Erkaklar jinsiy organlari


Download 209.34 Kb.
bet3/4
Sana23.01.2023
Hajmi209.34 Kb.
#1113516
1   2   3   4
Bog'liq
7 mavzu Inomxo‘jayev 2

Urug‘don 1.Epitelio – spermatogen qavat 1.1 sustenotsit 1.1.1 sustenotsit yadrosi 1.1.2 sitoplazma cho‘ntaklarida rivojlanayotgan spermaTogenlar 1.1.3 sustenotsit ning lateral o‘sig‘i 1.2 spermatogen hujayra 1.2.1 spermatogoniya 1.2.2 birlamchi spermatotsit 1.2.3 ikkilamchi spermatotsit 1.2.4spermatida 1.2.5 spermatozoid 2 bazal membrana 3mioid hujayralari qavati 4 interstitsiya 4.1 biriktiruvchi to‘qima 4.1.1 fibroblast 4.2 interstitsiyal endokrinotsit 4.3 qon tomir 4.3.1 endokrinotsit 4.3.2 bazal membrana 5 gemo testikulyar to‘siq

Urug‘ pufakchalari

  • Urugʻ pufakchalari prostata bezi tagiga yaqin joylashgan juft aʻzo boʻlib, old tomondan peshob qopining tub qismiga, ort tomondan esa toʻgʻri ichakning old qismiga yondosh turadi. Yetuk erkakda bu aʻzoning oʻrtacha uzunligi 4-5 sm.ni, eni 1,5-2 sm.ni, yugʻonligi esa 1-1,5 sm.ni tashkil etadi. Urugʻ pufakchalari bez aʻzo boʻlganligi bois androgen gormonlarga bogʻliq tarzda faoliyat koʻrsatadi. Shu sababli ayrim sabablarga koʻra moyaklari olib tashlangan kimsalarda prostata bezi bilan bir qatorda urugʻ pufakchalarining ham atrofik kichrayishi va keyinchalik faoliyatining asta-sekinlik bilan soʻnishi kuzatiladi. Urugʻ pufakchalarida jelatinsimon konsistensiyali, hidsiz, shaffof yoxud oqishsimon-kulrang rangli suyuqlik ishlab chiqiladi. Ishqoriy muhitli bu sekret shahvat suyuqligining quyushqoqligini taʻminlaydi. Bu suyuqlikning tarkibiy qismi boʻlgan fruktoza esa androgen gormonlarga uzviy bogʻliq holda spermatozoidlar uchun quvvat zahirasi vazifasini oʻtab, ularning hayotchanligini oshiradi. Fiziologik nuqtai nazardan qaralganda, urugʻ pufakchasining suyuqligi shahvat quyushqoqligi va moslashuvchanligini taʻminlash yoʻli bilan spermatozoidlarni jinsiy yoʻllardan oʻtish jarayonidagi shikastlanishlardan himoyalaydi. Shuningdek, energetik taʻminlovchi fruktoza diffuziyasidan tashqari, oʻz ishqoriy muhiti bilan qinning kislotali muhitini neytrallashtirib, urugʻ hujayralarini halokatdan asraydi. Odatda urugʻ pufakchasining toʻlishi, jinsiy mayl va qoʻzgʻalishni keskin kuchaytiradi.
  • Erkak organizmida testosteron, yaʻni erlik gormoni kamaysa, shu zahotiyoq fruktoza miqdori pasayib ketadi. Gormonlar koʻpayishi fruktozaning ham oshishiga olib keladi. Urugʻ pufakchalarining devorlari qanchalik sekret bilan toʻlib taranglashsa, shahvoniy ishtiyoq shunchalik kuchayadi.

Download 209.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling