- Moyak ortiqlari embrional bosqichda alohida aʻzo sifatida rivojlansada, goʻdak tugʻilgan paytdayoq moyakning orqa tomoniga yuqoridan tutashadi. Bu ortiqlar androgenlar ishlab chiqilishidagi faol sekretor aʻzolar hisoblanadi. Moyaklarning oʻram shaklidagi urugʻ kanalchalari tuxum turlaridan oʻtgach, ortiqlar ichida qaytadan oʻramlar tashkil etadi. Uzunroq, toʻgʻri bu kanalchalar konik shaklli tilimchalarni xosil qiladi. 5-18 nafar moyak ortigʻi oʻramalarin1shg eng kattasi, balanddagisidan boshlab barcha tilimchalar oʻrami ochiladigan ortiq yoʻlchasi oʻtadi. 6-7 sm uzunlikdagi biroz egriroq bu urugʻ yoʻlchasi distal boʻlimga kelgach urugʻ olib chiquvchi yoʻlga tutashadi. Shahvat hujayralari moyak ortigʻining bosh qismidan dumiga qadar 14 kun yoʻl bosib oʻtadi. Bu paytda hujayralar yanada etuklashadi, urugʻlantirish xususiyati oshadi. Harakat davomida shahvat xujayralari moyak ortigʻining dum qismida yigʻilib, qoʻnim topadi. Shu bois, ortiqning dum qismidagi spermiy hujayralar soni meʻyoriy eyakulyatdagiga nisbatan oʻn barobar koʻp boʻlishi mumkin. Albatta, moyak ortiqlaridagi bu jarayonlarga androgen gormonlar ijobiy taʻsir etadi. Odatda moyaklar ichida voyaga etgan spermatozoidlarga nisbatan ortiqlarda etilgan hujayralar ancha chidamli, harakatchan va urugʻlantirish qobiliyati yuqori boʻladi.
Erkak jinsiy sistemasi 1.Oqsil parda 2.Egri-bugri kanalchalar 2.1 epitelo spermotogen qavat 2.2 egri-bugri kanal bo‘shlig‘i 3 interstitsiya 3.1Tolali biriktiruvchi to‘qima 3.2leytsig hujayralari 3.3 qon tomirlari Urug‘ chiqaruv yo‘li - Urugʻ chiqaruv (oʻtkazuv) yoʻli moyak ortiqlarining bevosita davomi tarzidagi aʻzo xisoblanib, oʻrtacha 45-59 sm uzunlikda boʻladi. Bu aʻzo uzunligi boʻylab ortiq, tizim, qov, erkin va tos qismlarga boʻlinadi. Bu besh qismning nihoyasi — qov boʻlimi, u ampulasimon kengayish bilan tugaydi. Urugʻ chiqaruv yoʻlining bu ampulalari oʻtkir burchak ostida urugʻ pufakchalarining chiqaruv kanallariga tutashadi. Odatda, bu ampulali qismlar urugʻ pufakchasining chiqazuvchi yoʻllari bilan birlashib, urugʻ sochuvchi majmuani tashkil etadi. Bu majmua esa prostata bezi orqali oʻtib, peshob chiqaruv kanalining orqa qismidagi urugʻ doʻmboqchasiga nuqtadek tor tirqish boʻlib ochiladi. Urugʻ chiqaruv yoʻlining asosiy vazifasi devorlaridagi mushakli qavatning ritmik qisqarishi hisobiga moyak ortigʻidagi shahvat hujayralarini urugʻ sochuvchi qismgacha etkazib berishdir.
- Urugʻ chiqaruv yoʻlining butunlay boʻlmasligi, yopilib qolishi yoki kichrayib ketishi kabi anomal, nuqsonli turlari ham gohida uchrab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |