Erkaklar jinsiy organlari


Download 209.34 Kb.
bet1/4
Sana23.01.2023
Hajmi209.34 Kb.
#1113516
  1   2   3   4
Bog'liq
7 mavzu Inomxo‘jayev 2

Erkaklar jinsiy organlari

Toshkent tibbiyot akademiyasi

1-davolash fakulteti 205 A talabasi

Inomxo‘jayev Ayyubxo‘ja

2023-yil 12-yanvar

Jinsiy organlar

  • Erkaklik jinsiy aʻzolari - o‘z navbatida ikki xil bo‘ladi tashqi va ichki a‘zolarga bo‘linadi. Ichki jinsiy a‘zolarga moyak, moyak ortig‘i, prostata, urugʻ bezlari, urug‘ olib keluvchi nay, bulbouretral bezlari va urug‘ tizimchasi kiradi. Tashqi tanosil a‘zolariga esaerlik olati va yorg‘oq kiradi. Moyaklar — yorgʻoq ichida joylashgan kabutar tuxumidan yirikroq, oval shaklli juft aʻzo. Har bir moyak yetti qavat bilan oʻralgan boʻlib, urugʻ tizimchasiga osilgan tarzda turadi. Urugʻ tizimchalari orqali esa urugʻ chiqaruv yoʻlagi, qon, limfa tomirlari, asab va mushak tolalari oʻtadi. Moyaklar ichida uzun, ingichka oʻram tarzidagi urugʻ kanalchalari mavjud. Ular hajman moyakning yarmidan koʻprogʻini tashkil etadi. Moyaklar qattiq qobiq bilan oʻralgan boʻlib, u oʻz navbatida nursimon tusda aʻzo ichiga kiradi va tilimsimon boʻlmachalarning paydo boʻlishiga olib keladi. Ushbu boʻlmachalar ichini urugʻ kanalchalari toʻldirib, 250-300 nafarga etadigan mitti tilimlarni hosil qiladi. Urugʻ kanalchalarining devorlarida maniy hamda Sertoli tayanch hujayralarini ilgʻash mumkin. Urugʻ kanalchalarining ichida esa yetuk spermatozoid hujayralar joylashadi. Urugʻ kanalchalarining tashqi qismida, yaʻni oraliqlarida interstitsial endokrinotsitlar — tuxumlar glandulotsitlarn boʻlgan Leydiga hujayralari joylashadi.

Erkaklar jinsiy organlari

Jinsiy funksiyasi

  • 1. Generativ faoliyat — spermatogenez jarayonida erkaklar jinsiy xujayralarini (spermiylarni) xosil etib, nasl davomiyligini taʻminlash.
  • 2. Inkretor, yaʻni sekretor faoliyat — gormonlar ishlab chiqish. Odatda, moyaklar da erkaklarga xos gormon — androgenlar asosan testosteron shaklida ishlab chiqiladi. Shuningdek, moyaklarda ozroq miqdorda ayollarga xos gormon — estrogenlar ham asosan estradiol shaklida ishlab chiqiladi. Testosteron faol androgen gormon hisoblanib, moyaklar interstitsial toʻqimasida yakka yoxud gʻuj boʻlib joylashgan glanduloditlarda, yaʻni Leydiga hujayralarida ishlab chiqiladi. Bu gormon hisobiga rasidalik alomatlari va jinsiy mayl vujudga keladi. Odatda, 25-40 yoshdagi erkaklar organizmida, sutka davomida 4–7 mg testosteron ishlab chiqiladi.
  • Testosteron urugʻ pufakchalarida fruktozaning, prostata bezida fosfataza va limon kislotasining, moyak ortiqlarida kornitin moddasining paydo boʻlish jarayonini kuchaytiradi. Yuqorida taʻkidlangan moddalar miqdorining shahvat tarkibida pasayib ketishi moyaklarning sekretor faoliyati susayganligidan dalolatdir.
  • Urugʻ kanalchalarida spermatogenez jarayoni erkaklarning xos gormonlari — androgenlar taʻsirida 74 kun davom etadi.

Download 209.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling