimon aʻzo boʻlib, olat boshidagi tashqi teshikdan to peshob qopining ichki sfinkterigacha davom etadi. Anatomik jihatdan bu aʻzoda ichki — prostatik, oʻrta membranoz va tashqi kavernoz qismlar tafovut qilinadi. Klinik jihatdan esa old uretra (tashqi teshikdan to peshob qopi tashqi sfinkterigacha) va orqa uretra (peshob qopi tashqi sfinkteridan siydik chiqaruv kanali ichki teshigigacha) tafovut qilinadi.
  • Peshob chiqaruv kanalining oʻz bezlari mavjud. Jumladan, uretraning prostatik va membranoz qismlari chegarasida bulbouretral, yaʻni Kuper bezlari qaror topgan. Shuningdek, kanal shilliq qavatida Littre nay — alveolyar bezlari ham mavjud boʻlib, ishqoriy muhitli, shaffof suyuqlik ishlab chiqadi. Bu sekretlarning tashqariga chiqishi qoʻzgʻalganda koʻpayadi. Shu bilan bir qatorda uretrada betartib tarzda joylashgan Morgani bezlari ham mavjud. Peshob chiqaruv kanali tashqi teshigi yaqinida olat kertmaginiig Tinzoni bezlari joylashgan. Bu bezlar oʻziga xos hidli, oqish, yogʻsimon sekret, yaʻni smegma ishlab chiqadi. Peshob chiqaruv kanalining bezlari quyidagi ikki vazifani bajaradi.
  • Ishqoriy suyuqlik ishlab chiqib, peshobning kislotali muhitini neytrallashtirib turadi.
  • Kanalniig shilliq qavatini namlab, spermatozon hujayralar oʻtishiga qulay sharoit yaratadi.
  • Urugʻ tizimchasi moyaklar va qov kanalini bogʻlab turadi. Bu aʻzoni yorgʻoq ildiz qismida 1 sm yoʻgʻonlikdagi yumshoq arqon tarzidaligini paypaslaganda ilgʻash mumkin. Urugʻ tizimchasi tarkibiga urugʻ chiqaruv yuli, moyakni koʻtaruvchi mushak hamda tomirlar va asab tolalari kiradi

E‘tiboringiz uchun rahmat


Download 209.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling